Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari

 
 



 
 
 
Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy maqsadi
Mamalaktimizda suv omborlari barpo etishning asosiy maqsadi ham toʻgʻonlar, 
selxonalar barpo etish orqali daryolar suv rejimini tartibga solish va barpo etilgan 
suv omborlaridan kaskadli GESlar tashkil etilib, gidroenergiya maqsadida istiqbolli 
foydalanish moʻljallangan. Hozirgi kunda mamalaktimizda 55 tadan ortiq suv 
omborlari mavjud boʻlib, ularning umumiy hajmi 19.2 km³, foydali hajmi 15.3 km³ 
ni tashkil qiladi. Ularning 20 tasi yirik suv omborlari hisoblanib, umumiy hajmi 
17.8 km³, foydali hajmi 14.1 km³ ni tashkil etadi. Suv omborlarining xoʻjalikdagi 
ahamiyati beqiyosdir. Chunki xoʻjalikning biror bir tarmogʻi yoʻqki, suvdan 
foydalanmasin.Suv omborlarida jamgʻarilgan suvlardan aholining maishiy-
kommunal ehtiyojlarida, masalan: Pachkamar suv ombori (Gʻuzor tumani), 
Janubiy Surxon suv ombori (Qumqoʻrgʻon tumani), Toʻpalang (Denov, Shoʻrchi, 
Qumqoʻrgʻon tumanini), Kosonsoy suv ombori (Namangan viloyati), Uchqizil suv 
ombori (Termiz shahri),Chorvoq suv ombori (Toshkent viloyati va shahri) ni suv 
taʼminotini yaxshilash uchun xizmat qiladi. Suv omborlaridan kommunal 
ehtiyojlarda foydalanish bilan birga baliq mahsulotlarini yetishtirishda ham keng 
foydalaniladi. Baliqlar asosan sunʼiy suv havzalari, tabiiy havza va suv 
omborlarida, intensiv suv havzalarida koʻpaytirilmoqda. Suv omborlarida 
baliqchilik xoʻjaliklarini rivojlantirish oʻz samarasini berib kelmoqda. Masalan, 
Sirdaryo viloyati (14646 t), Xorazm viloyati (8 669 t), Toshkent viloyati (9565), 
Jizzax viloyati (5 786 t), Fargʻona viloyati (6 170 t), eng kam miqdorda Buxoro 
viloyati (251 t), Surxondaryo viloyati (196 t) toʻgʻri keladi. Mamlakatimizda 
barcha sunʼiy suv havzalarida 54245 t, shundan suv omborlarida 36351 t baliqlar 
urchitilmoqda. Har yili Toʻdakoʻl suv omboridan 500 t, Chimqoʻrgʻon va Jizzax 
suv omborlaridan 70-100 t gacha baliq ovlanadi. Hozirda respublikamizda 
baliqchilik xoʻjaligining rivojlantirish maqsadida 8 ta birlashma, 7ta kombinat, 10 



ta baliqchilik xoʻjaliklar faoliyat yuritmoqda. Respublikamiz suv omborlarida 106 
turdagi baliqlar urchitilmoqda. Respublikamiz umumiy maydoni 12 ming gektar 
boʻlgan sunʼiy koʻl va havzalarda 22ming tonna baliq mahsulotlarini yetishtirish 
imkoniyatiga ega.
Oʻzbekiston suv omborlaridan sogʻlomlashtirish, dam olish, suv sporti 
maqsadlarida ham foydalaniladi. Insonlar jazirama yoz kunlarida va boʻsh 
vaqtlarida tabiat bagʻrida dam olishga koʻproq ehtiyoj sezadi. Hozirda suv 
omborlarida turistik zonalar tashkil etish, mamlakatimiz miqyosida endigina 
shakllanish bosqichida. Kelgusida suv omborlari atrofida dam olish zonalari barpo 
etish orqali mamlakatda ichki turizm salohiyati rivojlantirish mumkin. Shuningdek, 
suv omborlari sogʻlomlashtirish maqsadlarida ham keng foydalanish mumkin. 
Janubiy Surxon, Chordara, Chorvoq, Sardoba, Hisorak suv omborlari atrofida 
kichik dam olish zonalari tashkil etishning ahamiyati yuqori darajada. 
Gidroenergetika tarmogʻining rivojlanishi mamalaktimizda elektr energiyasiga 
boʻlgan ehtiyojini bevosita taʼminlashda xizmat qiladi. Mavjud suv omborlarida 
jamgʻarilgan suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida daryo havzalariga 
yirik kaskadli GESlar qurilgan. Daryolarning energetika resurslaridan toʻlaroq 
foydalanish uchun GESlar kaskad tarzida, yaʼni daryo oqimi boʻyicha maʼlum 
masofada joylashtiriladi. Masalan: Oʻzbekistondagi Toshkent (Boʻzsuv, Boʻrijar, 
Oqtepa, Shayxontohur GESlari); Qodriya (Qodriya, Qibray, Salar, Oqqovoq-2); 
Chirchiq (Tovoqsoy, Oqqovoq); Quyi Boʻzsuv (GES-14, GES-18, GES-19, GES-
22, GES-23); Oʻrta Chirchiq (Chorvoq, Hojikent, Gʻazalkent); Shahrixon (GES5A, 
GES-6A, GES-YUFK-1, GES-4A YUFK-3); Samarkand (GES-1B, GES2B, GES-
ZB, GES-5B) GESlar kaskadlari kiradi. Hozirda respublikamiz suv omborlarida 
quvvati 505 mln. Mvt elektrenergiya ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga 1354 
mln. kVt miqdorli oʻrtacha koʻp yillik elektrenergiya ishlab chiqarish imkoniyati 
ham mavjud. Kanallar suv tushirgichlaridagi kichik GESlar resursi esa 3060.7 mln. 
kVt ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda suv omborlari barpo etishga katta eʼtibor 
qaratilmoqda. Suv omborlari tog‘li rayоnlarda va pasttekisliklarga qurilgan bo‘ladi. 
O‘zbеkiston hududidagi suv omborlarining ko‘pchiligi pastlik rayоnlariga 



tеgishlidir. Past–tеkisliklardagi suv omborlaridа tog‘li rayоnlarnikiga qaraganda 
suv tarkibidagi cho‘kindilar miqdori katta bo‘ladi. Buning natijasida suv 
omborining yarim hаjmi 25–50 yildan so‘ng loyqa bosadi va 50–100 yilda 
umuman ishdan chiqadi. Мasalan, Qayrоqqum suv ombori 4,2 mlrd. m³ dan 0,5 
mlrd m³ hаjmini loyqa bosgan boʻlsa, Chordarа suv omborida uch yil ichida 5,7 
mlrd. m³ dan 0,10 mlrd. m³, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon suv ombori 20 
yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar suv ombori 9 yilda 17 mln. m³, 
Janubiy Surxon suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bosgan. 
Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi. 
Daryo suvlarining yil davomida lоyqаligi natijasida, dаryolаrdа bаrpо еtilgаn suv 
оmbоrlаrini tеz cho‘kindi qоplаy bоshlаydi, оqibаtdа ulаrning suv sig‘imi yildаn - 
yilgа kаmаya bоrаdi. Аyrim hоllаrdа еsа ulаr bir nеchа o‘n yillаr dаvоmidаyoq 
dаryo оqimini bоshqаrish uchun yarоqsiz hоlgа kеlib qoladi. Loyqa bosishining 
asosiy sababi suv omborlarining xoʻjalikda notoʻgʻri foydalanish natijasida yuzaga 
kelgan. Маsаlаn, kichik suv оmbоrlаridа lоyqа bоsish birdаnigа butun suv оmbоri 
kоsаsi bo‘ylаb sоdir bo‘lаdi. Suv оmbоrini lоyqа bоsishi uning sig‘imini 
kаmаytirib, sаmаrаdоrligini kеskin pаsаyishiga sabab boʻladi. Buning оldini оlish 
uchun suv оmbоrining ish rеjimini to‘g‘ri tаshkil qilish lоzim. Hozirgi paytda 
mamalaktimizda mavjud gidrotexnik inshootlar, suv omborlari, gidrouzellar va 
minglab kichik gidroinshootlar bilan birga 27 000 km uzunlikdagi 60 ta magistral 
va xoʻjaliklararo kanallardan samarali foydalanib kelinmoqda. Soʻnggi yillarda 
barpo etilgan suv omborlarining xoʻjalik miqyosida ahamiyati ortib bordi. 
Kattaqoʻrgʻon ( hajmi 900 mln m³ ), 1951; Quyimozorri ( hajmi 250 mln m³), 
1967; Chimqoʻrgʻon ( hajmi 450 mln m³ ), 1960 ; Janubiy Surxon ( hajmi 610 mln 
m³ ), 1967; Toʻdakoʻl ( hajmi 800 mln m³ ), 1968; Tallimarjon ( hajmi 1530 mln 
m³ ), 1985; Chorvoq ( 1650 mln m³ ), 1964; Sardoba hajmi ( 930 mln m³), 2017; 
Kattaqoʻrgʻon suv ombori mamlakatimizda tashkil etilgan birinchi suv ombori 
hisoblanadi. Bundan tashqari 2017 - yilda Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan 
Sardoba suv omborining qurilishi Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining unumdor 
yerlaridan foydalanish bilan birga qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligini 



oshirish imkonini berdi.
I
Ammo , 2020 - yil 1- may kuni Sardoba suv omborida 
sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida koʻplab tumanlarni (Sardoba, Oqoltin, 
Mirzaobod tumanlari) va Qozogʻistonning Paxtaorol tumanidagi oʻnlab aholi 
punktlarini suv bosishiga sabab boʻldi. Kelgusida bunday noxush holatlarni oldini 
olish uchun suv omborlarining barpo etilishida hududning yer yuzasi tuzilishi
tuproq qatlami va geosinklinallik xususiyatlariga qatʼiy eʼtiborga olinishi talab 
etiladi. Ko‘llar kabi suv omborlari ham bir qancha belgilarga qarab tasniflangan. 
Suv omborlarini daryolar oqimini tartibga solish sharoitiga bog‘liq holda suv 
omborlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: a) daryolar oqimini kun yoki 
hafta davomida tartibga solib turadigan suv ombolari; b) daryolar oqimini 
mavsumlararo tartibga solishga mo‘ljallangan suv omborlari; v) daryolar 
oqimini yillararo tartibga solishga mo‘ljallab qurilgan suv ombolari [1]. Bu 
turdagi suv ombolari ko‘p suvli yillarda suvning bir qismini saqlab qolish va 
undan 
kam 
suvli 
yillarda 
foydalanish 
maqsadida 
quriladi. 
Suv omborlari joylashish turiga ko‘ra quyidagi ikki turga bo‘linadi: 1) 
daryo vodiylariga qurilgan suv omborlari; 2) yer sirtidagi botiqlarda barpo 
etilgan suv omborlari. Birinchi turdagi suv ombolari daryo yoki soylar 
vodiylarida baland to‘g‘onlar qurib, suv oqimini bevosita to‘sish yo‘li bilan 
barpo etiladi. Ikkinchi turdagi suv ombolari esa daryo o‘zanidan chetga 
joylashgan tabiiy chuqurliklar, botiqlarni suvga to‘ldirish yo‘li bilan barpo 
etiladi Yer yuzidagi dastlabki suv omborlari eramizdan oldingi III ming yillikda 
paydo bo‘lgan. Eramizdan oldingi davrlarda qadimgi Messapotomiyada, Misrda, 
Xitoy va Hindistonda gidrotexnik inshootlar qurilgan. IV asrdayoq Misrliklar 
gidrotexnika ilmidan habardor bo‘lib, Nil daryosi sathini ko‘tarish maqsadida 
toʻgʻon qurishgan va suvni boshqarish imkoniga ega bo‘lganlar. Ular hozirgi 
Asvon to‘gʼonidan 400 km yuqorida togʼ qoyalarida suv sathini o‘zgarishini 
belgilaganlar. Keyinroq esa quyi Nilda 30 ga yaqin gidrologik suv o‘lchash 
postlari tashkil etilgan. Eramizdan oldingi III ming yillikda Xitoyliklar suv 
hajmlarini gidrotexnik inshootlar yordamida boshqarish to‘gʼrisida ishlar olib 
borganlar 
va 
asosan 
suv 
kuchidan 
foydalanganlar. 



O‘rta Osiyoda xususan O‘zbekistonda ham gidrologik ishlar va suv 
Xo‘jaligini ishlatish tarixi 6 ming yilliklardan, neolit davrlariga xos. Bu 
davrlarda Yomgʼir suvini to‘plab ishlatish orqali dehqonchilik olib borilgan. 
Xorazm vohasida sun‘iy sugʼorish tarmoqlari qurilgan. I-IV asrlarda Bo‘zsuv, 
Salor, Eski Anhor, Tuyatortar kanallari qurilgan bo‘lib, ular ma‘lum bir qonun, 
qoidalar asosida ishlatilgan. Shuning uchun ham bu kanallar va ayrim inshootlar 
bizning davrgacha saqlanib qolgan, qayta-qayta tamirlanib hozirgacha ishlatib 
kelinmoqda. 
Oʻrta Osiyoda ilk suv omborlarining yaratilish tarixi uzoq oʻtmishga borib 
taqaladi. Arxeologiya taraqqiy etishi bilan mintaqadagi yuksak madaniyatdan 
dalolat beruvchi suv ombori toʻgʻonlarining irrigatsion tizimlari topildi. X-XII 
asrlarda togʻ daralarida bahorgi sel oqimlarini ushlab qolish uchun qurilgan suv 
omborlari sugʻorishning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻlgan [3]. 

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin