Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy


Havzasining joylashuvi bo‘yicha turlanishi



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari

Havzasining joylashuvi bo‘yicha turlanishi: Suv omborlarini turlarga 
bo‗linishiga asos bo‗lib eng avvalo havzasining joylashuvini ko‗rsatuvchi 
belgilarni olinish mumkin. Ushbu belgiga asoslanib ularni daryo vodiylarida 
joylashgan, to‗g‗on bilan to‗silgan va vaqtinchalik suv oqimlarda joylashgan, 
quyilma, tartibga solingan ko‗llar (ko‗l-suv omborlar), grunt suvlarining chiqish 
joylarida va karst hududlarda joylashgan suv omborlar, dengiz qirg‗oqbo‗yi suv 
omborlari, ochiq dengizdan to‗g‗onlar yordamida ajratilgan suv omborlariga 
bo‗lish mumkin. Dunyodagi barcha mamlakatlarda juda ko‗plab suv omborlari 
daryo vodiylarida joylashgan. Ularning umumiy maydoni bir necha ming km2 
larga 
teng. 
1) Vaqtinchalik suv oqimlarida joylashgan suv omborlari ko‗proq arid 
iqlimga ega mamlakatlarda yoki musson iqlimli hududlarda, hamda subnival 
iqlimli tog‗li hududlarda barpo etiladi. Davriy oqimlarda joylashgan suv 
omborlarini kattalari asosan Janubi-Sharqiy Hindistonda, Shri-Lankada, Shimoliy 


12 
Afrika va Arabistonning tog‗oldi cho‗llari va yarim cho‗llarida joylashgan. 
Ularning to‗yinishida tog‗larga yog‗gan qorlarning erishi muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
2) Quyilma suv omborlariga asosan kanallar orqali daryolarning ortiqcha 
suvlar yig‗iladigan va tanlangan hududlarda qurilgan suv omborlari kiradi. Bu 
guruhdagi suv omborlarni to‗ldirish suv keltiruvchi kanallar orqali amalga 
oshiriladi. Bunday suv omborlarga misol tariqasida Respublikamizda joylashgan 
15 
Kattaqo‗rg‗on, Talimarjon, Quyimazor va boshqa suv omborlarini misol qilib 
keltirishimiz 
mumkin. 
3) O‘zanli suv omborlari ma‘lum bir yoki bir nechta daryolar o‗zanida barpo 
etilgan suv omborlar bo‗lib, ular daryo oqimini vaqtincha havzasida to‗plab so‗ng 
taqsimotni amalga oshirishga mo‗ljallangan. Ba‘zi o‗zanli suv omborlari daryoda 
bo‗ladigan sel-toshqinlardan quyi b‘efdagi aholi, ishlab chiqarish xududlarini va 
boshqalarni himoyalash maqsadida barpo etiladi. Bunday suv omborlar selsuv 
ombori 
ham 
deb 
yuritiladi. 
4) Tashlama suvlar bilan to‘yinadigan suv omborlari, bu guruhdagi suv 
omborlari sug‗oriladigan yerlarning sathidan pastroqda, qaytgan suvlarni yig‗ish 
maqsadida quriladi. Bunday tashlama suvlar bilan to‗yinadigan suv omborlarga 
misol qilib Xorazm viloyatidagi Sariqamish ko‗lini keltirish mumkindir. 
5) Ko‘l-Suv omborlar (rostlanadigan ko‘llar), asosan bunday suv omborlari 
ko‗llarni tabiiy suv almashinuvini sun‘iy rostlash orqali hosil qilinadi. Odatda 
ko‗lsuv omborlarini qurishda ko‗ldan oqib chiqayotgan daryoga to‗g‗on qurish 
orqali 
erishiladi. Ba‘zi hollarda esa ko‗l-suv omborlar har xil daryo havzalariga tegishli 
bir 
nechta 
ko‗llarning 
qo‗shilishidan 
hosil 
bo‗ladi. 
Er yuzasida ko‗llarni rostlash orqali hosil qilingan bir necha ming suv 
omborlari mavjud. Ularning aniq sonini bilish qiyin, chunki kichik ko‗llar baland 
bo‗lmagan to‗g‗onlar orqali sathi ko‗tariladi, bunday to‗g‗onlar Jahon 
to‗g‗onlar 


13 
registrida 
ro‗yxatdan 
o‗tmaydi. 
Rostlanadigan ko‗llarning boshqa turdagi suv omborlaridan ustun tarafi 
shundaki, unchalik sezilarli bo‗lmagan dimlash orqali kichik maydonni egallagan 
holda 
ko‗p 
hajmdagi 
suvni 
yig‗ish 
mumkinligidadir. 

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin