materialdan tayorlangan. Tuzilishi-korpus, kiritish va chiqarish (haydash) klapanlari,
21
Ishlashi- kulachokli val aylanishi davomida koromislo o’z o’qi atrofitda ma’lum
burchakga buriladi, shtok esa ilgarilanma qaytma harakat qiladi. Shtok pastga
harakatlanganda diafragma ham pastga siljiydi va uning ustgi qismida siyraklanish hosil
bo’ladi natijada suyuqlik diafragma ustidagi bo’shliqqa so’riladi. Val aylanib koromislo
kulochok sverik sirtidan tushganda prujina ta’sirida diafragma yuqoriga ko’tariladi va
diafragmaning ustgi qismidagi suyuqlik tizimga haydaladi.
Haydalayotgan suyuqlik bosimi prujinaning ko’tarish kuchiga teng. Agar haydash
kanalidagi bosim prujina hosil qiladigan bosimga teng yoki undan ortiq bo’lsa prujina
diafragmani sura olmaydi, bu holda shtok pastgi holatda qolib koromislo shtokga ta’sir
qilmaydi va koromisloning o’zi harakat qiladi. Chunki koromislo shtokga kiydirilgan bo’lib
u shtokni faqat pastga siljitadi. Shtok prujina ta’sirida yuqoriga siljiydi.
Diafragmali nasoslarning ish unumdorligini rostlash uchun kulachokli valning
aylanish chastotasini o’zgartirish kerak.
Dostları ilə paylaş: