1.3. Shartnom a shartlarini buzganlik uchun javobgarlik Taraflarning javobgarligi qonun yoki shartnoma bilan belgilanadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining «Ijara to'g'risida»gi qonunining 32-moddasida taraflarning javobgarligi belgilangan. Jumladan, shartnoma tuzish tartibini va shartlarini buzishda, shartnom a m ajburiyatlarini bajarmaslikda shartnom ani bir tomonlama o'zgartirishda yoki bekor qilishda, shartnomani o'zgartirish va to'xtatish tartibi hamda shartlarini buzishda aybdor taraf, shuningdek, davlat idoralarining m ansabdor shaxslari qonunda belgilanganidek javobgarlikka tortiladilar. Yuridik shaxslar va fuqarolar o'zlari yetkazgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani O'zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda to'lashlari shart deb ko'rsatilgan.
Fuqarolik Kodeksining 541-moddasi 3-4-qismlarida ijaraga oluvchiga ijara mol-mulkini to'liq va o'z vaqtida topshirmaganlik uchun ijaraga beruvchining javobgarligi belgilangan. Unga ko'ra: - agarda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (texnik pasport, sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi. Agarda bunday mansub ashyolar va hujjatlar topshirilgan bo'lmasa va ularsiz ijaraga oluvchi mol-mulkdan uning o'z vazifasi bo'yicha foydalana olmasa yoxud shartnoma tuzish paytida mo'ljallashga haqli bo'lgan ancha narsasidan mahrum bo'lsa, u ijaraga beruvchidan bunday mansub ashyolar va hujjatlarni topshirishni yoxud shartnomani bekor qilishni, shuningdek zararni qoplashni talab qilishga haqli.
- agar ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga ijaraga berilgan mol-mulkni shartnomada ko'rsatilgan muddatda, basharti shartnomada bunday muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, oqilona muddatda topshirmagan bo'lsa, ijaraga oluvchi Fuqarolik Kodeksining 331-moddasiga muvofiq bu mol-mulkni undan talab qilib olish va ijroning kechikkanligi tufayli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish yoki shartnomani bekor qilish va uning bajarilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Shuningdek, Fuqarolik Kodeksining 542-moddasiga muvofiq ijaraga topshirilgan mol-mulkdagi kamchiliklar uchun ijaraga beruvchining javobgarligi quyidagicha belgilangan.
Ijaraga beruvch i ijarag a to p shirilgan mol-mulkning undan foydalanishga to'liq yoki qisman to'sqinlik qiladigan kamchiliklari uchun, hatto u shartnoma tuzish vaqtida bular haqida bilmagan bo'lsa ham, javobgardir.
Bunday kamchiliklar aniqlanganda ijarachi o'z xohishiga ko'ra: - ijaraga beruvchidan yo mol-mulkdagi kamchiliklarni tekinga bartaraf etishni yoki mol-mulkdan foydalanganlik haqini m utanosib kamaytirishni yoxud mol-mulkdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun qilgan o'z xarajatlarini qoplashni talab qilishga;
- ijaraga beruvchini oldindan ogohlantirgan holda o'sha kamchiliklarni bartaraf etishga sarflagan xarajatlari summasini molmulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqdan bevosita chegirib qolishga; - shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni talab qilishga haqli. Ijarag a oluvchining tala b la rid a n yoki uning m o l-m ulkdagi kamchiliklarni ijaraga beruvchi hisobidan b artaraf etish niyatidan xabardor qilingan ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni tegishli holatda bo'lgan boshqa shunday mol-mulk bilan darhol almashtirib berishi yoki mol-mulkdagi kamchilikni tekinga bartaraf etishi mumkin.
Agar ijaraga oluvchining talablarini qanoatlantirish yoxud uning kamchiliklarni bartaraf etish xarajatlarini mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqdan chegirib qolishi ijaraga oluvchi ko'rgan zararni qoplamasa, u zararning qoplanmagan qismini to'lashni talab qilishga haqli. Shartnoma tuzish vaqtida ijaraga beruvchi oldindan aytib qo'ygan yoki ijaraga oluvchiga oldindan m a’lum b o ig an yoxud shartnom ani tuzishda yoki m ol-m ulkni ijaraga topshirish paytida uni ko'zdan kechirganda yoxud uning sozligini tekshirganda ijaraga oluvchi aniqlashi kerak boigan kamchiliklar uchun ijaraga beruvchi javobgar bo'lmaydi. www.ziyouz.com kutubxonasi Korxona va tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarda kechiktirilgan ijroni qabul qilishdan bosh tortishga faqat qonun va shartnom ada belgilangan hollarda yo‘1 qo'yiladi. Shuningdek, agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki molmulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli (FKning 545-moddasi 2-qismi).
Ijaraga oluvchi shartnom a muddati tugashi bilan ijaraga olingan mol-mulkni o'ziga topshirilgan holatda, normal eskirishini hisobga olib yoki shartnomada belgilangan holatda qaytarishi lozim Agar ijaraga oluvchi ijaraga olgan mol-mulkni qaytarm asa yoki kechikib qaytarsa, kechiktirib qaytarilgan barcha vaqt uchun ijara haqini to'lashni ijaraga beruvchi talab qilishga haqli. Bu haq ijaraga beruvchining ko'rgan zararini qoplamagan taqdirda, zararni to'lashni talab qilishga haqli. Ijaraga olingan m ol-m ulk o'z vaqtida qaytarilm aganligi uchun shartnom ada neustoyka undirish nazarda tu tilgan taqdirda, ag ar shartnom ada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, neustoykadan tashqari zarar to'liq m iqdorda undirilishi m umkin (FKning 554-moddasi).