Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə163/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Ekologiya va estetik madaniyat
Bundan 1000 yil burun ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy: «Agar insonlar tabiatga nisbatan zo‘ravonlik qilib, uning qonunlarini qo‘pollik bilan buzsalar, bir kun kelib tabiat ularning boshiga shunday kunlarni solishi mumkin, buni hech qanday kuch qaytarolmaydi», degan edi. Bugun biz buni Orol fojiasi misolida ko‘rib turibmiz.
Komil inson tarbiyasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Ayniqsa, yoshlarda tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va g‘amxo‘riik hislarini uyg‘otish, ularga ekologik tarbiya berish muhim ahamiyatga ega. Ularning ekologik va estetik madaniyatni shakllantirishda oiladagi sog‘lom muhit muhim o‘rin tutadi.
O‘zbek oilalarida, odatga ko‘ra, ota-onalar yoshlarga «harom-halol», «uvol», «gunoh-savob» kabi pand-nasihatlar asosida dastlabki ekologik tushunchalar berib borganlar, Bolaning ongi, xulqi, madaniyati, yurish-turishi tabiat bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Ekologik madaniyatni yoshlar ongiga singdirish uchun mamlakatimiz tabiatini hayvon va o‘simliklarini muhofaza qilish, suvlarni ifloslantirmaslik, qushlarga ziyon yetkazmaslik, eng muhimi, ona zaminni bezavol asrashning aniq tuzilgan rejasi bo‘lishi lozim. Bu ezgu maqsadga erishish har bir insonning ekologik dunyoqarashiga va jamiyatimizning muhim tarbiya o‘chog‘i bo‘lgan oilada ushbu masala qanday hal etilishiga ham bog‘liq.
Yoshlarimizdagi estetik did, estetik faoliyat har tomonlama uyg‘un shakllana borgandagina ekologik qadriyatlar vujudga keladi. Insonlarning tabiat quchog‘ida bo‘lishi ularni ruhan tetiklashtirib, mehnat qobiliyatini va ijodiy faoliyatini yanada oshiradi.
Vatanni sevish - tabiatni sevishdan boshlanadi, binobarin, yoshlarda go‘zallikka nisbatan haqiqiy muhabbat tuyg‘usini hosil qilmay turib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin yemas.
O‘zbekiston mustaqillikka erishmasidan avval Bo‘stonliq, Oqtosh, Parkent, Kumushkent kabi go‘zal tabiat maskanlarida ham sobiq SSSR markazining qarori bilan turli kimyo va texnika zavodlari qurilaverar, zaharli chiqindilari daryoga tashlanaverar, dalalarimizga turli zaharli kimyoviy moddalar, defoliantlar sepilaverardi. Mol-hollar, odamlar zaharlanib, o‘lib ketsa ham bu haqda yozish, gapirish man etilgan edi. To‘g‘ri, o‘sha vaqtlarda ham tabiat musaffoligini asrash haqida qonunlar bor yedi, ammo ularga amal qilinmasdi.
Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘ng tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, musaffoligini asrash haqida bir qancha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Ammo, gap shundaki, tevarak-atrof tabiatga mehr bilan qarash, avaylab-asrash qonun-qoidalardan ko‘ra odamlaraing ekologik ongi, tarbiyasi, tuyg‘ulari madaniyatiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Inson ongida va qalbida ona tabiatga mehr tuyg‘ulari jo‘sh urmas ekan, odamlar vaqtinchalik iqtisodiy, moddiy manfaatlarini vatan kelajagi, tabiatini asrashdan ustun qo‘yaveradi, atrof-muhit ifloslansa ham, odamlar zaharli chiqindilardan kasallansa ham, zavod, sex yoki firma egalari tabiatni zaharlashni davom ettirdveradilar. O‘zbekiston zamini, dalalari, tog‘laru o‘rmonlari daryolari va bog‘-rog‘larini avaylab-asrash barcha fuqarolaming insoniy burchi, vijdon, iymon talabidir. O‘zbekiston tabiatidan, yeru suvlaridan tejamkorlik bilan foydalanish zarurligini ko‘pchilik biladi. Ba’zi odamlar qanchalik moddiy boyliklarga ega bo‘lsa ham to‘ymaydilar, buning boisi -ularning tabiat go‘zalliklaridan, ruhiy olamning go‘zalliklaridan, ma’naviy, axloqiy musaffolikdan uzoqlashib, ma’naviy qashshoqlashib ketganligidir. Ariq, anhorlar, daryo suvini tiniq va toza ekologik va iqtisodiy muammolar axloqiy muammolarga, axloqiy, ma’naviy go‘zallik his-tuyg‘ular musaffoligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Orol dengizi o‘z qirg‘oqlaridan necha yuz kilometrlab uzoqlashgani, shuncha olis joylarda baliqlar o‘lib ketganligi, o‘sha mintaqada yashovchi xalqning sog‘lik-salomatligi jiddiy yomonlashgani, bolalar o‘limi, turli kasalliklarning ko‘paygani jahon jamoatchiligini va ayniqsa, O‘zbekiston xalqini tashvishga solgani tabiiydir. Alisher Navoiy «Sab’ai sayyor» dostonida shoh Bahromning sevgilisi Diloromdan ayrilganidan keyin mast-alastlikka, ko‘ngilxushliklarga berilib, dashtda shikor-ov paytida minglab ohular, jayronlarni qirib tashlashi tasvirlanadi. Dasht, sahro o‘q yegan jonzodlarning vujudidan oqqan qonlardan botqoqlikka aylanadi. Uning ustiga tinimsiz yomg‘ir, jala quyib, shoh Bahromni ham, uning beklari, amirlarini ham yer yutib ketadi. Ovchilarni begunoh o‘lgan kiyiklarning qoni tutadi.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin