Falsafa fanining tadqiqot sohasi va predmeti. Dunyoqarash tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafa fanining bahs mavzulari va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə165/228
tarix24.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#134762
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   228
FALSAFA MA\'RUZA MATNI

Texnika estetikasi
Ishlab chiqarish muhitining estetik jihatlarini vujudga keltirish, unga «ma’naviy qadriyat» maqomini berish dizayn (sanoat estetikasi)ga oid rasm chizmalar, modellar, bezaklar vositasida ham amalga oshiriladi. Hozircha estetik adabiyotda dizaynning yagona hammabop yaxlit qoidaga aylangan ilmiy ta’rifi yaratilmagan. Lekin ko‘pchilik tadqiqotlar dizayn badiiy-texnik faoliyat turidir, deb qarashga moyildirlar.
Texnik estetika o‘zining tadbiqiy tomoni bilan bevosita texnika bilan qorishib ketadi. Dizayn dunyoqarashga ham taalluqli bo‘lib, u umumiy estetik nazariya oqimiga kelib quyiladi. Bu yerda dizaynning maxsus faoliyat turi sifatidagi xususiyatlarini, dizayn va san’atning o‘zaro munosabatlari sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda badiiy ijod ishtiroki, ular o‘rtasidagi umumiylik va farqlar, texnikaning estetik jihozlanishi va estetik qiymati kabi muammolar tahlili estetik faoliyat uchun ko‘p samaralar berishi mumkin. Dizayn muhandislik, ilmiy va badiiy faoliyat qorishiq holda namoyon bo‘ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmadi. Dizayn san’atdan bahra oladi. San’at bilan dizayn o‘rtasidagi umumiylik bo‘lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Dizayn san’atdan qanday farq qiladi? Ayonki badiiy faoliyat u yoki bu ko‘rinishida faqat g‘oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. San’at avvalo ma’naviy ishlab chiqarish turi, ong va bilish sohasidir. U san’atning tub mohiyatini ifodalaydi. San’at estetik qadriyati ma’lum darajada «foyda» qadriyatlariga ziddir, ya’ni san’at asari moddiylikdan ko‘ra ko‘proq ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan bo‘ladi. Dizayn mahsulotlari mashinalar, binolar keng iste’mol, ya’ni moddiy «foyda» xususiyati bo‘rtib turadi.
Bu yerda narsaning burch - vazifasi uning ijtimoiy ahamiyati, inson ehtiyojini qondirish qobiliyati bilan aniqlanadi. San’at bilan dizayn o‘rtasidagi farq haqida gapirganda, san’at asari qaysi moddiy tizimga mansubligidan, qaysi muhitda vujudga kelganligidan qat’i nazar, mustaqil qiymatga ega ekanini ta’kidlash kerak. Dizayn mahsuloti esa narsalar tizimining ajralmas qismi bo‘lib, undan tashqarida amal qila olmaydi. Uning estetik qiymati va muayyan narsalar «tizimi»ga qanchalik mos kelishi bilan o‘lchanadi, ya’ni dizayn faoliyatining obyektini alohida olingan mashina emas, balki o‘zining barcha jihozlari, tashqi va ichki bezaklari ko‘rinishi va hokazo shakllari bilan birgalikda yaxlit olingan «mashinalar tizimi»ni tashkil etishi shart. Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo‘lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishga faol ishtirok etmoqda.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin