Gumanitar fanlar



Yüklə 111,21 Kb.
səhifə3/11
tarix15.04.2023
ölçüsü111,21 Kb.
#98362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akhmat Mirzayev

Kurs ishining ob’ekti bo’lib, O‘zbekistondagi mulk ijarasi shakllarini o’zgartirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti. O‘zbekistondagi mulk ijarasi tizimi,mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi. O‘zbekistonda mulk ijarasi tizimining shakllanishi, mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, uning mazmun-mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Kurs ishining vazifalari:

  • O‘zbekistonda mulk ijara shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari tizimining fundamental asoslarini o‘rganish;

  • O‘zbekistonda mulk ijarasi shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari mexanizmini belgilovchi meyoriy-huquqiy bazasini yoritib berish; - O‘zbekistonda mulkchilik shakllarini o’zgartirish bosqichlari va xususiyatlarini tahlil qilish.

Kurs ishi tarkibi kirish, 3 ta bobdan, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.


I.BOB.MULK IJARASI TO'G'RISIDA UMUMIY QOIDALAR
1.1.Mulk ijarasi shartnom asi tushunchasi va huquqiy belgilari.
Hozirgi bozor munosabatlariga o'tish sharoitida mulk ijarasi bilan bog'liq munosabatlar tobora rivojlanib, uning ko'lami yanada kengayib bormoqda. Lekin ijara bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida kelib chiqadigan butunlay yangi huquqiy munosabat emas, albatta. Ijara mamlakatimizda ilgari ham mavjud bo'lgan va u tegishli qonun-qoidalar bilan tartibga solib turilgan edi. Ammo bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayoni mulk ijarasi bilan bog'liq m unosabatlarning yanada kengayishiga sabab bo'ldi.
Endilikda ijara, ijarachi va ijaraga beruvchi degan so'zlar va tushunchalar ku ndalik turmushimizda keng qo'llanilmoqda, chunk ijara turmushimizning hamma sohalariga tobora chuqur kirib bormoqda. Ijara bu mulk egasining ishlab chiqarish vositalari va boshqa buyumlarini muayyan to'lovlar evaziga vaqtincha foydalanish uchun boshqa birovga o'zaro kelishuviga muvofiq topshirishdir. Mulk egasi (ijara beruvchi) o'z mulkini boshqa birovga (ijarachiga) vaqtincha egalik qilish yoki foydalanish uchun beradi. Ijara munosabatlarini ijaraga beruvchi ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining mulkdori bo'lib qolaveradi.
Ijarachi esa shartnom ada ko'rsatilgan m uddat davomida mulkdorning ba’zi huquqlarini oladi va buning uchun ijara haqini to'laydi. Shu bilan birga, ijarachi ijara faoliyati davomida ishlab chiqarish vositalarining vaqtincha egasi, olingan mahsulot va daromadlaming esa mustaqil egasi hisoblanadi. Fuqarolik Kodeksining 535-moddasida mulk ijarasi shartnomasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Mulk ijarasi shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi”.
Ushbu ta’rifda mulk huquqi elementlarining bir egadan ikkinchi egaga o'tishiga qarab ijara shartnomasining ikki turini farqlash mumkin. 1. Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-m ulkni vaqtincha faqat foydalanish uchun topshirish m ajburiyatini oladi. Birinchisida ijaraga oluvchida mulkka nisbatan egalik qilish va foydalanish huquqi m avjud boisa, ikkinchisida esa faqat m ulkdan foydalanish www.ziyouz.com kutubxonasi huquqigina m avjud bo'ladi. Masalan, uy-joy egasi o'zi yashab turgan uyni ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslaming yashashlari uchun faqat foydalanishga beradi. Mulk ijarasi shartnomasining oldi-sotdi shartnomasidan farqlaydigan muhim xususiyati har doim mulkni tasarruf etish huquqi mulkdor qo'lida saqlanib qolishi hisoblanadi. Mulk ijarasi shartnomasiga quyidagi huquqiy belgilar xosdir. Birinchidan, mulk ijarasi shartnomasi tuzilish payti va mazmuniga qarab konsensual haraktem i o'zida ifoda etadi.
Chunki shartnoma taraflar o 'rta sid a k elish u v g a erish ilg an va qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.
Ikkinchidan, mulk ijarasi shartnomasi hamma vaqt haq baravariga tuziladi. Ta’rifda keltirilganidek, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Uchinchidan, mulk ijarasi shartnomasi taraflar o'rtasida huquq va m ajb u riy atlarn in g o'zaro taqsim lanishiga qarab, ikki tom onlam a shartnomadir. Bunda ijaraga beruvchida ham ijaraga oluvchida ham huquq va m ajburiyatlar mavjud bo'ladi. Mulk ijarasi shartnomasida mulk huquqining quyidagi, ya’ni mulkni egallash va foydalanish yoki faqat mulkdan foydalanish elementlarigina ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga o'tadi. Mulkni tasarruf etish huquqi har doim mulkdor qo'lida saqlanib qoladi. Mulk ijarasining obyekti. Mulk ijarasining obyekti, ya’ni predmeti shartnomaning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Fuqarolik Kodeksining 537-moddasida m ulk ijarasining obyektlari ko'rsatilgan bo'lib, yer uchastkalari, yer osti boyliklari joylashgan uchastkalar va boshqa alohida tabiiy obyektlar, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari va foydalanish jarayonida o'zining tabiiy xususiyatlarini yo'qotmaydigan boshqa ashyolar (iste’mol qilinmaydigan ashyolar) mulk ijarasiga berilishi mumkin. Qonun hujjatlarida mulk ijarasiga berilishi mumkin bo'lmagan yoki cheklangan korxonalar turlari (guruhlari) va mol-mulk turlari belgilab qo'yilishi mumkin. Mulk ijarasi shamomasida qanday mol-mulk ijaraga berilayotganligiga qarab arenda yoki prokat deb atalishi mumkin. “Arenda” so'zi ruschadan ijara degan m a’noni anglatadi. Shunday ekan arenda mulk ijarasining ruscha nomlanishi deyish mumkin.
Prokat ham ijaraning bir turi Bu ikki tushuncha o'rtasidagi farq ijaraga berilayotgan mol-mulkning turiga qarab aniqlanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi Agar bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish mumkin bo‘lmagan yoki ko'chirilishi juda katta mehnatni talab qiladigan, ko'chirilishi natijasida o'zining dastlabki xususiyatlarini yo'qotadigan ko'chmas mulklar, ya’ni turar-joy bo'lmagan binolar, savdo binolari, omborlar ijaraga berilganda tuziladigan shartnomani odatda «arenda shartnomasi» deyish mumkin. Agar ijara obyekti bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilishi mumkin bo'lgan va fuqarolarning m aishiy ehtiyojini qondirishga qaratilgan ashyolar, ya’ni sport buyumlari, uy-ro'zg'or ashyolari va shunga o'xshash boshqa mulklar ijaraga berilganida «prokat» deb ataladi. Bunday atam alar huquqiy jihatdan bir-biridan tubdan farq qilmaydi. Ammo m ulkdan vaqtincha haq evaziga foydalanishda bo'ladigan munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishda ular o'ziga xos xususiyatga ega bo'ladi. Mulk ijarasi bilan prokat shartnomasi o'rtasida m a’lum o'xshash va farqli jihatlar mavjud bo'lib, ular quyidagilardan iborat. Mulk ijarasi shartnom asining shakli. Qonunda m ulk ijarasi shartnomasining shakliga alohida ahamiyat berilgan.
Agar mulk ijarasi shartnomasi bir yildan ortiq m uddatga tuzilishi mo'ljallangan bo'lsa, taraflardan birontasi yuridik shaxs bo'lgan hollarda esa, m uddatidan qat’iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Ko'chmas mulk ijarasi shartnomasi notarial guvohlantirilishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim. Mulk huquqining kelgusida ijarachiga o'tishini nazarda tutuvchi mulk ijarasi shartnomasi, bunday mulkning oldi-sotdi shartnomasi uchun nazarda tutilgan shaklda tuziladi (FKning 539-moddasi). Mulk ijarasi shartnomasida taraflar. Mulk ijarasi shartnomasida har doim taraf sifatida ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi ishtirok etadi.
Fuqarolik Kodeksining 538-moddasida kimlar ijaraga beruvchi bo'lishi nazarda tutilgan, jumladan mol-mulkini ijaraga berish huquqi shu mol-mulk egasiga tegishlidir. Qonun yoki m ulkdor tomonidan molmulkni ijaraga berish vakolati berilgan boshqa shaxslar ham ijaraga beruvchi bo'lishlari mumkin. Ijaraga oluvchi o'z faoliyatida zarur bo'lgan mol-mulkni ehtiyojni qondirish maqsadida haq evaziga vaqtincha o'ziga olib turgan shaxsdir. Ijara munosabatlarida taraflar sifatida, jismoniy va yuridik shaxslar, davlat, chet el yuridik shaxslari, xorijiy davlatlar ishtirok etishi mumkin. Mulk ijarasi shartnomasi muddati. Mulk ijarasi shartnomasi taraflar kelishuvi bilan belgilanadigan m uayyan m uddatga tuziladi.
Fuqarolik K odeksining 540-m oddasiga m uvofiq, m ulk ijarasi sh artn o m asi shartnomada belgilangan muddatga tuziladi. www.ziyouz.com kutubxonasi Agar mulk ijarasining muddati shartnomada belgilanmagan bo'lsa, shartnoma nomuayyan muddatga tuzilgan hisoblanadi. Bunda taraflardan har biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulk ijarasida esa - uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnom adan voz kechishi mumkin. Qonun yoki shartnomada nomuayyan m uddatga tuzilgan m ulk ijarasi shartnom asini bekor qilish haqida oldindan ogohlantirishning boshqa muddatlari ham belgilab qo'yilishi mumkin. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek molmulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun eng ko'p (oxirgi) m uddatlar belgilab qo'yilishi m um kin. B unday hollarda, agar ijara m uddati shartnomada belgilangan bo'lmasa va qonunda belgilangan oxirgi m uddat tugagunicha taraflardan hech qaysisi shartnomadan voz kechmasa, oxirgi m uddat o'tishi bilan shartnoma bekor bo'ladi. Qonunda belgilangan oxirgi m uddatdan ortiq m uddatga tuzilgan bunday mulk ijarasi shartnomasi oxirgi muddatga teng muddatga tuzilgan hisoblanadi.
Fuqarolik Kodeksining yuqoridagi normasi qoidalaridan kelib chiqib, mulk ijarasi shartnomasi quyidagi muddatlarda tuzilishi mumkin.
1. Shartnomada belgilangan aniq muddatga.
2. Shartnomada ko'rsatilmagan noaniq muddatga.
3. Qonunda mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek molmulkning ayrim turlarini ijaraga olish uchun belgilangan eng ko'p (oxirgi) muddatga.
Garchi qonunda mulk ijarasi shartnomasi uchun turli m uddatlar belgilansa-da taraflardan biri boshqa tarafni bir oy oldin, ko'chmas mulk ijarasida esa uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, istagan paytda shartnomadan voz kechishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, yerlami ijaraga berishning eng ko'p muddati belgilangan, jumladan yerlar uzoq muddatli ijara shartnomasi asosida o'zga shaxsga berishning oxirgi muddati 50 yil qilib belgilangan.

Yüklə 111,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin