Gumanitar fanlar


Prokat shartnom asining taraflari, ularning huquq va majburiyatlari



Yüklə 111,21 Kb.
səhifə8/11
tarix15.04.2023
ölçüsü111,21 Kb.
#98362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akhmat Mirzayev

2.2. Prokat shartnom asining taraflari, ularning huquq va majburiyatlari
Prokat shartnomasida ikki taraf ya’ni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi ishtirok etadi. Ijaraga beruvchi taraf sifatida doimiy tadbirkorlik faoliyati bilan www.ziyouz.com kutubxonasi shug'ullanib kelayotgan (prokatchi) shaxs ishtirok etadi. Ya’ni, kishilar ehtiyojlarini qondirishga mo'ljallangan muayyan ko‘char inol-mulklarni ijaraga berish va buning natijasida daromad olish bilan bog'liq tadbirkorlik faoliyati amalga oshirib kelayotgan (yakka tadbirkor yoki tijoratchi yuridik shaxs) shaxs. Prokat shartnomasida hamma ham ijaraga beruvchi sifatida qatnasha olmaydi. Faqat o'zining faoliyat maqsadi prokat bilan bog'liq boigan tadbirkorlikni amalga oshiriyotgan shaxslargina ijaraga beruvchi bo'lishlari mumkin. Ushbu holat prokat shartnomasining subyekti tarkibiga ko'ra boshqa shartnomalardan farqlovchi muhim xususiyatdir. Ijaraga oluvchi sifatida esa, shartnoma natijasida olinayotgan molm ulkni o'zining shaxsiy iste ’mol (foyda olishni ko'zlam aydigan) maqsadlarida foydalanuvchi shaxslar ishtirok etadilar. Prokat shartnomasida ijaraga beruvchining quyidagi huquq va majburiyatlari mavjud.
- shartnoma bo'yicha ijaraga topshirilgan mol-mulkni kapital va joriy ta’mirlash ijaraga beruvchining burchidir (FKning 563-moddasi).
- Agar ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytarsa, ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini qaytarishga majbur.
Bu haqda Fuqarolik Kodeksining 562-moddasi ikkinchi qismida quyidagicha qoida nazarda tutilgan. Ijaraga oluvchi mol-mulkni m uddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi.
- Agar ijaraga oluvchi ashyodan noto'g'ri foydalanayotgan yoki shartnom a shartlarini boshqacha tarzda buzayotgan bo’lsa, ijaraga beruvchi ashyoni muddatidan oldin qaytarib berishni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchi o'ziga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat shartnomasi bo'yicha o'z huquq va m ajburiyatlarini boshqa shaxsga o'tkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qo'yilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qo'yishga va ulami xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qo'shishga haqli emas (FKning 563-moddasi 2-qismi).
Shartnom aga m uvofiq, fuqaro ashyoni olishi uchun prokatga beruvchiga o'zining pasportini yoki pasport o'rniga o'tadigan boshqa hujjatlarini, agar shunday hujjatni ijarachi talab etsa, faqat ko'rsatishi mumkin. Avtomashina, mototsikl yoki moped prokatga olinganida, fuqaro bu texnikani boshqara olish huquqi borligi to'g'risidagi guvohnomasini ham ko'rsatishi lozim.
Prokat shartnomasiga ko'ra, o'z zimmasidagi burchlami bajarmaganlik uchun tomonlarga mulkiy javobgarlik yuklatiladi. Jum ladan, prokat oluvchining ixtiyorida bo'lgan mol-mulk uning aybisiz zararlansa, uning kamchiligi ta’mirlash jarayonida aniqlansa, shu mulkni ta’mirlash bilan bog'liq barcha xarajatlar ijaraga beruvchi zimmasida bo'ladi. Agar prokatga olingan ashyo ijarachining aybi bilan yaroqsiz holga kelsa, u xuddi shunday narsani qaytarishga yoki uning qiymatini to'lashga majburdir. Prokatga olingan ashyoning ayrim qismlari qaytarilmasa, ijaraga oluvchi bunday qismlarning qiymatini to'liq miqdorda to'laydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Agar chinni, billur yoki shunga o'xshashidishlar singan, almashtirilgan, yo'qotilgan bo'lsa, bu haqda mulk egasi dalolatnoma tuzib, uni ijaraga oluvchiga taqdim etadi. Ijaraga oluvchi xuddi shu turdagi buyumni prokat punktiga tezlik bilan keltirib topshirishi shart.
Agar kelishilgan muddat ichida yangisi olib kelib topshirilmasa, singan idishlarning chakana qiymati undiriladi. Agar ijaraga oluvchi ana shu buyumlarning sinib qolganini prokat punktiga taqdim etmasa, uning qiym ati uch baravar miqdorda undirib olinadi. (M aishiy p rokat qoidalarining 18-punkti). Prokat shartnomasi tomonlarning xohishi bilan m uddatidan oldin ham bekor qilinishi mumkin. Shartnoma ijaraga beruvchi talabi bilan muddatidan avval faqat quyidagi hollarda, ya’ni ijaraga olingan mulkdan shartnomaga yoki belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilmasa, ijaraga oluvchi qasddan yoki beparvoligi orqasida mulkni yomonlashtirsa, ijara haqini to'lash m uddati o'tganidan so'ng bir oy davomida to'lamasa, shartnomani bekor qilishi mumkin.
Ijaraga oluvchi shartnomani m uddatidan avval bekor qilsa, ijaraga beruvchi ijara haqining tegishli qismini qaytarishga majbur. Agar ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar ijaraga oluvchi tomonidan mol-mulkdan foydalanish va uni saqlash qoidalarining buzilishi natijasida vujudga kelgan bo'lsa, ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga molmulkni ta’mirlash va transportda tashish xarajatlarini to'laydi (FK 561- moddasi).


Yüklə 111,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin