Gumanitar fanlar


Mulk ijarasi shartnom asining mazmuni



Yüklə 111,21 Kb.
səhifə4/11
tarix15.04.2023
ölçüsü111,21 Kb.
#98362
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Akhmat Mirzayev

1.2. Mulk ijarasi shartnom asining mazmuni
Mulk ijarasi shartnomasining mazm unini ta raflar o'rtasida belgilanadigan huquq va majburiyat tashkil etadi.
Mulk ijarasi shartnomasi bo'yicha barcha muhim shartlari to'g'risida tarafla r o'zaro kelishgan va qonun bilan talab qilingan shaklda rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab tuzilgan deb hisoblanadi. Mulk ijarasi shartnomasining muhim shartlari bo'lib, shartnoma obyekti, shartnoma www.ziyouz.com kutubxonasi m uddati va haqning miqdori, shuningdek taraflarning shartnoma shartlarini buzganda qo'llaniladigan javobgarliklar hisoblanadi. Tomonlar shartnoma shartlariga rozi bo'lib o'zaro kelishganlaridan va uni belgilangan shaklda rasmiylashtirganlaridan so'nggina ularda huquq va majburiyat vujudga keladi. Ijaraga beruvchi ashyoni muayyan m uddatga foydalanish uchun ijaraga oluvchiga berish majburiyatiga, ijaraga oluvchi shartnoma bo'yicha kelishilgan ashyoni o'ziga topshirishni talab qilish huquqiga, ijaraga beruvchi buning uchun haq olish huquqiga ega bo'ladi, ijaraga oluvchi esa haq to'lash majburiyatiga ega bo'ladi. Bunda huquq va m ajburiyatlar bir-biriga qarama-qarshidek ko‘rinsa-da ular bir maqsad sari yo'naltirilgan bo'ladi.
Fuqarolik Kodeksining mulk ijarasini tartibga soladigan normalarida taraflarning huquq va majburiyatlari tenglik asosida ishlab chiqilgan. Xususan, bir tarafn in g huquqi qarshisida ikkinchi bir tara fn in g majburiyati bo'lishini va aksincha har bir burchli taraf o'z qarshisida unga huquqi bo'lgan tarafni bo'lishini talab etadi.
Ijara shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari: Fuqarolik Kodeksining 541-moddasida ijaraga beruvchining quyidagi majburiyatlari nazarda tutilgan.
- ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga mol-mulkni shartnoma shartlari va mol-mulkning vazifasiga muvofiq holatda topshirmog'i lozim;
- mol-mulkni topshirishga tayyorlash, shu jum ladan topshirish dalolatnomasini tuzish va imzolashga taqdim etish ijaraga beruvchining burchi bo'lib, uning hisobidan amalga oshiriladi;
- agarda shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, mol-mulk barcha mansub ashyolari va unga aloqador hujjatlar (texnik pasport., sifat sertifikati va hokazolar) bilan birga ijaraga topshiriladi.
Mol-mulkning ijaraga topshirilishi bu mol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlari bekor bo'lishi yoki o'zgarishi uchun asos bo'lmaydi. Shartnom a tuzishda ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ijaraga topshirilayotgan m ol-mulkka nisbatan uchinchi shaxslarning barcha huquqlari (servitut, garov huquqi va hokazolar) haqida ogohlantirishi lozim Ijaraga beruvchi tomonidan bu majburiyatning bajarilmasligi ijaraga oluvchiga m ol-m ulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haqni kamaytirishni yoxud shartnomani bekor qilish va zararni to'lashni talab qilish huquqini beradi (FKning 543-moddasi).
Agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o'z hisobidan kapital ta ’mirlashi lozim. kutubxonasi Ijaraga oluvchi javobgar bo'lmagan holatlar natijasida kelib chiqqan shoshilinch zarurat tufayli o'tkaziladigan ta’mirlashni ijaraga beruvchi o'z hisobidan amalga oshirishi shart.
Kapital ta’mirlash mulk ijarasi shartnomasida belgilangan m uddatda, agar bu m uddat shartnomada belgilanmagan yoki shoshilinch zarurat tufayli o'tkazilsa, oqilona muddatda amalga oshirilmog'i lozim. Ijaraga beruvchining kapital ta’mirlash majburiyatini bajarmasligi ijaraga oluvchiga o'z hohishiga ko'ra:
- shartnom ada belgilangan yoxud shoshilinch zaru rat taqozo etayotgan kapital ta’mirlashni amalga oshirib, ta’mirlash qiymatini ijaraga beruvchidan undirib olish yoxud mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haq hisobiga o'tkazish;
- haqni tegishincha kamaytirishni talab qilish;
- sh artn o m an i m u d d atid an oldin b ekor qilish va zararn in g qoplanishini talab qilish huquqini beradi (FKning 547-moddasi).
Ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga muvofiq, agar bunday shartlar shartnom ada belgilangan bo'lmasa - mol-mulkning vazifasiga muvofiq foydalanishi lozim. Agar ijaraga beruvchining yozma ogohlantirishiga qaramay, ijaraga oluvchi mol-mulkdan shartnoma shartlariga yoki mol-mulkning vazifasiga nomuvofiq foydalansa, ijaraga beruvchi shartnomani muddatidan oldin bekor qilishni va zararning qoplanishini talab qilishga haqli (FKning 545-moddasi).
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lash ijaraga oluvchining asosiy m ajburiyatlaridan biri bo'lib, Fuqarolik Kodeksining 544-moddasida nazarda tutilgan Unga ko'ra, ijaraga oluvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun haqni o'z vaqtida to'lab turishi shart. Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq to'lash tartibi, shartlari va muddatlari mulk ijarasi shartnomasi bilan belgilanadi. Bular shartnomada belgilanm agan hollarda odatda xuddi shunday mol-mulkni o'xshash holatlarda ijaraga berishda qo'llaniladigan tartib, shartlar va m uddatlar belgilangan deb hisoblanadi.
Mol-mulkdan foydalanganlik uchun haq ijaraga olingan barcha molmulk uchun yaxlit holda yoki uning har bir tarkibiy qismi uchun alohidaalohida holda quyidagi ko'rinishlarda belgilanadi:
-vaqti-vaqti bilan yoki bir yo'la to'lanadigan qat’iy sum m ada belgilangan to'lovlar tariqasida;
-ijarag a olingan m ol-m ulkdan foydalanish natijasida olingan mahsulot, mevalar yoki daromadlaming belgilangan ulushi tariqasida
-ijaraga oluvchi tom onidan ko'rsatiladigan ma’lum xizmatlar tariqasida;
-ijaraga oluvchi tom onidan ijaraga beruvchiga shartnom ada kelishilgan ashyoni mulk qilib yoki ijaraga topshirish tariqasida;
-ijaraga olingan mol-mulkni yaxshilash bo'yicha shartnom ada kelishilgan xarajatlarni ijaraga oluvchi zimmasiga yuklash tariqasida.
Taraflar mulk ijarasi shartnomasida mol-mulkdan foydalanganlik uchun FKning 544-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan haq shakllarini aralash amalga oshirishni yoki haq to‘lashning boshqa shakllarini nazarda tutishlari mumkin.
Agar mulk ijarasi shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, mol-mulkdan foydalanganlik uchun to'lanadigan haq miqdori shartnomada belgilangan muddatlarda, biroq bir yilda ko‘pi bilan bir m arta taraflarning kelishuvi bilan o'zgartirilishi mumkin. Qonun hujjatlarida mulk ijarasining ayrim turlari uchun, shuningdek ayrim mol-mulk turlarining ijarasi uchun haq miqdorini qayta ko'rib chiqishning boshqacha eng kam muddatlari nazarda tutilishi mumkin. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga oluvchi o'zi javobgar bo'lmagan holatlarga ko'ra, shartnomada nazarda tutilgan foydalanish shartlari yoki mol-mulkning holati jiddiy yomonlashgan bo'lsa, u mol-mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini tegishli ravishda kamaytirishni talab qilishga haqli.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, molmulkdan foydalanganlik uchun ijara haqini to'lash muddatlari ijaraga oluvchi tomonidan jiddiy buzilgan taqdirda, ijaraga beruvchi undan ijara haqini m uddatidan oldin, ijaraga beruvchi belgilagan m uddatda, shuningdek, ijaraga beruvchi mol-mulkdan foydalanganlik uchun ko'pi bilan ikki muddatning haqini muddatidan oldin to'lashni talab qilishga haqli.
Ijaraga oluvchining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan huquqlaridan biri bu ijaraga olingan mol-mulkni tasarruf qilishdir. Bu haqda Fuqarolik Kodeksining 546-moddasida quyidagicha qoida nazarda tutilgan.
Agar Fuqarolik Kodeksida, boshqa qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi ijaraga olingan mol-mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan ikkilamchi ijaraga (qo'shimcha ijaraga) topshirishga, mulk ijarasi shartnomasi bo'y icha o'z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o'tkazishga (qayta ijara), ijaraga olingan mol-mulkni tekin foydalanish uchun berishga, shuningdek bu huquqlarini garovga qo'yishga va ulami xo'jalik shirkatlari va jamiyatlari ustav fondiga (kapitaliga) hissa sifatida yoki ishlab chiqarish kooperativiga pay badali sifatida topshirishga haqli.
Ko‘rsatib o'tilgan hollarda ijaraga oluvchi shartnoma bo'yicha ijaraga beruvchi oldida javobgar bo'lib qolaveradi, qayta ijara bundan mustasno. Mol-mulkni boshqa shaxslarga topshirish haqidagi shartnoma ijara shartnomasining amal qilish muddatidan ortiq muddatga tuzilishi mumkin emas. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga olingan mol-mulkni ikkilamchi ijaraga topshirish haqidagi shartnomaga nisbatan mulk ijarasi shartnomasi haqidagi qoidalar qo'llaniladi. Agarda qonun yoki shartnom ada boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, uni o'z hisobidan joriy ta’mirlashi va saqlash bo'yicha boshqa xarajatlami qilishi lozim (FKning 548-moddasi).

Yüklə 111,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin