Gidromufta. Gidromufta o’qi orqali o’tuvchi tekislik meridionalli kesim deyiladi.
Gidromufta (1- rasm) yetaklovchi valga tutashtirilgan nasos g’ildiragi va
yetaklanuvchi valga joylashtirilgan turbina g’ildiragi, hamda korpusdan iborat.
Nasos va turbina g’ildiraklari orasida tirqish mavjud. Nasos g’ildiragidan turbina
g’ildiragiga harakat ish suyuqligi orqali o’tadi, ya’ni gildiraklar orasiga bosim ostida
suyuqlik yuborilganda bu suyuqlik zarrachalarining bosim ostida ishqalanishi tufayli harakat
uzatiladi.
Ish suyuqligi sifatida industrial 12, industrial 20, trubina va transformator moylari
ishlatiladi. Ishchi suyuqlik harorati 55…..135
0
S oralio’ida bo’lishi kerak.
Gidramufta ishlaganda haroratning oshishi natijasida bosim keskin ko’tarilmasligi
uchun uning ish bo’shlig’i 85- 87% suyuqlik bilan to’ldiriladi.
1-rasm. Gidromuftaning funksional ko’rsatkichlarini hisoblashga doir chizma.
a- meridional kesim; b-tezliklar parollelogrammi. 1 va 2-nasos va turbina g’ildiragi; 3 va 5-
yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar; 4-korpus.
Nasos g’ildiragi xuddi markazdan qochma nasos kabi dvigateldan harakat olib
aylanadi, turbina g’ildiragidan suyuqlikni oladi, qaysiki markazdan qochma kuch ta’sirida
chetga tashlaydi. Bu suyuqlik lapatka bo’ylab suriladi va bir vaqtda g’ildirak bilan aylanadi.
Buning ta’sirida ishchi suyuqlik zahira kinetik energiya va bosim energiyasini oladi,
suyuqlik nasos g’ildiragidan turbina g’ildiragining lapatkasiga tushadi va zahira energiyani
yetaklanuvchi valning aylanma harakatiga ya’ni mexanik energiyaga aylantiradi. Suyuqlik
turbina g’ildiragini aylantirish uchun bir qism energiyasini yo’qotadi. Lapatkalar suyuqlikni
gidromufta markaziga yo’naltiriladi u yerdan yana nasos g’ildiragiga o’tadi va shu tariqa
harakat jarayoni takrorlanadi.
Gidromuftalar rostlanmaydigan va rostlanadigan, suyuqlik bilan doimiy va
o’zgaruvchan holda to’lgan turlarga ajraladi.
Rostlanadigan gidromuftalar yetaklanuvchi valning aylanish chastotasi faqat
yetaklovchi valning aylanish chastotasigagina bog’liq bo’lmasdan tashqaridagi rostlovchi
moslamaning boshqarish holatiga ham bog’liq..
Rostlanmaydigan gidromuftalarda yetaklovchi valning doimiy aylanish chastotasida
yetaklanuvchi valning aylanish chastotasi faqat yetaklanuvchi valdagi yuklanish momentiga
bog’liq .
Dostları ilə paylaş: |