G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə21/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari VI sessiyasida (1991 yil, 31 avgust) uchta tarixiy hujjatning qabul qilinishi va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati.
1991 yilning 31 avgustida O‘zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Mamlakat taqdirida muhim ahamiyat kasb etadigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 6-sessiyasi chaqirildi. Sessiyada respublika mustaqilligi to‘g‘risida Prezident Islom Karimov ma’ruza qildi. U O‘zbekistonning mustaqilligi to‘g‘risida qonun qabul qilishni taklif etdi. Demak, ana shu sessiyada 3 ta tarixiy hujjat qabul qilindi:
1. Oliy Kengash «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
2. «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi. Unda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi va ozod suveren davlat­O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligi tantanali ravishda e’lon qilindi.
3. «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatlarda 1 sentyabr­ respublika mustaqilligi kuni umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi hal qiladigan bo‘ldi. O‘z eridagi barcha tabiiy boyliklarlarning, ota-onalari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch-qudratning to‘la huquqli egasiga aylandi. O‘z buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, ajdodlarining ajoyib urf-odatlariyu insonparvar an’analarining davomchisi, o‘z porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo‘ldi. Demak, O‘zbekistonning butun tarixi xalqning mustaqillik uchun doimiy va tinimsiz intilishidan guvohlik beradi. Milliy ozodlik harakatlari, XIX asr oxirlari va XX asrning 30-yillarigacha bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar buning yaqqol ko‘rinishlari deyish mumkin. Ular qanday tarixiy saboqlar va bahonalar asosida kelib chiqqan bo‘lmasin, qanday shiorlar asosida o‘tkazilmasin, xalqning barcha harakatlari asosida mustaqillik va erkinlikka intilish mavjud edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishuvi butun xalqning va zamonlarning ob’ektiv tarixiy qonuniyatlariga mos keladi. Evropada ham, Osiyoda ham buyuk imperiyalar juda katta kuch-qudratga ega edilar. Biroq ularning hammasi xalqning milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurashlari natijasida quladi. XX asrda tezkor va keng qamrovli xususiyat kasb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining ko‘pchilik xalqlari esa o‘z davlat mustaqilligiga, istiqlol va erkinlikka erishdilar. SHu ma’noda imperialistik davlat bo‘lgan SSSRning parchalanishi tarixiy taraqqiyotning muqarrar va qonuniy natijasi bo‘ldi.
O‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligi 2007 yil 30 avgustda nishonlanar ekan, bu mustaqillik zaminida xalqimizning asrlar davomida olib borgan qonli kurashlari ko‘z o‘ngimdan ketmaydi. Mustaqillik bizga nima berdi deyish mumkin, shaxsan men mustaqillik bizga erkinlik berdi, kimligimizni anglatdi. Prezident iborasi bilan aytganda «O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi».
Mustaqil davlatimiz g‘oyalarining nazariy va huquqiy asoslarini yaratish hamda uning shakllanishida – sobiq ittifoqda birinchi bo‘lib, 1990 yil 24 martda (12-chaqiriq Oliy Sovetining birinchi sessiyasi) O‘zbekistonda Prezidentlik institutini ta’sis etish to‘g‘risidagi qarori bo‘lgan edi. Ma’lumki, o‘sha sessiyada I.A.Karimov O‘zbekiston SSRning Prezidenti etib saylangan edi. Mamlakatimizda Prezidentlik institutining ta’sis etilishi nafaqat davlatchiligimiz milliy g‘oyasini, balki xalqimizning bosqichma-bosqich siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurashning o‘ziga xos yo‘nalishining boshlanishi ham edi.
Prezidentlik institutining tashkil etilishi uzoq yillar mobaynida Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolarni hal etishning birdan-bir to‘g‘ri echimi edi.
Ma’lumki, dunyo davlatchiligi tarixiy rivojlanishida boshqaruvning asosan ikki shakli – monarxiya va respublika usullari mavjud. Respublika boshqaruvi o‘z navbatida parlamentar va prezidentlik respublikalari ko‘rinishlariga ega. Prezidentlik Respublikasi hozirgi kunda eng ko‘p tarqalgan davlat boshqaruvi shaklidir. 2000 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, BMTga a’zo 192 davlatdan 146 tasida Prezident lavozimi mavjud49.
Ularning aksariyat ko‘pchiligi prezidentlik respublikalari hamdir. Bular AQSH, Argentina, Braziliya, Meksika, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi va boshqalardir.
Davlatchilik g‘oyalarining nazariy asoslari va ularning shakllanishi jarayonlarini prezidentlik institutining ta’sis etilishi haqida batafsil fikr yuritishimizning asosiy sababi – Prezidentlik hokimiyatining manbai xalq ekanligi to‘g‘risidagi tarixiy tajribaning O‘zbekistonga mos va zarurligi hamda davlat boshqaruvidagi eng samarali shakli ekanligining o‘z isbotini tapayotganligi bilan belgilanadi. SHu o‘rinda, «Prezidentlik Respublikasining parlamentar respublikadan asosiy farqi nimadan iborat?» degan tabiiy savol tug‘iladi. Birinchidan, Prezident xalq tomonidan muqobillik asosida saylanib, davlat boshlig‘i hisoblanadi. Hukumat Prezident tomonidan tuziladi va unga hisobot beradi. Parlamentar respublikada esa, parlament, ya’ni oliy vakillik qonun chiqaruvchi idora, prezidentni va hukumat tarkibini saylaydi va ularni o‘ziga itoat ettiradi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin