o’zgartirish yo’li bilan rostlash mumkin.
porshenlar shu diskga sharnirli biriktirilgan. Bu nasoslarda disk aylanma harakat qiladi.
23
Laboratoriya ishi № 7
Mavzu. GIDROUZATMALAR.
Ishdan maqsad: gidrouzatmalarning vazifasini, turlarini tuzilishini, ishlashini,
rostlashni va asosiy parametrlarini o’rganish.
Ish jihozlari: gidrouzatmalar va ularning elementlari, ko’rgazmali qurollar, kalitlar
jamlanmasi.
IShNI BAJARISh TARTIBI
1. Gidrouzatmaning vazifasini, afzalligini, turlarini o’rganing.
2. Gidromuftaning gidrotransformatordan ish prinsipiga ko’ra farqini, tuzilishini,
ishlashini, qo’llanilish sohasini o’rganing.
3. Gidromuftani rostlash usullarini o’rganing.
4. Gidromuftaning asosiy parametrlarini o’rganing.
5. Uch g’ildirakli gidrotransformatorning tuzilishini, ishlashini va qo’llanilish sohasini
o’rganing.
6. Gidrotransformatorning asosiy parametrlarini o’rganing.
Bajarilgan ish to’g’risida hisobot yozing. Hisobotda gidrouzatmaning vazifasini,
afzalligini, turlarini va o’rganilgan gidrouzatmalarni tuzilishini ishlashini keltiring.
Gidravlik uzatmaning vazifasi, turlari, ishlatilish sohalari va asosiy ko’rsatkichlarilari.
Suyuqlik oqimi yordamida mexanik energiyani dvigateldan iste’molchiga uzatuvchi
mexanizm va tizimlar jamlanmasi gidrodinamik uzatma deyiladi.
Gidravlik uzatmaning vazifasi yetaklovchi valdagi burovchi momentni yetaklanuvchi
valga uzatish uchun xizmat qiladi.
Traktorlarning
uzatmalar qutisiga harakat uzatishda foydalaniladi.
Gidrodinamik uzatma ikki qismdan nasos va turbinadan tashkil topgan.
Nasosda mexanik energiya suyuqlik oqimi energiyasiga aylanadi, turbinada esa suyuqlik
zarrachalari oqimining energiyasi qayta mexanik energiyaga aylanadi.
Gidrodinamik uzatmaning afzalligi-uzatmani almashlab qo’shmasdan yetaklovchi
valning aylanish chatotasini yetaklanuvchi valdagi yuklanishga (nagruzkaga) muvofiq
avtomatik ravishda o’zgartiradi. Bundan tashqari tezlikni yuqoriligi va ravon qo’zgalishi
(joyidan ravon qo’zg’alishi va tezlikni ravon oshishi), ishqalanuvchi detallar yo’qligi,
shovqinsiz ishlashi, burovchi tebranishlar yo’qligi, f.i.k. (
98
,
0
....
96
,
0
=
η
) ni yuqoriligi
masofadan turib avtomatik boshqarilishi, ekspluatasion mustahkamlik darajasi yuqoriligidir.
Ishlash prinsipiga ko’ra ya’ni aylantirish momentining uzatilish usullariga ko’ra
ikkiga ajraladi- gidromufta va gidrotransfomatorlar.
Gidromuftaning gidrotransformatordan farqi shuki, gidromuftada reaktiv element yo’q
va uning ikklamchi validagi burovchi moment birlamchi valdagi burovchi momentga teng.
Gidrotransformatorda esa qo’zg’almas yo’naltiruvchi apparat (reaktor) ko’rinishida
reaktiv element mavjud. Reaktor yordamida faqat ikkilamchi valdagi burovchi moment
qiymatini o’zgartirib qolmasdan balki birlamchi valdagi burovchi moment qiymatiga
nisbatan taqqoslab kerak oraliqda o’zgartirish mumkin.
Demak gidromufta quvvatni birlamchi valdan ikkilamchi valga o’zgartirmasdan
uzatadi, gidrotransformator esa quvvat qiymatini o’zgartirib berish qobiliyatiga ega.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com