Guruh talabasi ning biorganik kimyo fanidan amaliy mashg’uloti namangan 2023


- MavzuI. Oqsillarni tabiiy manbalar (sut, tuxum, qon zardobi)dan ajratib olish



Yüklə 371,38 Kb.
səhifə4/33
tarix28.09.2023
ölçüsü371,38 Kb.
#150370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
BIORGANIKA

2- MavzuI. Oqsillarni tabiiy manbalar (sut, tuxum, qon zardobi)dan ajratib olish


2-ish
Sigir sutidan kazeinni ajratish


Ishning umumiy izoshi. Sutning pH-ini kazeinning izoelektrik nuqtasigacha (4,5-4,7) etkazib kazein cho`ktiriladi va organik erituvchilar bilan yog`sizlantiriladi.
Jihozlar va reaktivlar. 0,5 l o`lchagich stakan, sentrifuga (vakuum-filtrlagich qurilmasi), pH-metr, suvsiz sirka kislotasi, etil spirti (100 ml), efir (100 ml), pH 8,5 ga teng bo`lgan 500 mol natriy karbonat bufer eritmasi, sut (300 ml).
Ishning borishi. Bu uslub oqsillarning o`z izoelektrik nuktasidagi eruvchanligining juda kam bo`lishiga asoslangan. Oqsillar kontsentrlangan eritmalardan o`z izoelektrik nuqtalarida cho`kmaga tushadilar. 300 ml sutni aralashtirib turilgan sholda 0,5 M CH3COOH qo`shilib (tomchilab) achitiladi. Bunda mushit pH-metr yordamida tekshirib turiladi, pH 4,5 gacha etkaziladi va achitilgan sut cho`kma shosil qilishligi uchun 1 soat (xolodil’nikda) qoldiriladi. pH ning 4,5 dan kamaymasligiga xarakat qilish kerak, chunki pH ko`rsatkichi kislotaliroq bo`lsa kazein erib ketadi. Kazein cho`kmasi sentrifugalanib yoki filtrlanib ajratiladi.
Kazein cho`kmasiga teng shajmda spirt qo`shilib aralashtiriladi va spirt filtralanib (sentrifugalanib) ajratiladi. Ushbu jarayon yana bir martaba qaytariladi.
Spirt bilan suvsizlantirilgan kazein cho`kmasini yog`ini ajratish uchun uch martaba 50 ml dan efir bilan ishlanadi. Tamoman yog`sizlantirilgan kazein shavoda quritiladi va pH 8,5 ga teng bo`lgan 100-150 ml 50 mmol’ natriy karbonat eritmasida eritiladi. Kazein eritmasi sentrifugalash yoki filtrlash bilan tindiriladi. eritma tiniq bo`lishi kerak. Kazein yuqorida yozilganidek tindirish uchun ikkinchi marotaba cho`ktiriladi. +ayta cho`ktirilgan kazein filtr qog`ozlari orasida siqiladi va quritiladi, iloji boricha quritish oldidan ishlovni yuqorida aytilganidek spirt va efir bilan qaytarish kerak. +uritilgan kazein tortiladi va unumi tajribaga olingan sut miqdoriga nisbatan aniqlanadi.



Yüklə 371,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin