1.4. Mulk ijarasi shartnomasining bekor bo’lishi Mulk ijarasi shartnomasi shartnoma muddati tugab, ijara mulki qaytarilishi bilan bekor bo'ladi. Ayrim hollarda shartnom a ijaraga beruvchining talabi bilan ham ijaraga oluvchining talabi bilan ham bekor bo'lishi mumkin. Jumladan, Fuqarolik Kodeksining 551-moddasida belgilanganidek, mulk ijarasi shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bilan sud tomonidan m uddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar ijaraga oluvchi:
-ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaram asdan molmulkdan shartnom a shartlarini yoki mol-mulkning vazifalarini jiddiy ravishda buzgan yoxud bir necha m arta buzgan holda foydalansa;
-mol-mulkni jiddiy yomonlashtirsa; -shartnomada belgilangan to'lov muddatini ketma-ket ikki m artadan ortiq buzib, mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lamasa;
-qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq kapital ta ’mirlash ishlarini bajarish ijaraga oluvchi zimmasidagi majburiyat bo'lgan hollarda shartnom ada belgilangan m uddatlarda, shartnomada bunday m uddat b elg ilan g an b o 'lm asa, oqilona muddatlarda mol-mulkni kapital ta’mirlashni amalga oshirmasa. Mulk ijarasi shartnomasida Fuqarolik Kodeksining 382-moddasi 2- qismiga muvofiq ijaraga beruvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi mumkin Ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini yozma ravishda ogohlantirganidan va unga o‘z m ajburiyatlarini bajarish uchun imkoniyat berganidan keyingina shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishini talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchining talabi bilan esa mulk ijarasi shartnomasi sud tomonidan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, agar:
-ijaraga beruvchi mol-mulkni foydalanish uchun ijaraga oluvchiga bermasa yoki mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoxud mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishga to'sqinlik qilsa;
-ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkda undan foydalanishga to'sqinlik qiladigan kam chiliklar bo'lib, ularni ijaraga beruvchi shartnoma tuzish vaqtida aytib o‘tmagan, ijaraga oluvchiga oldindan ma’lum bo'lmagan va shartnoma tuzayotganda mol-mulkni ko‘zdan kechirish yoxud uning sozligini tekshirish vaqtida aniqlanishi mumkin bo'lmagan bo'lsa;
-ijaraga beruvchi shartnomada belgilangan m uddatlarda, agarda shartnomada m uddat belgilangan bo'lmasa, oqilona m uddatlarda o'z zimmasidagi mol-mulkni kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasa;
-ijaraga oluvchi javobgar bo'lm agan holatlar tufayli mol-mulk foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolsa.
Mulk ijarasi shartnomasida Fuqarolik Kodeks 382-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ijaraga oluvchining talabi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishning boshqa asoslari ham belgilanishi m umkin Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mulk ijarasi shartnomasining m uddatidan oldin bekor qilinishi unga muvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomasining bekor bo'lishiga olib keladi.
Bu holda ikkilamchi ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraning qolgan muddati davomida ikkilamchi ijara shartnomasiga muvofiq o'zi foydalanib kelgan mol-mulkni bekor bo'lgan mulk ijarasi shartnomasining tegishli shartlari asosida ijaraga olish haqida shartnoma tuzishi mumkin. Agar mulk ijarasi shartnomasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo'yicha haqiqiy emas deb topilsa, unga m uvofiq tuzilgan ikkilamchi ijara shartnomalari ham haqiqiy emas deb topiladi (FKning 550-inoddasi).
Fuqarolik qonun hujjatlari ijara shartnomasi bekor qilinganidan www.ziyouz.com kutubxonasi keyin insofli, ijaraga olinga m ulkdan oqilona foydalangan ijaraga oluvchilaming huquqlarini himoya qilish va ularga muayyan imtiyozlar yaratib berish haqidagi qoidalarni o'zida mujassam etadi. Fikrimizning isboti sifatida Fuqarolik Kodeksining 553-moddasiga murojaat etamiz. Agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boim asa, o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan ijaraga oluvchi shartnom a muddati tugaganidan keyin yangi m uddatga mulk ijarasi shartnomasini tuzishda sharoitlar teng boigan hollarda boshqa shaxslarga nisbatan imtiyozli huquqqa ega boladi.
Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchini mulk ijarasi shartnomasida belgilangan m uddatda, agar shartnomada bunday muddat belgilangan boimasa, shartnomaning amal qilishi tamom boiguncha oqilona muddatda bunday shartnomani tuzish istagi haqida yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
Mulk ijarasi shartnomasini yangi m uddatga tuzishda shartnoma shartlari taraflarning kelishuvi asosida o'zgartirilishi mumkin. Agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi bilan yangi m uddatga shartnom a tuzishni rad etsa-yu, ammo u bilan tuzilgan shartnoma muddati tugaganidan keyin bir yil ichida boshqa shaxs bilan mulk ijarasi shartnomasini tuzsa, ijaraga oluvchi o'z xohishiga ko'ra yo tuzilgan shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlar o'ziga o'tkazilishini va o'zi bilan shartnomani yangilashni rad etish oqibatida o'ziga yetkazilgan zararning to'lanishini yoki faqat zararning o'zi to'lanishini sud orqali talab qilishga haqli. Agar mulk ijarasi shartnomasining muddati tamom boiganidan keyin ham ijaraga oluvchi m ulkdan foydalanishni davom ettirsa va ijaraga beruvchi bunga e’tiroz bildirmagan boisa, shartnoma avvalgi shartlar asosida nom aium muddatga qaytadan tuzilgan hisoblanadi.
Fuqarolik Kodeksining 555-moddasiga muvofiq, agarda mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boimasa, ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkning ajratib olsa bo'ladigan tarzda yaxshilanishi uning mulki hisoblanadi. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni o'z mablagiari hisobidan va ijaraga beruvchining roziligi bilan yaxshilagan, bu yaxshilashni molm ulkka zarar yetkazm agan holda ajratib olish m um kin bo im ag an taqdirda, ijaraga oluvchi shartnom a bekor boiganidan keyin, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, bu yaxshilashlar qiymatini to'lashni talab qilish huquqiga ega.
Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga beruvchining roziligisiz amalga oshirilgan va ijaraga berilgan mol-mulkdan ajratib olib bo'lmaydigan yaxshilashlarning qiymati to'lanmaydi. Ijaraga olingan mol-mulkdan amortizatsiya ajratm alari hisobiga amalga oshirilgan, mol-mulkdan ajratib olish mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan yaxshilashlar ijaraga beruvchining mulki bo'ladi. Ijara shartnomasining yana bir muhim xususiyati shundaki, ijarachi ijaraga olingan mulkni sotib olishi ham mumkin. Fuqarolik Kodeksining 556-moddasida belgilanishicha, mulk ijarasi shartnomasida ijaraga olingan mol-mulk ijara shartnomasining muddati tamom bo'lganidan keyin yoki tamom bo'lmasdan oldin ijaraga oluvchi shartnomada kelishilgan sotib olish bahosining hammasini to'lagan taqdirda uning mulkiga aylanishi nazarda tutilishi mumkin.
“Ijara to'g'risida”gi qonunning 18-moddasida ham ijaraga olingan mulkni sotib olish to'g'risidagi qoida nazarda tutilgan ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan to'la yoki qisman sotib olishi mumkin, yer va boshqa tabiiy resurslar bundan mustasnodir. Davlat mol-mulki O'zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tarzda sotib olinadi. Agar ijaraga olingan mol-mulkni sotib olish sharti shartnomada nazarda tutilmagan bo'lsa, u taraflarning qo'shimcha kelishuvi bilan belgilanishi mumkin, bunda taraflar mol-mulkdan foydalanganlik uchun ilgari to'langan haqni xarid narxiga kiritish to'g'risida kelishishga haqlidirlar. Qonunlarda ijaraga olingan mol-mulkni sotib olishni taqiqlash hollari belgilab qo'yilishi mumkin (FKning 556-moddasi). Mulkni sotib olish haqida shartnoma tuziladi. Sotib olish shartnomasida sotib olinayotgan mol-mulkning turi va bahosi, sotib olish shakllari va manbalari, sotib olish tartibi va muddatlari, sotib olishda uchinchi shaxslarning, jumladan, kreditorlaming qatnashuvi, kafolatlar, sotib olinayotgan molmulkning sifati va boshqa qoidalar belgilab qo'yilishi mumkin. Sotib olish bilan bog'liq shartnomani tomonlar bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, shartnomani bir tomonlama bekor qilganligi uchun O'zbekiston Respublikasi qonunlarida va tuzilgan ana shu shartnomada belgilab qo'yilgan tarzda javobgar bo'ladilar. Sotib olish shartnomasini tuzish va uni bajarish bilan bog'liq nizolar tegishli sud tomonidan hal qilinadi.