Foydali qazilma konlarini razvedka qilishning asosiy


EURASIAN JOURNAL OF ACADEMI



Yüklə 280,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix06.04.2023
ölçüsü280,92 Kb.
#94141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oʻzbekiston suv omborlari

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMI
Ulardan biri Jizzax viloyati Forish tumani markazi yaqinida X asrda togʻ 
darasiga qurilgan Xonbandi toʻgʻoni hisoblandi. Bu toʻgʻonning balandligi 15,25 
m, uzunligi 50 m. Suv omborining sigʻimi 1,5 mln m3 ni tashkil etgan. Bundan 
tashqari konstruksiyasi jixatidan kishini hayratga soluvchi Samarqand viloyati 
Nurota tumanidagi Aqchab qishlogʻi yaqinidagi Abdullaxonbandi suv ombori 
hisoblanadi. Har ikkala suv ombori ham haqiqiy injenerlik inshootlaridir. 
Bugungi kunda Oʻzbekistonda 300 ga yaqin yirik gidrotexnik inshootlar, shu 
jumladan 20 mld.m3 suv sigʻdiradigan 55 ta suv ombori, 65 ga yaqin yirik 
gidrouzellar, minglab kichik gidrotexnik inshootlari bilan 27 ming km 
uzunlikdagi 60 magistral va xoʻjaliklararo kanallardan foydalanib kelinmoqda. 
Suv 
omborlariinson 
tomonidan 
barpo 
etilgan 
va 
boshqariladigan 
obyektlardir, lekin ularga kuchli tabiiy, ayniqsa gidrometeorologik omillar tasir 
qiladi. Shuning uchun suv omborlarini boshqarish va ishlatish tadqiqot ob‘ekti 
“texnik” va “tabiiy” bilimlar orasida boʻlsa ham koʻproq tabiiy havzalarni 
eslatadi. Inson qoʻli bilan barpo etilgan boʻlsada, suv omborlari tabiatning 
birboʻlagi boʻlib qolaveradi.Suv omborlarida koʻllar va daryolarda mavjud barcha 



turdagi 
oʻsimliklar 
va 
hayvonlar 
yashaydilar. 
Respublikamizning 
eng 
janubida 
joylashgan 
Surxondaryo 
viloyatida 
bugungi kunda Janubiy Surxon, To‘polon, Uchqizil, Oqtepa va Degriz suv 
omborlari barpo qilingan bo‘lib, mazkur suv omborlarning 2 tasi (Janubiy 
Surxon-Surxondaryoda, 
To‘polon-To‘palangdaryoda) 
daryoda, 

tasi 
(UchqizilZang, Oqtepa-Amu Zang, Degriz-Hazarbog‘) kanallardan suv oladi. 
Shulardan biri Оqtеpa suv оmbоri bo‘lib, Bоbоtоg‘ massivining janubisharqiy 
qismida barpо etilgan. Oqtepa suv ombori Sharof Rashidov tashabbusi 
bilan 1978-yilda qurilish ishlari boshlangan. Suv оmbоri Amu-Zang magistral 
kanali оrqali Amudaryo suvi bilan to‘ldiriladi. Undan kanal оrqali оqib 
chiqadigan suvlar Janubiy Surхоn suv оmbоriga bоrib quyiladi. Oq tepa suv 
ombori 1982 yil ishga tushirilgan. Bu suv omborining hajmi 120 mln m3 ni 
tashkil etadi. Suv omborining uzunligi 4.6 km, chuqurligi 25 m, dengiz sathidan 
338 metr balandlikda joylashgan.Oqtepa suv ombori 191 km uzunlikdagi 
Dushanbe-Termiz 
M-41 
avtomabil 
yo‘li 
ustida 
joylashgan
Mazkur suv omboridagi suv bilan Bobotog‘ kanali orqali Surxondaryo 
daryosining chap sohilida joylashgan ekin dallalari sug‘oriladi. Mazkur suv 
ombor juda qulay geografik o‘ringa ega. Mazkur suv omboridan bugungi kunda 
baliqchilik va bir qismidan o‘rmonchilik maqsadida foydalanilmoqda. 
Suv omborining joylashgan geografik o‘rnidan kelib chiqib, hududda 
ekoturizmni rivojlantirish istiqbollari beqiyos ekanligi namayon bo‘lmoqda. 
Mazkur hududdan respublika va xalqaro ahamiyatidagi avtomabil yo‘lining 
o‘tganligi, subtropik iqlimning mavjudligi, suv ombordan Jarqo‘rg‘on tumani 
va viloyat markazigacha bo‘lgan masofa uzoq emasligi bu yerga keluvchi 
turistlar 
uchun 
qiyinchilik 
tug‘dirmasligi 
aniq. 
Hududni 
turistik 
zonaga 
aylantirish 
uchun 
ba’zi 
infrastrukrura 
obyektlarini barpo etish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Masalan, mehmonxonalar 
yoki mehmon uylarini tashkil qilish, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari 
(umumiy ovqatlanish, sartaroshxona, hojatxona va boshqalar)ni barpo etish, 
aloqa xizmati shahobchalarini barpoqilish, qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlari 


10 
bilan shug‘ullanuvchitadbirkorlik sub’yektlarini joriy qilish kabi masalalar o‘z 
yechimini topsa,hududning nafaqat iqtisodiy rivojlanishiga, balki aholining 
ma’lum birqatlamining ish bilan ta’minlanishiga ham erishish mumkin. 

Yüklə 280,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin