11
I Diskret tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalari.
1.1 Binomial qonun bo’yicha taqsimlangan tasodifiy miqdor.
Ehtimollar nazariyasining
muhim tusunchalaridan biri tasodifiy miqdor
tushunchasidir.
O’yin soqqasini tashlaganda 1,2,3,4,5 va 6 sonlar chiqishi mumkin edi.
Chiqqan ochkolar sonini avvaldan aytib bo’lmaydi, chunki u to’la-to’kis inobatga
olib bo’lmaydigan ko’p tasodifiy sabablarga bog’liqdir. Shu ma’noda ochkolar
soni tasodifiy miqdordir. 1,2,3,4,5 va 6 sonlar bu miqdorning mumkin bo’lgan
qiymatlaridir.
Tasodifiy miqdor deb, avvaldan noma’lum bo’lgan va oldindan inobatga
olib bo’lmaydigan , tasodifiy sabablarga bog’liq bo’lgan
hamda sinash natijasida
bitta mumkin bo’lgan qiymat qabul qiluvchi miqdorga aytiladi.
1-misol. 100 ta chaqaloq ichida o’g’il bolalar soni 0,1,2,3,…,100
qiymatlarni qabul qilishi mumkin bo’lgan tasodifiy miqdordir.
2-misol. To’pdan otilgan snaryadning uchib o’tgan masofasi tasodifiy
miqdordir.
Haqiqatan ham, masofa faqat nishonga oluvchi asbobning
o’rnatilishigagina bog’liq bo’lmay, balki avvaldan to’la-to’kis
inobatga olib
bo’lmaydigan bir qancha sabablarga (shamolning kuchi va yo’nalishi, harorat va
boshqalarga)ham bog’liq. Bu miqdorning mumkin bo’lgan qiymatlari biror (a;b)
oraliqqa tegishlidir.
Biz bundan keyin tasodifiy miqdorlarni X, Y, Z bosh harflar bilan, ularning
mumkin bo’lgan
qiymatlari esa tegishli x, y, z kichik harflar bilan belgilaymiz.
Masalan tasodifiy miqdor uchta qiymat qabul qilishi mumkin bo’lsa, ular
quyidagicha belgilanadi:
Dostları ilə paylaş: