1.3. Iqtisodiy rayonlashtirishga asos buluvchi tamoyillar. Aholisi va mehnat resurslari. Iqtisodiy rayon aholi sonining ko`pligi va ko`p millatliligi bilan respublikaning ko`p iqtisodiy rayonlaridan ajrab turadi. (Farg`ona iqtisodiy rayonidan keyin 2-o`rin).
Respublikamiz aholisining 20 foizidan ortig`i shu rayonda yashamoqda. Aholining milliy tarkibi xilma-xil bo`lib 40 dan ortiq millat vakillari orasida o`zbeklar eng ko`p salmoqqa ega (60 foiz).
Iqtisodiy rayonda shahar aholisining salmog`i 71.5 foizini tashkil etadi. Umumiy aholi sonidagi mehnatga yaroqlilar salmog`i bo`yicha Toshkent iqtisodiy rayoni Respublikadan oldinda turadi. Bu rayonda ishchi kuchlarining ma`lumoti darajasi ancha yuqoridir O`zbekistonda 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga hisoblaganda oliy va to`liqsiz oliy ma`lumotlilar 143 kishini tashkil etsa, har ming kishining 200 nafari o`rta maxsus ma`lumotli mutaxasislardan iborat (I. Karimov. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka taxdid barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T. O`zbekiston 1997 yil 255-bet) bo`lsa, respublikaning jami oliy va o`rta maxsus ma`lumotli mutaxasislarining deyarli yarmi shu iqtisodiy rayonda to`plangan. Mehnat zaxiralaridan foydalanish samaradorligi boshqa iqtisodiy rayonlardan ancha yuqori. Mavjud mehnat zaxiralari mazkur rayonda fantalab va malakali mutaxasislarni talab qiluvchi sanoat tarmoqlarini joylashtirish imkonini beradi. Bu yerda ham mehnat zaxiralaridan samarali foydalanish uchun iqtisodiy rayon ichida ularni qayta taqsimlash, aholi mayatniksimon xarakatlarini yanada keng rivojlantirish uchun sharoitni kengrok rivojlantirish zarur.
Xo`jaligining umumiy ta`rifi. Sanoat.Inqilobga qadar Toshkent iqtisodiy rayonining sanoati rivojlanish jihatidan Farg`ona vodiysidan keyin turar edi. Sanoat asosan qishloq xo`jalik xom ashyosiga, ko`proq paxtaga dastlabki ishlov beradigan korxonalardan iborat edi. Qishloq xo`jaligida paxta bilan birga g`alla, sholi, meva va uzum yetishtirilardi. Rayonda xilma-xil foydali qazilma konlari topilishi natijasida tog`-kon sanoati vujudga kelib, og`ir sanoatning jadal yuksalishiga imkoniyat tug`ildi. Sanoatning rivojlanganligi jihatidan rayon Respublikada birinchi o`ringa chiqib oldi.
Bunda:
a) rayonning qulay iqtisodiy geografik urni;
b) respublika poytaxti Toshkentning shu rayondaligi;
v) foydalanish qulay bo`lgan gidroquvvat imkoniyatini mavjudligi
g) xilma-xil foydali qazilmalar topilib, ishga solingani;
d) urush yillarida sobiq ittifoqning g`arbiy rayonlaridan ko`chirib keltirilgan korxonalarning yarmidan ko`pi Toshkent viloyatiga joylashtirilganligi;
e) chetdan malakali mutaxassislar shu rayonga keltirilgani muhim ro`l o`ynaydi;
Endilikda iqtisodiy rayon xo`jaligi ko`p tarmoqli bo`lib unda Respublikadagi 5 ta majmuaning hammasi tarkib topgan. Sanoatning respublikaga xos bo`lgan 100 ta tarmog`ining barchasi shu rayonda mavjud. Bu rayon Respublika yalpi sanoat mahsulotining deyarli 40 foizini beradi. Yalpi sanoat mahsulotining 2/3 qismi og`ir sanoatga to`g`ri keladi. Yengil va oziq ovqat sanoatlari ham boshqa barcha rayonlardagidan ko`ra yuksak rivojlangan.
Rayon xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida xom ashyo tayyorlashdan tortib, to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo`lgan barcha bosqichlar bajariladi. Yoqilg`i energetika majmui yaxshi rivoj topgan, Majmua negizida elektro-energetika sanoati tashkil etadi. Elektr quvvati Chirchiq-Buzsuv pog`onali sharsharasi quvvatiga, Angiren qo`ng`ir ko`miri va Buxoro-Navoiy hamda Qashqadaryo iqtisodiy rayonlaridan keltirilgan tabiiy gazga asoslanadi.
Rangdor metallurgiya rayonining eng yuksak rivojlangan sanoat majmuasidir. Respublikada ishlab chiqarilayotgan qora metallurgiya mahsulotining hammasini, rangdor metallarning ishlab chiqarish aloqasi hamda joylashuviga muvofiq Toshkent -Chirchiq-Yangiyo`l, Angren-Olmaliq sanoat rayonlari vujudga kelgan. Angren-Olmaliq sanoat rayonida mis yeritish zavodi va Olmaliq qo`rg`oshin-rux kombinati ishlab turibdi. Chirchiq kombinatida ishlab chiqariladigan mahsulot turi 100 xildan ortadi. Sun`iy tola yetqazib beruvchi kampro`laktam zavodi ham shu shaharda joylashgan qora metallurgiya sanoatining yirik korxonasi Toshkent iqtisodiy rayonidagi Bekobod metallurgiya zavodidir. Uning xom ashyosi asosan temir-tersakdir. Zavodda 3 ta marten pechi, prokat sehi, metall qo`yadigan termik seh va bir qancha yordamchi korxonalar bor. Bu yerda 1999 yilda 367.2 ming tonna po`lat va 321.8 ming tonna tayyor prokat ishlab chiqarildi.
Mashinasozlik asosan paxtachilik majmuini mehanizatsiyalashga mo`ljallab ixtisoslashgan. Uning korxonalari Toshkent qishloq xo`jaligi mashinasozlik zavodi, Toshkent traktor zavodi, O`zbekiston qishloq-xo`jalik mashinasozligi, Chirchiq qishloq xo`jalik mashinasozlik zavodlaridir.
Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi zavodi paxta terish mashinalari yetqazib beradigan birdan-bir zavoddir. Toshkent to`qimachilik mashinasozligi, Toshkent ekskovator, paxtachilik asbobsozligi zavodlari ana shunday yirik korxonalardir. Elektrotehnika (“Toshkent kabel”, Chirchiqdagi “Transformator”, Toshkentdagi “Elektrotehnika” zavodlari) va kimyo mashinasozligi (Toshkentdagi “Kompressor” va Chirchiqdagi O`zbekiston kimyo mashinasozligi zavodlari) ham muhim o`rinni egallaydi. Iqtisodiy rayonning kimyo sanoati ham paxtachilik majmui bilan bog`liq holda rivojlanib bormoqda. Asosiy markazlari Chirchiq, Toshkent va Olmaliq shaharlari bo`lib, asosan mineral o`g`itlar, turli ximikatlar ishlab chiqarishga alohida e`tibor beradi. Keyingi paytda maishiy kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish (Olmaliq), lak va bo`yoqlar ishlab chiqarish (Toshkent) kengayib bormoqda. Hozirda bu iqtisodiy rayonda plastmassadan xilma-xil bejirim badiiy bezak, uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqaruvchi O`zbekiston - Italiya qo`shma korxonasi faoliyat olib bormoqda (Toshkent), eng yirik sanoat ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri qurilish materiallari sanoatidir. Respublikamiz mustaqillikka yerishgach qurilishlar ko`lami misilsiz kengaydi va mazkur sanoat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj yanada kuchaydi.
Sement ishlab chiqarish dastlab Bekobod shahrida 1926 yilda yo`lga qo`yilgan bo`lsa, keyinchalik Angren (1947 yil) va Oxangaron. (1961) shaharlarida ham sement korxonalari qad ko`tardi. Bu korxonalarda sementdan tashqari shifer, asbotsement quvurlar va boshqa mahsulotlar ham ishlab chiqariladi. Rayonda, shuningdek sopol mahsulotlari (Angren), oyna, marmar va boshqa qurilish materiallariga ishlov berish (Gazalkent) va ko`plab g`isht zavodlari bor. Respublikada ishlab chiqariladigan temir-beton konstruksiyalarini, tayyor yirik panelli uylarning qismlarining yarmini Toshkent iqtisodiy rayoni ishlab chiqarmoqda (Toshkent, Chirchiq, Olmaliq va boshqa shaharlarda).
Toshkent iqtisodiy rayonida yengil oziq-ovqat sanoatining 130 dan ortiq korxonalari bor. Yengil sanoat asosan qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog`liq. Ular orasida paxta tozalash sanoati (Yangiyo`l, Pskent, Alimkent, Chinoz, Bo`ka, Bekobod va b.q.), lub sanoati alohida ajralib turadi (Respublikadagi 11 ta lub zavodning hammasi shu yerda joylashgan).
Tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan Toshkent to`qimachilik kombinati, “Malika” trikotaj firmasi, “Yo`lduz” ishlab chiqarish birlashmasi, Olmaliq gilam fabrikasi, Toshkent, Chirchiq va Yangiyo`ldagi poyafzal korxonalarini alohida ta`kidlash joiz.
Oziq-ovqat sanoatining go`sht, sut, o`simlik moyi, konserva, kandolat, un-non, sharob, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish kabi tarmoq korxonalari mavjud. Ular asosan Toshkent, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyo`l, Qibray, Oxangaron kabi shaharlarga joylashgan. Mustaqillik yillarida Toshkent iqtisodiy rayonida 30 dan ortiq xorijiy Davlat investorlari bilan hamkorlikda 180 ga yaqin qo`shma korxonalar bunyod etildi.
Olmaliqdagi “Albo”, Chirchiqdagi “Veskaf”, Qibraydagi “Mediz”, Toshkentdagi “UzBAT”, “UzItalmatorxolding”, “UzDEU elektroniks” singari korxonalar xozirda o`z mahsulotlarini eksportga ham chiqarishmoqda. Mazkur iqtisodiy rayonda qo`shma korxonalar tarmog`ini kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.