127
mutanosibligini, tug‘ma va orttirilgan
kasalliklar chastotasini,
bolalarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash;
c) qon zardobi va eritrotsitlarda oqsillarni elektroforez usulida
tekshirib,
mutant oqsillarni aniqlash;
d) spontan abortlangan homilalarni, o ‘lik tug‘ilish holatlarini,
tug‘ma nuqsonlar bilan tirik tug‘ilgan bolalarni
sitogenetik usullar-
cha tekshirish.
Irsiy kasalliklarning katta guruhi ekogenetik kasalliklar bo ‘lib,
ular irsiy moyilligi bo ‘lgan shaxslarda, m a’lum omillar ta ’sirida
kelib chiqadi. Bunday kasalliklar profilaktikasida ham tevarak-
muhitni muhofaza qilish katta ahamiyatga ega.
Irsiy kasalliklar profilaktikasining ikkinchi yo‘nalishi —
oilalarni rejalashtirishga asoslangan. Oilani
rejalashtirish chora-
tadbirlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) qon-qarindoshlar orasidagi nikohlar (inbriding)ga yo‘l
qo‘ymaslik;
b) geterozigot tashuvchilar orasidagi nikohlarni cheklash;
c) irsiy patologiya xatari yuqori bo‘lgan holatlarda farzand
ko‘rishga maslahat bermaslik.
Insonlar genofondi ko‘p jihatdan ular
orasidagi nikohlar tipla-
riga bog‘liq. Ular quyidagilar:
1.
Dostları ilə paylaş: