Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Diskret va uzluksiz tasodifiy miqdorlar
taqsimotlarini berishning universal usuli ularning taqsimot funksiyalarini berishdir.
Ma’lum bir shartlarga amal qilgan holda biz X tasodifiy miqdor (diskret va
uzluksiz)ning qaysi qanday qonun bo’yicha taqsimlanganligini bilishimiz, hamda
uni osongina matematik kutilmasini va dispersiyasini topa olamiz. Shuni inobatga
olgan holda mavzuning dolzarbligi kelib chiqadi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Amaliyotda eng ko’p uchraydigan taqsimot
bu normal taqsimot hisoblanadi. Boshqa taqsimotlar ma’lum shartlar ostida bu
taqsimotga
intiladi
.
Shuning
uchun
muhim
taqsimotlarning
sonli
xarakteristikalarini bilish muhim hisoblanadi. Ular jumlasiga matemetik kutilma va
dispersiya kiradi.
Bitiruv malakaviy ishining vazifalari: Muhim
taqsimotlarning
sonli
xarakteristikalarini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi: BMIga qo’yilgan masala
to’la o’rganilgan, chuqur tahlil qilinib yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ob’yekti:Binomial taqsimot, tekis taqsimot,
ko’rsatkichli
taqsimot,normal
taqsimot,
Puasson
taqsimot,
geometrik
taqsimotlarning sonli xarakteristikalarini o’rganish . Bitiruv malakaviy ishining predmeti:Diskret tasodifiy miqdorlar, uzluksiz
tasodifiy miqdorlarning sonli xarakteristikalarini o’rganish.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy farazi: Ushbu BMI refarativ xarakterga ega
bo’lib, uslubiy qo’llanma sifatida foydalanish maqsadida tayyorlangan.
Bitiruv malakaviy ishining yangiligi:Ushbu BMI refarativ xarakterga ega
bo’lib, muhim taqsimotlarning sonli xarakteristikalari isboti bilan ko’rsatilgan,
hamda, misollarda izohlab ko’rsatilgan.