16
4-rasm. Turbulent rejimida trubada (a) va ochiq kanalda (b) oqim tezligining taqsimlanishi.
1-laminar qatlam; 2-almashuv (o’tuvchi) qatlam; 3-turbulent oqim yadrosi.
4-rasmdan ko’rinib turibdiki faqat chegara qatlam (laminar qatlam almashuv qatlam)
da oqim tezligi laminar rejimdagi kabi o’zgaradi. Tezlikning oshishi va truba yuzasining
g’adir-budurligi ta’siri natijasida almashuv zonasida uyurma harakat hosil bo’ladi.
Almashuv qatlamida hosil bo’lgan uyurma harakat
oqim markaziga kirib borib
turbulent oqim yadrosini hosil qiladi va bu qismda suyuqlik zarrachalarining
intensiv hamda
uzliksiz aralashuvi yuz beradi. Natijada qo’shimcha ta’sir kuchlar (bosimlar) hosil bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: