G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə49/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Birinchidan, dastlabki nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar loyiha vaqtida ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan qonunining 18-moddasiga muvofiq «Huquqiy ekspertiza normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlagan organning yoki normativ-huquqiy hujjatni qabul qiladigan organning yuridik xizmati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi mumkin».
Ikkinchidan, keyingi nazorat. Bu nazorat normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinganidan keyin amalga oshiriladi. Keyingi nazoratning o‘zini ham ikki turga bo‘lish mumkin.
a) Normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganidan keyin, ammo u hali kuchga kirishidan avval amalga oshiriladigan nazorat. Bu nazorat ham Adliya vazirligi tomonidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar qabul qilgan umummajburiy xarakterga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan avval amalga oshiriladi. Bu normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyingina kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umummajburiy xarakterdagi normativ-huquqiy hujjatlarining Konstitutsiya va qonunlarga mosligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 17 iyunda «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» va 1997 yil 9 oktyabrda «Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarorlar qabul qildi.
Bu qarorlarning mohiyati shundaki, ular umummajburiy xarakterdagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishining majburiyligini ta’minlab berdi. 1997 yil 9 oktyabrdagi qarorda belgilanishicha, agar shunday hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasa, ular yuridik kuchga ega bo‘lmaydi. Konstitutsiya yoki qonunga zid bo‘lganlari esa davlat ro‘yxatiga olinishi mumkin emas. Ana shunday yo‘l bilan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga va qonunlarga mosligi ta’minlanmoqda.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin