1
MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………….2
1. Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy maqsadi………….4
2. Suv omborlari klassifikatsiyasi…………….……………………………..10
3.
Suv omborlarining konfiguratsiyasi bo‘yicha turlanishi……………………16
4.
Suv omborlarining geografik joylashuviga ko‘ra turlanishi………………..20
Xulosa………………………………………………………………………..23
Foydalanadigan adabiyotlar………………………………………………….24
2
KIRISH
Maʼlumki, insonlarning xoʻjalik ehtiyojlari ortgani sari ularning suv resurslariga
boʻlgan ehtiyoji ham ortib boradi. Suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan
xoʻjalikning barcha tarmoqlarini suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlashdagi oʻrni va
ahamiyati beqiyosdir. Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy
maqsadi ham toʻgʻonlar, selxonalar barpo etish orqali daryolar
suv rejimini tartibga
solish va barpo etilgan suv omborlaridan kaskadli GESlar tashkil etilib,
gidroenergiya maqsadida istiqbolli foydalanish moʻljallangan. Hozirgi kunda
mamalaktimizda 55 tadan ortiq suv omborlari mavjud boʻlib, ularning umumiy
hajmi 19.2 km³, foydali hajmi 15.3 km³ ni tashkil qiladi. Ularning 20 tasi yirik suv
omborlari
hisoblanib, umumiy hajmi 17.8 km³, foydali hajmi 14.1 km³ ni tashkil
etadi. Suv omborlarining xoʻjalikdagi ahamiyati beqiyosdir. Chunki xoʻjalikning
biror bir tarmogʻi yoʻqki, suvdan foydalanmasin. Suv omborlari barpo etish suv
resurslaridan oqilona va unumli foydalanish imkonini beradi. Suv omborlarida
toʻplangan suv yerlarni sugʻorish aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan
taʼminlashda, daryo,
kanallarni tozalashda, yilning qurgʻoqchil davrida suv
tanqisligi muommolarini bartaraf etishda keng foydalaniladi. Suv omborlaridan
baliqchilik xoʻjaliklarini rivojlantirish,
suv transporti, dam olish, suv sporti
maqsadlarida ham keng foydalanish mumkin. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda
daryolar suv rejimini tartibga solish bilan birgalikda
suv resurslaridan samarali
foydalanishni tashkil etish maqsadida koʻplab suv omborlari tashkil etilgan.
Tuyamoʻyin (Amudaryo), Chordara (Sirdaryo), Tuyaboʻgʻiz (Ohangaron), Andijon
(Qoradaryo), Quyimozor (Amu-Zarafshon), Oqtepa (Amu-Zang), Janubiy Surxon
(Surxondaryo), Chimqoʻrgʻon (Qashqadaryo), Shoʻrkoʻl (Zarafshon), Toʻdakoʻl
(Amu Buxoro kanali), Qorovultepa (Eski Tuyatortar kanali), Uchqizil (Amu - Zang
kanali), Kosonsoy (Kosonsoy), Karkidon (Isfayramsoy), Zomin (Zominsoy),
Jizzax (Sangzor), Qamashi (Qorabogʻdaryo), Oqdaryo (Oqdaryo), Hisorak
(Oqsuv), daryosida qurilgan. Suv omborlarining xoʻjalikdagi ahamiyati nihoyatda
katta. Mamlakatimizda daryolar suv rejimini tartibga solish maqsadida barpo
etilgan suv omborlaridan xoʻjalik ehtiyojlarida ham keng koʻlamda
3
foydalanilmoqda. Qishloq xoʻjaligi asosan sugʻorma dehqonchilikka asoslangan.
Sugʻorilgan yerlar meliorativ yer fondining 4.35 mln gektarini tashkil etadi.
Ekinlar yoz chillasida koʻproq sugʻorishni talab
etadi va shu bilan birga
daryolarning toʻlin suv davrlari mavsumiy xoʻjalik muvozanatiga toʻgʻri kelmaydi.
Bu esa ekinlarni sugʻorishda koʻplab muammolarga sabab boʻladi. Shu maqsadda
suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan samarali foydalanilmoq-da. Qishloq
xoʻjaligida ekinlarni sugʻorishda: Tuyamoʻyin, Chordara, Qayroqqum,
Janubiy
Surxon, Chimqoʻrgʻon, Andijon, Hisorak va Shoʻrkoʻl suv omborlarining
ahamiyati nihoyatda katta. Shoʻrkoʻl suv ombori (Buxoro viloyati Gʻijduvon),
Navoiy viloyati (Konimex va boshqa tumanlar)dagi 35 000 gektar, Chimqoʻrgʻon
(Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Koson tumani)ning 188 000 gektar ekinzorlarni
sugʻoradi, Andijon suv ombori suvi Fargʻona vodiysida 27 300 gektarga yaqin yer
maydonini suv bilan taʼminlaydi, qoʻshimcha 35 000 gektar yerni sugʻorish
imkonini beradi. Hisorak suv ombori (Shahrisabz va va Chiroqchi) tumanlarining
xoʻjalik va maishiy- kommunal ehtiyojlarida foydalanadi.
Janubiy Surxon suv
omboridan Sherobod choʻlidagi 52 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash,
Qumqoʻrgʻon tumani va qoʻshni tumanlarni suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlasa,
Kattaqoʻrgʻon suv ombori suvi bilan Samarqand, Buxoro viloyatlaridagi 94 000
gektar yer sugʻoriladi va 150 ming gektar yerning suv taʼminotini yaxshilash uchun
xizmat qiladi. Aholining ichimlik suvi bilan taʼminlash darajasi 73% ga yetgan.
2021 -yil davomida 400 km li yangi ichimlik suvi tarmoqlar barpo etildi va 1100
km tarmoqlar joriy va mukammal taʼmirlandi. 5000 ta inshoot tarmoqlariga onlayn
hisoblagichlar oʻrnatildi, 973 ta nasos qayta taʼmirlandi, 938 ta energo tejamkor
nasoslar faoliyati samarali tashkil etildi. Oʻzbekiston suv omborlaridan
sogʻlomlashtirish, dam olish, suv sporti maqsadlarida ham foydalaniladi. Insonlar
jazirama yoz kunlarida va boʻsh vaqtlarida tabiat bagʻrida dam olishga koʻproq
ehtiyoj sezadi. Hozirda suv omborlarida
turistik zonalar tashkil etish,
mamlakatimiz miqyosida endigina shakllanish bosqichida.