Gumanitar fanlar


Shartnoma bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlari



Yüklə 111,21 Kb.
səhifə10/11
tarix15.04.2023
ölçüsü111,21 Kb.
#98362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akhmat Mirzayev

3.2. Shartnoma bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlari
Transport vositalarini ijaraga berish shartnomasi bo'yicha taraflarning huquq va burchlari quyidagicha. Fuqarolik Kodeksining 566-moddasida transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatgan holda ijaraga berilganda ijaraga beruvchining majburiyatlari nazarda tutilgan bo'lib, unga ko'ra: Ijaraga beruvchi shartnom a amal qilib tu rg an b utun m uddat davomida ijaraga berilgan transport vositasini tegishli holatda saqlashi, shu jumladan, joriy va kapital ta ’mirlashi hamda zarur asbob-uskunalarni berishi shart. Ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha ijaraga oluvchiga ko'rsatadigan xizmatlari hajmi transport vositasining shartnomada ko'rsatilgan ijara maqsadlariga mos rav ish d a norm al va xavfsiz ishlatilishini ta ’m inlashi shart. Ijara shartnomasida ijaraga oluvchiga ko'rsatiladigan xizmatlaming yanada kengroq doirasi nazarda tutilishi mumkin. Transport vositasi ekipajining tarkibi va uning malakasi taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalarga va shartnomada belgilangan shartlarga, bordiyu, taraflar uchun majburiy bo'lgan qoidalarda bunday talablar belgilab qo'yilmagan bo'lsa, - shunday turdagi transport vositasini ishlatishning odatdagi amaliyoti talablari va shartnoma shartlariga javob berishi lozim. Ekipaj a ’zolari ijaraga beruvchi bilan mehnat munosabatlarini saqlab qoladilar. Ular ijaraga beruvchining transport vositasini boshqarish va texnik foydalanishga doir ko'rsatm alariga va ijaraga oluvchining transport vositasini tijorat maqsadida ishlatishga doir ko'rsatmalariga bo'ysunadilar.
Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ekipaj a ’zolarining xizmatiga haq to'lash, shuningdek ularni saqlash xarajatlari ijaraga beruvchi zimmasida bo'ladi. Agar transport vositasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, transport vositasini sug'urta qilish va (yoki) uning tomonidan yoki uni ishlatish munosabati bilan yetkazilishi mumkin bo'lgan zarar uchun javobgarlikni sug'urtalash majburiyati, bunday sug'urtalash qonun yoki shartnomaga muvofiq majburiy bo'lsa, ijaraga beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ijaraga beruvchining huquqlari. Ushbu shartnoma yuzasidan taraflarning (ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi) huquqlari ko'proq talab qilishdan iborat bo'lib, zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni tegishli yoki lozim darajada bajarmaganliklari natijasidan kelib chiqadi.
Jumladan, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchidan transport vositasidan foydalanganlik uchun shartnom ada beligangan haqni o'z vaqtida to'lashni, transport vositasini ekipajsiz ijaraga berilganda ijaraga oluvchidan shartnoma amal qilib turgan butun m uddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishini, transport vositasidan uning faoliyat maqsadiga mos ravishda foydalanishni, uni joriy ta’mirlashni, shuningdek, agar shartnom ada boshqacha hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, kapital ta’mirlashni ham amalga oshirishni hamda shartnomada nazarda tutilgan muddat tugashi bilan ijaraga berilgan tarnsport vositasini o'ziga qaytarib berishini talab qilishga haqli.
Transport vositasi ekipaji bilan ijaraga berilganda, ijaraga beruvchi transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilg'i va foydalanish jarayonida sarflanadigan boshqa m ateriallar haqini, yig'imlar va boshqa chiqimlarni to'lashni talab qilishga haqli. Fuqarolik Kodeksining 567-moddasida garchi transport vositasi ekipaji bilan ijaraga berilgan bo'lsada, biroq ushbu transport vositasidan tijorat maqsadlarida foydalanganlik uchun sarf qilinadigan xarajatlar kimning zimmasida bo'lishi nazarda tutilgan. Unga ko'ra: agar transport vositasini kutubxonasi ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, transport vositasini tijorat maqsadida ishlatish munosabati bilan yonilg'i va ishlatish jarayonida sarflanadigan boshqa materiallar haqini to‘lash, yig'imlar va boshqa chiqimlarni to'lash ijaraga oluvchi zimmasida bo'ladi.
Fuqarolik Kodeksining 568-moddasida transport vositasi uni saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda ijaraga berilganida ijaraga oluvchining majburiyatlari ko'rsatib o'tilgan. Unga ko'ra: ijaraga oluvchi transport vositasini ijaraga berish shartnomasi amal qilib turgan butun m uddat davomida ijaraga olingan transport vositasini tegishli holatda saqlab turishi, jumladan uni joriy ta’mirlashni, shuningdek, agar shartnomada boshqacha hoi nazarda tutilgan bo'lmasa, kapital ta ’mirlashni ham amalga oshirishi shart.
Ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini o'z kuchi bilan boshqaradi, shuningdek undan tijorat maqsadida va texnik foydalanishni amalga oshiradi. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini saqlash, uni sug'urtalash, shu jum ladan o'z javobgarligini sug'urtalash, transport vositasini ishlatish bilan bog'liq xarajatlam i amalga oshiradi. Shuningdek, shartnom a yuzasidan ijaraga oluvchi shartnomada nazar da tutilgan tarnsport vositasidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara haqini o'z vaqtida to'lab turish, ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan uning maqsadlariga muvofiq ravishda foydalanish hamda shartnomada ko'rsatilgan m uddat tugashi bilan ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini normal eskirish darajasini hisobga olgan holda ijaraga beruvchiga qaytarib berishi majburiyatlarini oladi.
Ijaraga oluvchining huquqlari.
Agar ijara shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan transport vositasini ekipaj bilan yoki ekipajsiz ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchining roziligi bilan qo'shimcha ijaraga berishga haqli (FK 569-modda 1-qismi)
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligisiz o'z nomidan, agar ijara shartnomasida nazarda tutilgan transport vositalaridan foydalanish maqsadlariga, bordi-yu bunday maqsadlar belgilab qo'yilgan bo'lmasa, transport vositasining vazifasiga xilof bo'lmasa, uchinchi shaxslar bilan tashish shartnomalarini va boshqa shartnomalarni tuzishga haqli (FK 569-modda 2-qismi).
Shuningdek, ijaraga oluvchi shartnomada belgilangan shartlarga va talabga javob beradigan tarnsport vositasini o'ziga topshirilishini, agar tarnsport vositasi ekipaji bilan ijaraga olinadigan bo'lsa, ekipaj tarkibini yuqori malakali va yetarli tajribaga ega bo'lishini, tarnsport vositasidan www.ziyouz.com kutubxonasi shartnomada belgilangan va tarnsport vositasining maqsadlariga mos ravishda, erkin foydalanishga biron-bir tarzda to'siq qo‘ymasligini talab qilishga haqli.
Tarnsport vositalari ijarasi shartnomasida ikki turdagi javobgarlik nazarda tutilgan:
1. Transport vositasiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
2. Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Transport vositasiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik Fuqarolik Kodeksining 570-moddasida quyidagicha bayon etilgan. Ijaraga berilgan tran sp o rt vositasi halokatga uchragan yoki shikastlangan taqdirda, agar ijaraga beruvchi transport vositasi qonun yoki shartnomaga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar boiadigan holatlarda halokatga uchraganini yoki shikastlanganligini isbot qilsa, ijaraga oluvchi yetkazilgan zararni ijaraga beruvchiga to'lashi shart. Transport vositasi bilan yetkazilgan zarar uchun javobgarlik.
Ekipaj bilan ijaraga berilgan transport vositasi, uning mexanizmlari, qurilmalari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, Fuqarolik Kodeksning 57-bobi qoidalariga muvofiq, ijaraga beruvchi zimmasida bo'ladi. Ijaraga beruvchi zarar ijaraga oluvchining aybi bilan yetkazilganligini isbotlasa, uchinchi shaxslarga to'langan pul summasini qoplashni ijaraga oluvchidan regress tartibida talab qilishga haqli.
Transport vositasi saqlash, boshqarish va texnik foydalanish bo'yicha xizmat ko'rsatmagan holda ijaraga berilganida transport vositasi, uning m exanizm lari, qurilm alari, jihozlari va shu kabilar bilan uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun Fuqarolik Kodeksining 57-bobi qoidalariga muvofiq ijaraga oluvchi javobgar bo'ladi. Tomonlarning huquq va burchlari, yuqorida aytib o'tilganidek, transport vositalarini ijaraga berish to'g'risidagi nizom va yo'riqnomalarda ham belgilangan.
Lekin hozirgi kunda transport vositalarini ijaraga olish shartnomasi bo'yicha tomonlar javobgarligining aniq mezonlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, tomonlarning m ajburiyatlari belgilashda yengib www.ziyouz.com kutubxonasi bo'lmas kuch ta'siri ostida majburiyatning bajarilmasligi oqibatlari ham ko‘zda tutilishi kerak bo'ladi.
Shartnomaning bekor bo'lishi.
Transport vositasi ijarasi shartnomasi quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin.
1. Shartnomada belgilangan muddatning tugishi bilan. Yuqorida aytib o'tganimizdek, ijara shartnomasini nomuayyan muddatga qayta tuzish va ijaraga oluvchining ijara shartnomasini yangi m uddatga qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi transport vositasini ijaraga berish shartnomasiga nisbatan qo'llanilmaydi.
2. Qonun hujjatlarida ko'rsatilgan boshqa hollarda.
Xulosa
Mulk ijarasi — haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish. Ushbu munosabatda 2 mustaqil taraf — ijaraga beruvchi (yaʼni, mol-mulk egasi yoki u vakil qilgan shaxs) va ijaraga oluvchi qatnashadi. Ular oʻrtasida Mulk ijarasi shartnomasi tuziladi. Mulk ijarasidan ijaraga beruvchi ham, ijaraga oluvchi ham manfaatdordir.
Ijaraga beruvchi muayyan xaq (daromad) oladi, ijaraga oluvchi ham undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanib, daromad oladi. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda topshirishi lozim.
Mol mulkni topshirishga tayyorlash, topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga takdim etish ijaraga beruvchining burchi boʻlib, uning hisobidan amalga oshiriladi. Ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashi va saqlash boʻyicha boshqa harajatlarni qilishi lozim (agar qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa).
Mulk ijarasi shartnomada koʻzda tutilgan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmasa, u nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni 1 oy oldin, koʻchmas mulk ijarasida esa — 3 oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istalgan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin.
Mulk ijarasi shartnomasi bekor boʻlgandan keyin ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga mol-mulkni oʻziga topshirilgan holatda, normal eskirishini hisobga olib yoki shartnomada kelishilgan holatda qaytarishi lozim. Ayni vaqtda ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosini toʻlagan holda mulk huquqini ham qoʻlga kiritishi mumkin.
Mulk ijarasining prokat, transport vositalari, binolar va inshootlar ijarasi, korxonalar ijarasi, lizing (moliya ijarasi) kabi turlari farqlanadi.



Yüklə 111,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin