Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Daryo oqimining tabiiy geografik omillari



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

2.5. Daryo oqimining tabiiy geografik omillari
Daryolarning gidrologik rejimiga ko'pgina tabiiy geografik omillar 
ta’sir ko'rsatadi. Odatda ular ikki guruhga — meteorologik va yotqich 
qatlam omillariga bo'linadi. Asosiy meteorologik omillarga atmosfera 
yog'inlari va bug'lanish ham d a havo va tuproq harorati, yotqich 
qatlam omillariga esa daryo va uning havzasining gidrogeologik 
tuzilishi, relyefi, tuproq va o ‘simlik qoplami va morfometnk tavsiflari 
kiritilgan. Tabiiy-geografik omillaming har qanday suv obyektlariga 
xilma-xil davrlardagi (k o 'p yillik, yillik, mavsumiy, kunlik) 
ta ’siri harturlicha bo'ladi. Masalan, daryoning o'rtacha ko'p yillik 
oqimi daryo havzasidagi iqlimiy sharoitga bog'liq b o ‘lsa, daryoning 
ayrim yil yoki mavsum oqimiga iqlimiy omillardan tashqari, 
yana yotqich qatlam omillari ham t a ’sir ko'rsatadi. Daryolarning 
maksimal va m inim al kunlik suv sarflariga yotqich qatlam omil- 
larining (vodiy va o ‘zan yonbag'irlarining nishabi, tu p ro q - 
gruntlarning namligi, sizot suvlarining yotish chuqurligi) t a ’siri 
ko‘proq va bevosita b o iad i. Ayrim hollarda yotqich qatlam t a ’siri 
shunchalik katta bo'ladiki, u havzaning iqlimiy sharoitlarini yo‘qqa 
chiqaradi. Masalan, Qizilcha daryosi (Ohangaron daryosi havzasi) 
o 'z an id a yer yoriqliklari mavjudligi tufayli unda suv toshqini 
davrida suv sathi pastroq kuzatiladi. Hozirgi paytda oqimning ta ­
biiy rejimiga insonning ho'jalik faoliyati (gidrotexnika qurilish- 
lari, melioratsiya, daraxtlaming kesilishi, agrotexnika va b.) t a ’siri 
oshib ketmoqda.
2.5.1. Oqimning iqlimiy omillari
Atmosfera yog‘in!ari va ularning tasnifi. 
Atmosfera yog'inlari 
daryo oqimining hosil bo'lishidagi asosiy omillardan biridir. Daryo 
oqim ining ko'pgina tavsiflari, misol uch u n yillik oqim , suv 
toshqini oqimi ularni hosil qiluvchi yog'inlarga bog'liq. Shu bilan 
birgalikda yillik yog‘inlar miqdorining ko‘p yillik davrdagi o'zgarib 
turishi oqim ning k o'p yillik o ‘zgarishiga sabab bo'ladi.
28


O qim , asosan, y o m g 'irla r tufayli hosil bo 'lg an taq d ird a 
yog‘inlarning yil ichidagi taqsimlanishi oqim ning yil ichidagi 
taqsimlanishiga ta ’sir ko‘rsatadi. 0 ‘rta Osiyo daryolarining asosiy 
oqimi mavsumiy qor va muzliklarning erishidan hosil bo'lgani 
uchun oqimning yil ichida taqsimlanishi yog‘inlarning yil ichida 
taqsimlanishidan keskin farq qiladi va ko'proq havo haroratining 
yillik yo'nalishiga bog'liq bo'ladi.
A t m o s f e r a y o g 'i n l a r i a t m o s f e r a d a g i suv b u g 'l a r i n i n g
to'yinishidan hosil bo'ladi.
A t m o s f e r a y o g ' i n l a r i deb, yeryuzasigaatm osferadan 
tushayotgan suyuq va qattiq holatdagi suvning barcha turlariga 
aytiladi. Yog'inlar miqdori suv qatlam ining balandligi (m m .da) 
bilan o'lchanadi. Yog'inlar qatlami miqdori bilan bir qatorda 
uning m uhim tavsiflariga ularning davom etishi i = X / t (t soat 
yoki daqiqalarda) va shiddati ( m m / m i n da) kiritilgan. Yog'inlar 
yomg'ir, qor, qirov va d o ‘l ko'rinishida yog'adi. Bundan tashqari, 
suv bug'lari to'yinib, yer ustiga shudring holatida ham tushishi 
mumkin. Yog'inlarning asosiy qismini (99%) yom g'ir, qor va 
do'l tashkil etadi. Shudring, qirov va bulduruq uncha katta bo'lma- 
gan yog'inlar m iqdorini beradi. Yog'inlarning paydo bo'lishi 
«meteorologiya» fanida batafsil yoritiladi. Gidrologiyada esa 
yog'inlar oqimni hosil qiluvchi omil sifatida ko'riladi. Yog'inlarni 
o'rganish muhandislik nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg'otadi. 
Yog'inlarning barcha turlari avtomobil va tem ir yo'llarini eks- 
pluatatsiya qilishda katta t a ’sir ko'rsatadi. Yog'inlarning yog'ish 
xususTyatlHTf'va ularning hudud bo'ylab taqsimlanishi yo'llarni 
loyihalash, qurish va foydalanishda e ’tiborga olinishi kerak.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin