Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti


Mamlakatning ma`muriy-hududiy tuzilishi va iqtisodiy rayonlari o`rtasida muayyan aloqadorlik



Yüklə 170,5 Kb.
səhifə8/8
tarix13.12.2022
ölçüsü170,5 Kb.
#74465
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonning iqtisodiy rayonlashtirish va kompleks rivojlantirish muammolari

2.3. Mamlakatning ma`muriy-hududiy tuzilishi va iqtisodiy rayonlari o`rtasida muayyan aloqadorlik
Mamlakatning ma`muriy-hududiy tuzilishi va iqtisodiy rayonlari o`rtasida muayyan aloqadorlik mavjud. Shu bilan birga alohida viloyatlar xo`jaligi ham iqtisodiy rayon shaklida ko`rilishi mumkin. Biroq, bunday toifadagi birliklar ma`muriy-iqtisodiy rayonlardir. Aslida ular mamlakatning geosiyosiy tuzilmasini tashkil etadi, haqiqiy (real) geografik rayonlar esa uning geoiqtisodiy tuzilmasini aks ettiradi.
Ba`zilar iqtisodiy rayon va rayonlashtirishni sobiq Ittifoq, kommunistik g`oyalar bilan asossiz bog`laydilar va shu bois undan voz kechish tarafdori bo`lib chiqadilar. Haqiqatda esa mutlaqo bunday emas; nazariy g`oya va konsepsiyalar, agar ular chinakkam ilmiy bo`lsa, siyosiy mafkura bilan bevosita bog`liq emas. Zero fan, ilmiy tadqiqot natijalari millat va elatni bilmaydi, ularning olamshumul, baynalminal ahamiyati ham ana shunda. qolaversa, rayonlashtirish g`oyalari faqat sobiq Sovet davrida vujudga kelmagan, ular undan oldinroq ham mavjud edi. Hozirgi kunda ham har qanday mamlakat (ijtimoiy tuzumidan qat`iy nazar) iqtisodiy geografik tavsifiga bag`ishlagan kitobni oling, ularning barchasida iqtisodiy rayonlar, ichki tafovutlar bandi albatta bor. Chunki mazkur bo`limsiz u to`laqonli, mukammal geografik asar bo`la olmaydi.
Hatto sobiq Ittifoq hududida tashkil topgan mustaqil davlatlar, masalan, Rossiya Federatsiyasi, qozog`iston Respublikasining yangi chiqarilgan iqtisodiy va sotsial geografiyasi darsliklariga ham rayonlar qismi kiritilgan. Chunki, iqtisodiy geografik ta`rif ikki qismdan, ya`ni tarmoqlar va regional bayonidan iborat bo`lmog`i zarur. qolaversa, har qanday bilim yaxlitlikni, bir butunlikni eng avvalo alohida-alohida qismlarga, bo`laklarga bo`lib o`rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi.Ayni chog`da bu-guruhlash va klassifikatsiya metodiga ham mos keladi.
Boz ustiga, biz mamlakatda iqtisodiy rayonlarning shakllanishini eski «sarqit» emas, balki suveren respublikamizning ko`zgusi deb e`tirof etmoqchimiz. Zero, agar ilgari O`zbekiston sobiq SSSRning bir parchasi, chekkasi bo`lgan bo`lsa, endi uning o`zi bir dunyo, ulkan va kelajagi buyuk davlatdir. Tabiiyki, bundan mustaqil davlat o`zining ichki ma`muriy va geoiqtisodiy tuzlmasiga ega bo`lishi shart.
To`g`ri, siyosiy va iqtisodiy mustaqillik sharoitida iqtisodiy rayonlarga bo`lgan avvalgi munosabat-ularning sotsialistik rejalashtirish va boshqarish obyekti sifatida qaralishi, planli va proporsional rivojlanishi kabi ilgarigi siyosat o`z kuchini tamomila yo`qotdi. Bularning o`rniga hozirgi davr uchun dolzarb va ustuvor ahamiyatga ega bo`lgan mamlakat doirasida hududiy mehnat taqsimotini keng ko`lamda rivojlantirish, ichki iqtisodiy integratsion jarayonlarni avj oldirish, mustaqil davlatning mintaqaviy siyosatini ilmiy asosda ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etishga o`xshash masalalar oldinga surilmoqda. Xuddi korxona yoki tarmoqlar singari erkin-hududiy raqobat, hududlar iqtisodiy rivojlanishining demokratlashuvi, bozor munosabatlariga o`tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini hududiy tashkil etishni davlat tomonidan boshqarib, tartibga solib borish, geoekologik muammolarni hal etish masalalari muhim bo`lib kelmoqda. Aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, iqtisodiy rayonlar bilan bir qatorda ulardan yirikroq bo`lgan iqtisodiy mintaqalarni ham shakllantirish zaruriyati tug`iladi.

Xulosa
Mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini yaratishda, uning mintaqaviy siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy rayonlashtirish ilmiy va metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Ayni paytda, rayonlashtirish geografiya fanining bosh prinsipi hamdir; chunki mamlakat xo`jaligi hududiy tarkibini, uning ichki rang-barangligini faqat rayonlashtirish orqaligina chuqur o`rganish mumkin. Bundan geografik bilim va fikrlash uchun o`zga yo`l yo`q va bo`lishi ham mumkin emas.


Mamlakat yoki mintaqalar xo`jaligini faqat tarmoqlar prinsipi asosida o`rganish iqtisodiy geografik dunyoqarashni qanoatlantirmaydi; unda ichki hududiy tafovutlar, bir joyning ikkinchi joydan farqi uncha sezilmaydi. Binobarin, iqtisodiy geografiya fanini (u o`quv predmetigina emas!) o`rganishda bu ikki tamoyilga – tarmoqlar va hududiy metodlarni uyg`unlashtirishga katta urg`u bermoq zarur. Biroq, bu ikkilikda, shubhasiz hududiy tarkib va tuzilma, rayonlashtirish ahamiyatliroq bo`lmog`i talab etiladi. Sababi- avvalroq qayd qilganimizdek, rayon, rayonlashtirish umuman geografiya fanining umurtqa pog`onasi, o`zagi, ibtido va intihosidir. Bunday oddiy haqiqatni unutish yoki uni tan olmaslik geografiyani kamsitish, tahqirlash, uni fan maqomida inkor etish bilan barobardir.

Adabiyoтlar



  1. Каримов И. А. Юксак маьнавият - енгилмас куч. – Т.: “Маьнавият”, 2008Abirqulov K.N. Iqtisodiy gеografiya (Darslik) –T.: TDIU, 2004

  2. G. Asanov, M. Nabixonov, I. Safarov. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jugrofiyasi: Pedagogika Oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun ukuv qo`llanmasi.-T.: O`qituvchi, 1994.

  3. Salimov X., Xatamov A., Mamajonov M. O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. O`quv qo`llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2008.

  4. Soliyev A.S. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. o`quv qo`llanma/mas`ul muharrir Z.Ahmadjonova. -T.: Universitet, 2003

  5. Тўхлиев Н. Ўзбекистон иқтисодиёти асослари. / Н. Тўхлиев, Қ.Ҳақбердиев, Ш. Эрматов, Н. Холматов. – T.: “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Давлат илмий нашриёти, 2006.



Yüklə 170,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin