Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

m e ’yo rid a n
2—4 barobar ko'pdir.
Amudaryo suvi, asosan, qishloq xo'jaligida ishlatilgani uchun 
daryoning quyi qismi mineral birikmalar va pestitsidlar bilan 
ifloslangan bo'lib, ayrim oylarda tuz miqdori 500—700 mg/1, 
azot va zaharli metallar miqdori 0,125 mg/I dan iborat bo'ladi.
Ba’zan daryoning quyi qismlarida tuz miqdori 1000 mg/1 
ga, pestitsid miqdori 0,20—0,60 mkg/1 ga yetgan. Qoraqalpog'is- 
tonni chuc huk suv bilan t a ’minlovchi Kiparis va Sultonsanjar 
suv omborlarida tuz miqdori yuqori b o ‘lib, 700—900 mg/1 ni 
tashkil etadi.
Amudaryo, Surxondaryo va Zarafshon daryolarining o ‘rta va 
quyi qismida suvning kamayishi hisobiga va xo'jalik faoliyati ta’sirida 
yer osti suvlarining ham sifati yomonlashmoqda. Respublikaning 
g'arbiy va shim oliy-g‘arbiy viloyatlarida yer osti chuc huk suvi 
deyarli yo ‘q, y a ’ni h a m m a ko'rsatkichlari bo'yicha iste’molga 
yaroqsizdir.
F arg ‘o n a vodiysidagi yer osti suvlarining tarkibida neft 
mahsulotlari, azot va fosfor birikmalari borligi aniqlandi. Bu esa 
uning xatto k o m m u n a l xizm at sohasida h am ishlatilishini 
chegaralab q o ‘ymoqda.
Yuqorida qayd etilgan dalillar m am lakatim izda suv resursla- 
rining holati biz istagandek emasligini ko'rsatadi. Lekin suv 
resurslariga oqilona va tejamkorlik bilan m unosabatda bo'linsa, 
ulardan umrbod foydalanish m um kin b o ‘ladi.

Suvlarning ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish va 
unga yo‘l 
qo'ymasliK 
borasida ko'riladigan chora-tadbirlar tizimi 
suvni m uhofaza qilish deyiladi.
2D


Suv resurslarining ifloslanishiga, asosan, sanoat va qishloq 
xo ‘jaligi chiqindilari sabab bo'ladi. Tabiiy suvlarning ifloslanishi 
manbalariga quyidagilar kiradi: sanoat oqova suvlari, maishiy 
xizmat oqova suvlari, mineral o ‘g ‘itlar va zaharli ximikatlar. 
Daryolarga, soylarga, ko'llarga, suv omborlariga sanoat oqava 
suvlarining va uy-joy chiqindi suvlarining (kanalizatsiya) quyi- 
lishi suv resurslariga katta zarar keltiradi.
Suv manbalarining ifloslanishi esa ulardan suv t a ’m inotida 
foydalanishni ancha mushkullashtirib yuboradi. Shu sababli sanoati 
va qishloq xo'jaligi rivojlangan ko'p chilik davlatlar oldida suv 
resurslarini m uhofaza qilish asosiy m u a m m o bo'lib turibdi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin