14
Suv ombori barpo etilayotgan hudud relefidan kelib chiqqan holda bosim, hajm va
suv ostida qoluvchi er maydoni, suv ombori morfometriyasi va morfologiyasi,
qisman suv omborini to‗ldirish va uni ishlatish belgilanadi. Jumladan
respublikamizning hududi geografik jihatdan xar hil sharoitda bo‗lganligi bois
qurilgan suv omborlar ham geografik joylashuv jihatdan turlichadir. Suv omborlari
geografik
jihatdan
joylashuvigi
ko‗ra
quyidagi
tiplarga
bo‗linadi:
Tekistlik va pasttekisliklardagi suv omborlar 0-200 0-500 0- 700 0 – 1000 0 – 1200
Tog‗oldi hududdagi suv omborlar 200-500 500-1000 700-1200 1000 – 1500 1200
– 2000 Tog‗li hududdagi suv omborlar 500 dan yuqori 1000-1500 1200 - 2000
1500 – 2500 2000 – 3000 Baland tog‗li hududdagi suv omborlar - 1500 dan yuqori
2000
dan
yuqori
2500
dan
yuqori
3000
dan
yuqori
Tekistlik va pasttekisliklardagi suv omborlar: Tekistlik va pasttekisliklardagi
suv omborlar suv to‗plash havzasining ya‘ni suv
bilan qoplagan maydonining
kengligi bilan ajralib turadi. Ushbu guruhdagi suv omborlarning odatda maksimal
chuqurligi 20-25 m gachani va o‗rtacha chuqurligi 5-9 m ni tashkil etadi. Suv
omborini ekspluatatsiyasi jarayonidagi bo‗shatish chuqurligi 2-7 m ni tashkil etadi.
Suv ombori sathini qisman (kichik balandlikda) o‗zgarishi ham suv omborining
suv yuzasi maydonini katta o‗zgarishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Yana bu guruhdagi suv
omborlarida qirg‗oqlar shakllanishi boshqa guruhdagi suv omborlariga nisbatan
jadal ravishda sodir bo‗lmaydi, aksincha qirg‗oqlar shakllanishi sekinlik bilan
o‗zgarib boradi. Ushbu guruhdagi suv omborlarga me‘yoriy
dimlangan suv
sathining (MDS) belgisi 600 m gacha bo‗lgan suv omborlarni qo‗shish mumkin.
O‗zbekistonda mavjud yirik suv omborlardan Talimarjon, Kattaqo‗rg‗on,
To‗dako‗l, Janubiy Surxon, O‗zan va Kaparas kabi suv omborlarni tekistlik va
pasttekisliklardagi suv omborlar guruhiga qo‗shish mumkin.
Bu suv omborlar
tekistlik va pasttekisliklarda joylashibgina qolmay ularning MDS belgisi 600 m
dan
pastdadir.
Tog‘oldi hududlardagi suv omborlar: Tog‗oldi hududlardagi suv omborlari
tekislik va pasttekisliklardagi suv omborlarga nisbatan suv bilan qoplangan
maydoni kichikroq va chuqurligi esa kattaroq hamda me‘yoriy dimlangan suv sathi
15
(MDS) belgisi 600 m dan 1200 m gacha bo‗ladi. Ikkinchi guruhga mansub suv
omborlarning maksimal chuqurligi 70 – 100 m gachani va o‗rtacha chuqurligi 30 –
18
35 m ni tashkil etadi. Bu suv omborini ekspluatatsiya qilish davrida suv omborini
bo‗shatish chuqurligi 10 – 12 m ni tashkil etadi. Ushbu turdagi suv omborlarida
qirg‗oqlarning shakillanish jadalligi tekistlik va pasttekistlikdagi
suv omborlarga
nisbattan ko‗proq kuzatiladi. Qirg‗oqlari esa nisbattan baland va tik qiyaliklardan
tashkil topgan bo‗ladi va ushbu guruhdagi suv omborlar asosan daryo o‗zanlarida
joylagan bo‗ladi. Tog‗oldi hududlardagi suv omborlar guruhiga Andijon,
Pachkamar, Qorabog‗ va Langar suv omborlarini misol qilib keltirsa bo‗ladi.
Tog‘li hududdagi suv omborlar: Tog‗li hududlarda joylashgan suv omborlari
akvatoriyasi katta bo‗lmagan suv bilan qoplangan yuza maydoniga ega bo‗ladi va
kamdan kam holatlarda bir necha o‗n km2 ni tashkil etadi. Tog‗li hududlarda
joylashgan suv omborlari guruhiga mansub suv omborlarining umumiy chuqurligi
kamida 100 – 200 m gachani va suv omborini ekspluatatsiyasi
jarayonida suv
omborini eng katta bo‗shatish chuqurligi 50 – 100 m gacha bo‗ladi. Suv omborini
kam bo‗shatganda ham suv sathi keskin o‗zgaradi va aksincha suv yuzasining
maydoni katta farqda o‗zgarmaydi. Uchunchi guruhga mansub suv omborlari
me‘yoriy dimlangan suv sathining (MDS) belgisi 1200 m dan yuqorida bo‗ladi.
Ushbu turdagi suv omborlari qirg‗oqlarida tog‗ jinslarining tabiiy joylashuvi
natijasida shamol to‗lqinlari ta‘sirida qirg‗oqlar shakillanishi va suvning toshishi
kuzatilmaydi. Ushbu turdagi suv omborlarida loyqa-cho‗kindilar to‗planishiga
asosan sel-toshqin davrida daryo oqimi orqali keladigan
oqiziqlar miqdori va
qirg‗oqlar yuqori qismidagi o‗prilish, ko‗chish kabi holatlar asosiy sabab bo‗ladi.
Tog‗li hududlarda joylashgan suv omborlar guruhiga Oxangaron, To‗polang va
Xissarak
suv
omborlari
misol
bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: