Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti


О‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin istiqbolli



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə7/8
tarix13.12.2022
ölçüsü170,5 Kb.
#74465
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish muammolari

2.2. О‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin istiqbolli
О‘zbekiston О‘rta Osiyoda tarkib topgan bepoyon paxtachilik maydonlarining markaziy qismida joylashganligi uchun ham bu tarmoq uchun zarur bо‘lgan barcha texnikaviy vositalar chigit ekig mashinalari, irrigasiya – meliorasiya mashina va uskunalari, paxta qator oralariga ishlov beradigan mashinalar, paxta terish mashinalari, kо‘sak teradigan va ularni chuviydigan mashinalar, paxta dalalari uchun ishlov traktorlari, о‘lchamlar, paxta tozalash zavodlari uskunalari, tо‘qimachilik sanoati dastohlari va boshqalar, kimyoviy vositalarning asosiy qismi (mineral о‘g‘itlar, paxta zararkunandalariga va begona о‘tlarga qarshi kurash vositalari, defoliantlar) va boshqalar ishlab chiqaradigan birdan – bir asosiy respublikaga aylantirildi. Shu sababli ittifoq davrida paxtakor respublikalarni paxtachilik majmui uchun zarur ishlab chiqarish qurollari bilan ta’minlab keldi. Shuningdek uning xududida paxtachilikni rivojlantirishga xizmat qiladigan ilmiy – tadqiqot va tajriba – rejalashtirish muassasalarining asosiy qismi ham joylashgan.
О‘zbekiston Respublikasi О‘rta Osiyoning о‘ziga xos temir yо‘l darvozasi ham hisoblanadi. Ma’lumki, temir yо‘l transporti respublikalar va nohiyalarning о‘zaro iqtisodiy aloqalarida, ular о‘rtasida olib boriladigan yuk ayirboshlashda barcha transport tarmoqlari orasida yetakchi о‘rinda turadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, haqiqatdan ham О‘zbekistonning iqtisodiy-geografik о‘rni bag‘oyat mavqega egadir. Bunda uzoq tarixiy davrlar ham, Ittifoq yillari ham va endigi mustaqil О‘zbekiston inqiloblari ham isbotlaydi. Tojikiston, Turkmaniston respublikalari hamda Qozog‘iston respublikasining barcha janubiy nohiyalari (О‘sh viloyati) о‘zlarining rayonlararo mahsulotlar ayriboshlash aloqalarini О‘zbekiston xududi orqaligina (Toshkent – Orenburg va Qо‘ng‘irot – Beynov temir yо‘llari) olib borganlar. Mustaqillik yillarida ham ushbu respublikalarning Hamdо‘stlik davlatlari о‘rtasida olib boradigan iqtisodiy aloqalarini amalga oshirishda respublikamiz hududi orqali о‘tgan temir yо‘llar bunday xayrli vazifalarni ado etaveradi.
О‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin istiqbolli yillar orasida qо‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston respublikalarining Eron, Afg‘oniston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini olib borishda yanada kuchaydi. Hozirgi paytda О‘rta Osiyoni Eronning Mashhad shahri bilan bog‘lovchi temir yо‘lning qurilayotganligi shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
О‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalarining tutash nohiyalarida tarkib topgan keng yо‘nalishdagi mustahkam ishlab chiqarish, madaniy – maishiy aloqalar bilan xarakterlanuvchi Farg‘ona vodiy xududiy-ishlab chiqarish majmui О‘zbekiston va Turkmaniston respublikalari rayonlarini birlashtiruvchi Quyi Amudaryo xududiy-ishlab chiqarish majmui Janubiy Tojikiston bilan О‘zbekistonning Surxandaryo viloyati о‘rtasida tashkil topgan mustahkam iqtisodiy – ijtimoiy aloqalari, О‘zbekistondagi Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining Shimoliy Tojikiston xududidagi (Qoramozor chalametall koni) ruda respublikadan keng foydalanish imkoniyatlari fikrimiz dalilidir.
Bularning barchasi О‘zbekistonning О‘rta Osiyodagi iqtisodiy – geografik о‘rni xususiyatlaridan kelib chiqadigan qulayliklardir. О‘rta Osiyoda О‘zbekistondan boshqa biror-bir Respublika о‘zaro kо‘p qirrali munosabatlarda bunchalik qulayliklarga ega emas.
О‘zbekistonning mezogeografik о‘rni avvalo uning О‘rta Osiyo Qozog‘iston mikromintaqasidagi tutgan о‘rni bilan begilanadi. Bu yerda ham Respublikaning markaziy mavqega ega ekanligi asosiy ijobiy holat hisoblanadi. Bu avvalo, О‘zbekiston xududining juda katta masofada (butun shimoliy va shimoliy – g‘arbiy chegarada) Qozog‘iston xududi bilan tutashligi kо‘rinadi. Keng tekisliklar orqali tutashgan ikkala Respublika muhim temir yо‘l magistrallari (Toshkent-Aris-Qizil-Urda; Toshkent-Aris-Chimkent-Jambul-Olmati, Qung‘irot-Beynov-Makat), qulay avtomobil va boshqa transport turlari orqali о‘zaro uzviy bog‘langan. О‘zbekiston Qozog‘iston kо‘mir, neft mahsulotlari, oltingugurt kolchedani, fosforit, metall, sement kabi ishlab chiqarish vositalari, don, un, gо‘sht, mol yog‘i kabi qishloq xо‘jalik mahsulotlari oladi va unga ayrim qishloq xо‘jalik mashinalari, sanoat iste’mol mollari, meva va meva konservalari, sabzavot, poliz mahsulotlari, о‘simlik moyi kabilarni chiqaradi.
О‘zbekiston eksport imkoniyatlari ancha keng. Buni uning xalq xо‘jaligi, hatto asosan xom ashyo mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi buning tо‘la isbotidir.
О‘zbekiston iqtisodining yaqin kelajakda bosh vazifalaridan biri, ana shu о‘z ichki imkoniyatlaridan tо‘la foydalanib, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni har taraflama kengaytirishdir. Tabiiyki, yaqin davlar orasida О‘zbekistonning asosiy eksport mahsulotlari paxta, shuningdek meva, sabzavot, poliz, ulardan tayyorlangan konserva mahsulotlari, xalq hunarmandchilik mollari bо‘lib qoladi. Ayni vaqtda Respublikamiz importining asosini ishlab chiqarishning yuqori unumdorligini ta’minlay oladigan zamonaviy texnologik vositalar egallashi lozim. О‘zbekiston sanoati ishlab chiqarish shu yul bilan qisqa muddat ichida yuqori samaradorli texnikaviy jihozlar bilan ta’minlash va xalq xо‘jaligining tarmoqlar tarkibini davr talabi asosida qayta tashkil qilish mumkin. Umuman Respublikani iqtisodiy geografik о‘rni mamlakat iqtisodiyotini barcha tarmoqlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Iqtisodiy rayonlar shakllanishining o`ziga xos tartibi yoki mexanizmi mavjud bo`lib, uning ildizi hududiy mehnat taqsimotiga borib taqaladi. Hududiy mehnat taqsimoti esa ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomoni va u mohiyatan iqtisodiy geografik jarayonni anglatadi. Shunday qilib, hududiy mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish oqibatida alohida joylarning muayyan xo`jalik sohalarga ixtisoslashuvi, bir hududning qolgan hududlardan ana shu jihatdan farqlanishi vujudga keladi. Natijada mamlakat ho`jaligining hududiy tuzilmasi va tarkibi, geoiqtisodiy tizimning ichki tafovutlari –aniqrog`i iqtisodiy rayonlar to`ri shakllanadi. Turli yo`nalishdagi iqtisodiy rayonlar to`ri va ularning o`zaro hududiy munosabati, joylashuvi, bizning fikrimizcha, iqtisodiy geografik vaziyat yoki holatni yuzaga keltiradi.
Iqtisodiy geografik jarayon –hududiy mehnat taqsimoti uzluksiz, doimiy bo`lganligi sabali rayonlar to`ri va tarkibi ham o`zgarib boradi. Ammo xo`jalikning hududiy tarkibi uning tarmoqlar tarkibiga ko`ra biroz sust o`zgaruvchan bo`ladi. Shu bilan birga makroiqtisodiyotning (milliy iqtisodiyotning) hududiy va tarmoqlar tuzilmasi orasida muntazam aloqadorlik mavjud: tarmoqlar tarkibidagi o`zgarishlar xo`jalikning hududiy tarkibiga, ya`ni mintaqaviy iqtisodiyotga ham o`z ta`sirini ko`rsatadi.
Iqtisodiy rayonlashtirish ma`lum prinsip va omillarga asoslanadi. Ulardan eng muhimlari: xo`jalikning ixtisoslashuvi va kompleks (majmua shaklida) rivojlanishi, hududiy yaxlitlik yoki birlik, geografik o`rin, rayon hosil qiluvchi markaz-turli yiriklikdagi shaharlarning mavjudligi, ichki transport va boshqa infrastruktura elementlarining umumiyligi va xokazo. Shu 4 qatorda ma`muriy-hududiy birliklar, ularning istiqbol rivojlanish muammolari va ustuvor yo`nalishalri ham e`tiborga olinadi.
Iqtisodiy rayonlashtirishni ikki xil amalga oshirish mumkin. Birinchisida-mamlakat maydoni va uning ma`muriy birliklari turli miqdor va kattalikdagi hududlarga ajratiladi. Bunda rayonlar tarkibiga kiritilmagan biror joy, u yerda xo`jalik obyekti bor yoki yo`qligidan qat`iy nazar, chetda qolmaydi. Odatda, o`quv jarayonida va mamlakatning mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda ana shu tartibdagi rayonlar nazarda tutiladi. Ikkinchi xil rayonlashtirish esa ko`proq ilmiy-tadqiqot ishlarida ajratilib, ular asosan sohaviy (tarmoq) xususiyatiga ega bo`ladi. Bunday rayonlar tarkibiga faqat o`rganilayotgan xo`jalik sohasi mavjud bo`lgan joylar kiritiladi, xolos, qolgan hududlar esa «bo`sh» qolaveradi. Masalan, Angren-Olmaliq tog`-kon sanoati yoki qizilqumdagi qorako`lchilik shu toifadagi rayonlarga kiradi. Demak, iqtisodiy rayonlar integral (umumiy) va tarmoq rayonlarga bo`linadi.
Shunday qilib, iqtisodiy rayonlar obyektiv geografik borliq, asosiy maqsad esa ularni to`g`ri ajrata olish, aniqlashdan iboratdir. Har qanday mamlakat doirasida iqtisodiy rayonlarning turli-tumanligi pirovard natijada, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligidan dalolat beradi va ayni paytda bu-ichki hududiy mehnat taqsimoti, iqtisodiy geografik jarayonning chuqurlashuvini aks ettiradi.
Madomiki iqtisodiy rayonlar har qanday mamlakatda (bu yerda uning maydoni, katta-kichikligi muhim ahamiyatga ega emas) vujudga kelar ekan, mumkin bo`lgan munozara yoki bahslar faqat ularning soni, tarkibi va chegaralari haqida bo`lishi mumkin.Masalan, Z.M.Akromov va P.M.Musayev tomonidan yozilgan «O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy jug`rofiyasi» o`quv darsligida 8 ta iqtisodiy «nohiyalar» ajratilgan: Toshkent, Farg`ona, Mirzacho`l, Samarqand, Buxoro-qizilqum, qashqadaryo, Surxondaryo va quyi Amudaryo (biroq, bu o`rinda jo`g`rofiya o`rnida geografiya, nohiya o`rniga rayon iboralarini qo`llash to`g`riroq bo`lar edi).
Biz yuqorida iqtisodiy rayonlar to`ri va tarkibi vaqt davomida o`zgarib turishini ta`kidlagan edik. Shu yo`sinda yondoshadigan bo`lsak, shubhasiz, mustaqil O`zbekiston Respublikasining milliy va mintaqaviy iqtisodiyotini mustahkamlash, mamlakatimizning yoqilg`i-energetika, don (g`alla) va yo`l (transport) mustaqilligiga erishuvini jarayonida uning iqtisodiy rayonlari ham son va sifat jihatidan ta`sir topib borishi muqarrardir. Ehtimol, kelajakda /uzor-Boysun-qumqo`rg`on temir yo`lini qurilishi oqibatida qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o`zaro iqtisodiy va geografik jihatdan «yaqinlashib», yagona janubiy iqtisodiy rayonni shakllanishiga sabab bo`lishi ajab emas. Ayni chog`da Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari yana an`anaviy Zarafshon iqtisodiy rayonlari doirasida birlashtirilishi mumkin (Soliyev, «Istiqbol» jurnali, 1993, №1-2; Soliyev, Sultonov «Iqtisod va hisobot» jurnali, 1998, №8).

Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin