Kurs ishi bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasida tanishish mumkin MUNDARAJA Reja: Kirish…………………………………………………………………………....4 I.BOB.MULK IJARASI TO'G'RISIDA UMUMIY QOIDALAR…………….6 1.1.Mulk ijarasi shartnom asi tushunchasi va huquqiy belgilari………………..6 1.2. Mulk ijarasi shartnom asining mazmuni…………………………………...10 1.3. Shartnom a shartlarini buzganlik uchun javobgarlik……………………...14 II.BOB.MULK IJARASI SHARTNOM ASINING ALOHIDA TURLARI…21 2.1.Prokat shartnom asi tushunchasi, huquqiy belgilari va o ‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………………………………....21 2.2. Prokat shartnom asining taraflari, ularning huquq va majburiyatlari....... 24 III.BOB. TRANSPORT VOSITALARI IJARASI SHARTNOMASI………..27 3.1. Transport vositalari ijarasi shartnomasi tushunchasi……………………...27 3.2. Shartnoma bo'yicha taraflarning huquq va majburiyatlari………………..32 Xulosa……………………………………………………………………...36 Foydanilgan adabiyotlar……………………………………………….…37
Kirish Iqtisodiy munosabatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’ziga xos xususiyat kasb etadi. Iqtisodiy munosabatlar bir joyda o’zgarishsiz qotib turmaydi. Ular doimo o’zgarib, rivojlanib boradi. Shunga ko’ra, mazkur kurs ishida mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, bosqichlari va ularni bilishga bo’lgan turlicha yondashuvlar, ishlab chiqarishning ijtimoiy va texnologik usullari hamda iqtisodiy tizim tushunchalari batafsil ko’rib chiqiladi.Tahlil davomida iqtisodiy tizim modellari va ularning xususiyatlari ko’rsatib beriladi.Ishlab chiqarish har doim ma’lum mulkchilikning aniq shakli doirasida sodir bo’ladi. Shuning uchun bu yerda mulkchilik munosabatlarining mohiyati, mulk shakllarining iqtisodiy mazmuni va bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonida mulk shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari kabi masalalarga alohida o’rin ajratiladi. Kurs ishi mavzusi dolzarbligi: Mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va usullari, tushuncha va qarashlar tizimining mazmun mohiyatini ochib berish, unga oid nazariy qarashlar va bilimlarni o‘rganib tizimlashtirish asosida tegishli xulosalar shakllantirish hamda ularning negizida amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish kurs ishi mavzusini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatdagi xilma-xil iqtisodiy munosabatlar mulkka bo`lgan munosabatlardan kelib chiqadi. Respublikamizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi, xususiy mulkka berilayotgan e‘tibor.Yurtboshimizning ma‘ruzalarida o‘z tasdig’ini topdi: - Davlat aktivlarini xususiylashtirish, avvalo, chet ellik investorlarga sotish vazifalari qo‘yildi va buning uchun tegishli sharoitlar yaratildi.
Mulkchilik shakllarini o’zgartirish,xususiylashtirish dasturida ko‘zda tutilgan, foydalanilmayotgan va qurilishi tugallanmagan 353 ta davlat mulki obekti buzilib, buning natijasida 120 gektar hajmidagi yer maydoni bo‘shadi. Bu yerlarning qariyb 80 gektari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va xizmat ko‘rsatish obektlari qurish uchun tadbirkorlar tasarrufiga berildi.
Davlat mulki shaklidagi yana 319 ta ana shunday obekt inventarizatsiya qilinib, xususiy mulk shakliga o‘tkazish uchun auksion savdolariga qo‘yildi va ularning 102 tasi yangi mulkdorlarga sotildi. Bundan tashqari, 378 ta aksiyadorlik jamiyatining davlat ulushi baholandi va chet ellik strategik investorlarga sotish uchun ochiq savdoga qo‘yildi.
Mulkchilik tizimi munosabatlarini tavsiflash iqtisodiy faoliyat kimning manfaatini ko‘zlab olib borilayapti?- degan savolga javob beradi. Agarda u shaxsiy manfaatni ko‘zlab olib borilayotgan bo‘lsa, unda xususiy, shaxsiy o‘zlashtirish (xususiy mulk) munosabatlar tizimi, agarda o‘zlashtirish jamoa manfaatini ko‘zlab olib borilsa, unda jamoa mulki to‘g‘risida gapirish mumkin bo‘ladi. Agarda u yoki bu ijtimoiy guruh manfaatlari ustuvor hisoblansa, unda biz ijtimoiy o‘zlashtirish shakli bilan to‘qnash kelishimiz mumkin bo’ladi.