Gumanitar fanlar


II.BOB.MULK IJARASI SHARTNOM ASINING ALOHIDA TURLARI



Yüklə 111,21 Kb.
səhifə7/11
tarix15.04.2023
ölçüsü111,21 Kb.
#98362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akhmat Mirzayev

II.BOB.MULK IJARASI SHARTNOM ASINING ALOHIDA TURLARI
2.1.Prokat shartnom asi tushunchasi, huquqiy belgilari va o ‘ziga xos xususiyatlari
Aholiga xizmat ko'rsatish yuzasidan tuziladigan shartnomalardan biri prokat shartnomasidir. Prokat shartnomasining ta’rifi Fuqarolik Kodeksi 558-moddasining 1-qismida berilgan bo'lib unga ko'ra, prokat shartnomasi bo'yicha doimiy tadbirkorlik faoliyati sifatida mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun ko'char mol-mulkni topshirish majburiyatini oladi. Ushbu tarifdan prokat shartnomasining quyidagi huquqiy belgilarni ko'rsatib o'tish mumkin. Birinchidan, prokat shartnom asi ikki tomonlama shartnom alar turkumiga kiradi. Chunki shartnoma taraflarining (ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchilarning) har ikkisida ham tegishli huquq va majburiyatlar mavjud.
Ikkinchidan, shartnoma har doim haq baravariga tuziladi. Bunda mol-mulkni ijaraga beruvchi haq evaziga ijaraga oluvchiga vaqtinchalik egalik qilish va foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi. Uchinchidan, shartnom a konsensual harakterga ega. Shartnom a yuzasidan taraflar o'rtasida huquq va majburiyatlar o'zaro kelishuvga erishilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Prokat shartnomasining quyidagi o'ziga xos jihatlari mavjud.
Birinchidan, prokat shartnomasida mulk huquqining ikki elementi, ya’ni egalik qilish va foydalanish ijaraga beruvchidan ijaraga oluvchiga vaqtincha o'tadi va m uayyan m uddatdan so'ng ijaraga olingan molmulk o'z egasiga qaytarib beriladi. Ikkinchidan, prokat shartnomasining predmetini ko'char mol-mulklar tashkil etadi. Xususiy alomatlari bilan belgilangan va iste’mol qilinmaydigan har xil ashyolar prokat shartnomasining predmeti bo'la oladi. Bularga, masalan, sport inventarlari, muzika asboblari, mashinalar, uy-ro'zg'or buyumlari, turli xildagi texnika vositalari, qisqasi, bir marta foydalanish bilan o'zining dastlabki qiym atini yo'qotm aydigan ham da iste’mol qilinmaydigan ko'chirish mumkin bo'lgan mulklar hisoblanadi.
Uchinchidan, ijaraga beruvchi bo'lib, m axsus subyekt doimiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan prokatchi ishtirok etadi. To'rtinchidan, prokat shartnomasi bo'yicha topshirilgan mol-mulkdan, agar shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa yoki u majburiyat mohiyatidan kelib chiqmasa, iste’mol maqsadlarida foydalaniladi. Fuqarolik Kodeksining 558-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ushbu qoida www.ziyouz.com kutubxonasi bilan Fuqarolik Kodeksining 89-moddasi qoidalarini solishtiradigan bo‘lsak, prokat shartnomasida nazarda tutilgan qoida go‘yoki, noto‘g‘ridek ko'rinishi mumkin. Chunki iste’mol qilinadigan ashyolarga quyidagicha ta’rif berilgan.
Jumladan, bir karra foydalanish natijasida yo‘qolib ketadigan yoki dastlabki holatida mavjud boimay qoladigan ashyolar (xom-ashyo, yoqilg‘i, oziqovqat mahsulotlari va shu kabilar) iste’mol qilinadigan ashyolar hisoblanadi. Ushbu tarifda nazarda tutilgan ashyolarni esa hech qaqchon prokat shartnomasi asosida boshqa shaxsga berib bo'lmaydi. Masalan. 10 kg go‘sht yoki shu miqdordagi kartoshka. Shuningdek, prokat shartnomasida ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchungina berish majburiyatini olgan xolos, mulkni tasarruf etish huquqini esa o'z zimmasida saqlab qoladi.
Agar iste’mol qilinadigan ashyolar prokat shartnomasi bilan ijaraga oluvchiga berilgan boisa, (masalan, go'sht yoki sut mahsulotlari) ijaraga oluvchi bu mahsulotlarni albatta tasarruf etib yuborishi muqarrar. Bu yerda qonun chiqaruvchi prokat shartnomasida mol-mulkdan iste’mol maqsadlarida foydalaniladi deganda, insonning oziqlanishi va hayot kechirishi uchun kerak bo'ladigan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilinishni emas, balki, oziqlanish (eyish, qornini to'ydirish) uchun iste’mol qilmasada, lekin o'zining boshqa hayotiy ehtiyojini qondirish (ko'rishga, eshitishga, kiyishga va boshqa) uchun zarur boigan mol-mulklami nazarda tutgan Masalan, televizordan iste’mol maqsadlarida foydalanish deganda, ijaraga oluvchi o'zining jahonda sodir bo'layotgan yangiliklardan xabardor boiishga qaratilgan iste’molini nazarda tutish mumkin.
Bcshinchidan, prokat shartnomasi ommaviy shartnomalar guruhiga kiradi (558-moddaning 3-qismi). Prokat shartnomasi uni tuzishni xohlovchi barcha shaxslar bilan tuziladi. U ham m aga xizm at k o 'rsatish g a qaratilganligi uchun ham ommaviy shartnomalar guruhiga mansubdir. Shuningdek, prokat shartnomasining shartlari va ijara haqi ham m a iste’molchilar uchun bir xil qilib belgilanadi. Prokat shartnomasi bo'yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchi talab qilayotgan mol-mulkni ijaraga berishga imkoniyati boia turib, prokat shartnomasini tuzishdan bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi.
Oltinchidan, mulk ijarasi shartnom asini nom uayyan m uddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qoilanmaydi. Yettinchidan, prokat shartnom asi bo'yicha ijaraga oluvchiga topshirilgan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga berishga, ijaraga oluvchi prokat www.ziyouz.com kutubxonasi shartnom asi bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o'tkazishiga, bu mol-mulkning bepul foydalanish uchun berib qo'yilishiga, ijaraga oluvchining huquqlarini garovga qo'yishga va ularni xo'jalik shirkatlari va jamiyatlarining ustav fondiga (kapitaliga) hissa tariqasida, ishlab chiqarish kooperativlariga pay badallari tariqasida qo'shishga yo'l qo'yilmaydi.
Prokat shartnomasining shakli. Prokat shartnomasi yozma shaklda tuziladi. (558-m oddaning 3-qismi). Prokat shartnom asining shakli to'g'risidagi qoida imperativ harakterga ega bo'lib, agar taraflar ushbu qoidaga amal qilmay prokat shartnomasini tuzgan bo'lsalar, prokat shartnomasi tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy hisoblanmaydi. Prokat shartnomasining muddati Fuqarolik Kodeksining 559-moddasida belgilab berilgan. Unga ko'ra, prokat shartnomasi bir yilgacha muddatga tuziladi. Mulk ijarasi shartnomasini nomuayyan muddatga qaytadan tuzish va ijaraga oluvchining mulk ijarasi shartnomasini qaytadan tuzishga imtiyozli huquqi haqidagi qoidalar prokat shartnomasiga nisbatan qo'llanmaydi. Prokat shartnomasida baho. Prokat shartnom asi bo'yicha molmulkdan foydalanganlik haqi vaqti-vaqti bilan yoki bir yo'la to'lanadigan qat’iy summadagi to'lovlar shaklida belgilanadi (FKning 562-moddasi 1- qismi). Ushbu qoidadan ko'rinib turibdiki, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanganligi uchungina haq to'laydi.
Shartnomada haq to'lashning ikki turi nazarda tutilgan:
1. Vaqti-vaqti bilan to'lanadigan pul summasi shaklida;
2. Bir yo'la to'lanadigan qat’iy summadagi to'lov shaklida.
Ijaraga oluvchi mol-mulkni muddatidan oldin qaytargan taqdirda ijaraga beruvchi unga mol-mulkdan foydalanganlik uchun olingan haqdan tegishli qismini mol-mulk amalda qaytarilgan kunning ertasidan boshlab hisoblagan holda qaytaradi.
Mol-mulkdan foydalanganlik haqi bo'yicha ijaraga oluvchining qarzlari notariusning ijro ustxati asosida so'zsiz undirib olinadi (FKning 562-moddasi).

Yüklə 111,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin