Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini


T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/187
tarix13.12.2023
ölçüsü5,72 Mb.
#175402
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187
Gidrologiya, gidrometriya va oqim hajmini rostlash Karimov S

T a k r o r l a s h u c h u n s a v o l l a r
1. Daryo deb nimaga aytiladi va uning asosiy qismlarini ifodalang?
2. Daryo tarmog'iga nimalar kiradi?
3. Daryo-soylaming zichligini ifodalovchi zichlik koeffitsienti nimaga
teng?
4. Gipsografik egri chiziq qanday bog'lanishni ifodalaydi?
5. Daryo havzasining gipsografik xususiyatlariga nimalar kiradi?
6. Daryo vodiysi elementlari nimalardan iborat?
7. Daryo o'zani nima sababli o'zgaradi?
2.7. Daryolarning to ‘yinish manbalari va
gidrologik rejimi
Daryolarning to ‘yinish manbalari. 
Y er sharidagi b archa 
daryolarning to'yinish m anbai atmosfera yog'inlaridir. Yog'in- 
laming esa qanday holatda bo'lishi, qayerga va qancha yoqqaniga 
qarab ular daryolarning to'y inishida turlicha ishtirok etadi. Shu 
sababli daryolarning to 'rtta to'y inish m anbai mavjud. 
Ular — 
yomg'irlar, qor qatlami, tog'lardagi q or va muzliklar ham da 
yer osti suvlaridir.
Daryo suvlari n im adan yoki qanday m anbalar hisobiga hosil 
bo'lishini o'rganish ham nazariy, h am amaliy jihatdan ju d a kat­
ta ahamiyatga ega. Chunki har bir to'yinish manbai daryo oqim i­
ning hosil bo'lish jarayonlariga va ayniqsa uning rejimiga katta 
t a ’sir etadi. 

Yillik oqim miqdori, uning yil davom ida va u yildan bu yilga 
o'zgarishi, shuningdek, daryo suvlarining loyqalik darajasi, haro- 
rat rejimi. muzlash hodisalari va kimyoviy tarkibi kabi gidrologik 
rejimining bir qator elementlari ham k o 'p jih a td a n to'yinish 
manbalariga bog'liq bo'ladi.
Daryolarning qor suvlari bilan to'y inishida qish oylarida 
yig'ilgan mavsumiy qorlarning bahor oylarida erishi sabab bo'ladi. 
M D H n i n g Y e v ro p a q i s m id a g i p a s t t e k is l ik d a r y o l a r i n i n g
ko'pchiligida yillik oqim ning 50%i bahorgi sersuv davrga to 'g'ri 
keladi.
Daryolarning yom g'ir suvlaridan to'yinishi kuchli yom g'ir 
va jala tufayli bo'ladi. Y om g'ir suvlari bilan to'yinuvchi daryolar,


asosan, Qora dengizning shimoliy sohilidagi Qrimda va Sharqiy 
Sibirda joylashgan.
Qor va muzliklarning suvlaridan to ‘yinuvchi daryolar, asosan, 
tog'li joylardagi m uzning va bulturgi qorning erishidan hosil 
bo'ladi.
Yer osti suvlari bilan to'yinuvchi daryolar oqimi yil davomida 
kam o'z garadi. Yer osti suvlari bilan b archa daryolar turli 
m iqdorda to'yinishadi. Volga daryosi uchun bu m iqdor 30%ni 
tashkil etsa, b a ’zi bir kichik daryolarda 60%ga yetishi m um kin. 
Ko'pchilik daryolarda turli to'yinish manbalari aralash uchraydi. 
Atoqli rus iqlimshunosi A.I.Voyeykov 1884-yilda O'rta Osiyoning 
b a r c h a d a r y o la rin i t o g 'l a r d a g i q o r l a r n in g erishi hisobiga 
to'yinadigan daryolar jumlasiga kiritgan edi.
Haqiqatdan ham O 'rta Osiyo daryolarining asosiy to'yinish 
manbai t o g i a r d a to'p lan ib qoladigan qorlardir. Tog'lar qancha 
baland bo'lsa, qorning ko'p yog'ishi va uning issiq havo kelgunga 
qadar saqlanib turishi uchun shunchalik qulay sharoit mavjud 
bo'ladi. T o g 'la r d a qo rn in g erishi h a m m a joyda bir vaqtda 
boshlanmaydi: u dastlabki tog'laming eng pastki qismida va so'ngra 
balandroq joylarida eriy boshlaydi. Shu bilan birga qor har xil 
balandlikda va har xil vaqt ichida eriydi. Erigan qor suvlari daryolar 
o'z aniga oqib tushadi va daryolarda suvning ko'pligi davri 
boshlanadi. Yilning iliq davri davom ida tog'lardagi erib kamay- 
gan yoki tugagan qor qoplam lari va qorliklar o'rni kuz 
va 
qishda yangidan yoqqan qorlar bilan to'lib boradi. Tog'larning 
juda baland bo'lgan qismlarida havo harorati g'oyat qisqa vaqt 
davomidagina noldan yuqori bo'ladi yoki bo'lmasa doimo noldan 
past bo'ladi. Ana shunday baland joylarda deyarli butun yil 
davomida faqatgina qor yog'adi.
Baland tog'larda to'p lan ib qolgan qorlar qismangina eriydi
chunki ularning butunlay erib tugashi uchun issiqlik energiyasi 
va iliq kunlar yetishmaydi. Qorlarning erib ulgura olmagan qismi 
v a q t o ' t i s h i b i l a n k a t t a - k a t t a m a s s a l a r g a a j r a l ib , t o g ' 
yonbag'irlaridan chu q u r joylarga qulab tushadi va qorliklami 
vujudga keltiradi yoki ustki qor qatlam ining bosimi natijasida 
muzliklarga aylanadi.
Muzliklar asta-sekin vodiylar bo'ylab pastga siljib turadi. 
Muzliklar iyul-sentabr oylarida erib, ko'pchilik daryolarimiz 
ulardan to'yina boshlaydi.
Muzliklardan hosil bo'ladigan suv miqdori daryoning suv 
yig'ish m aydonining m utlaq balandligiga, unga yoqqan yog'in 
miqdoriga, tog' tizmalari yon bag'irlarining quyoshga nisbatan 
qaraganligiga va relyefi xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. K o'p yillik
44


qor va muzliklarning hosil bo'lishi, ju m la d an q or chegarasining 
qanday balandliklargacha ko'tarilishiga bog'liq bo'ladi.
Gidrologlaming tadqiqot va hisoblariga qaraganda, O'rta Osiyo 
daryolarining to'yinishida muzlik suvlarining hissasi katta emas. 
Hatto eng baland tog'lardan boshlanadigan va havzasida muzliklar 
eng k o'p bo'lgan M astchoh, Isfara, So'x, Vaxsh va Zarafshon 
kabi daryolarda ham muzlik suvlari shu daryolarning tog'likdan 
chiqaverish joylaridagi yillik oqim larining 25-30% dan ortiq 
bo'lm agan qismini tashkil etadi.
Baland tog'larning pastroq joylaridan yoki pastroq tog'lardan 
boshlanadigan daryolarning havzalarida muzliklar juda kam yoki 
b u tu n la y y o 'q . S h u n in g u c h u n h a m b u n d a y d a r y o la rn in g
to'yinishida muzlik suvlari hissasi g'oyat kichik bo'ladi yoki 
um u m an bo'lm aydi.
O 'rta Osiyo daryolarining um um iy oqim ida muzlik suvlari­
ning hissasiga kelganda shuni aytish kerakki, u 10%dan oshmaydi, 
hatto muzliklarning bulturgi qorlar qismida qorlarning erishidan 
hosil bo'lgan suvlarni qo'shib hisoblaganda ham u 15 %dan 
oshmaydi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin