Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


Bug‘lanish va uning fizik mohiyati



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

Bug‘lanish va uning fizik mohiyati. 
Daryo havzalarining suv 
balansi tenglamasini ko'rib chiqqanimizda oqimning eng muhim 
iqlimiy omillari yog'in va bug'lanish ekan degan xulosaga kelamiz. 
Bu meterologik elementlar har turli gidrologik jarayonlarning 
hosil bo'lishida bevosita qatnashadi va shu bilan birga gidrologik 
m iqdorlar qatorini hisoblab topish imkonini jjeradi.
Bug'lanish jarayoni suvning suyuq yoki qattiq holatidan gazga 
(bug'ga) aylanishidir. Suv molekulalari h ard o im harakatda bo'ladi. 
Ba’zi bir molekulalar turli tezlikda har to m onga harakat qiladi, 
natijada molekulalar tortilish kuchini yengib, suv yuzasidan havoga 
o'tadi. Havo harorati ko'tarilgan sari molekulalar harakati tezligi 
oshad. va shu bilan birgalikda, miqdori va yo'nalishi bo'yicha 
tezlikka ega bo'lgan, suv yuzasidan ajralib chiqayotgan molekula­
lar soni ko'payadi. Shu sababli suvning harorati ko'tarilgan sari 
bug'lanish tezligi ham oshadi.
Havoda mavjud suv bug'larining bosimi oshgan sari u shunday 
darajaga yetadiki, bunda bug' katta bo'shliqni qoplab oladi, havo 
bug' bilan batam om to'yingach, bug'lanish jarayoni tugaydi.


Demak, bug'lanish suv yuzasining m a ’lum bir haroratida 
atrofni to 'y in tirg a n suv b u g 'in in g bosim idan havodagi suv 
bug'ining bosimining ayirmasiga teng.
Havo harorati qanchalik yuqori bo'lsa, uni to'yintirishga 
shunchalik ko‘p bug' talab etiladi. Shu sababli havo harorati 
oshgan sari bug'lanishning tezligi ko'payadi. Bundan tashqari 
bug'lanishning tezligi shamol tezligini oshishiga olib keluvchi 
havo massasining turbulent aralashishiga ham bog'liq. Shamolning 
tezligi oshgan sari suv yuzasidan b o ‘ladigan bug'lanish ham 
ko'payadi. Bug'lanish sodir bo'lishi bilan m a ’lum bir issiqlik 
ajralib chiqadi. Bir gramm suvning nol gradusda bug'ga aylanishi 
uchun 2,5 kDj issiqlik kerak va u bug'lanishning yashirin issiqligi 
deb ataladi.
Bug'lanishga sarflangan issiqlikni bilgan taqdirda, bug'langan 
suyuqlikning miqdorini aniqlasa bo'ladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin