3-Mavzu: Oqsillarni tabiiy manbalar (sut, tuxum, qon zardobi)dan ajratib olish
3-ish Qon zardobidan albuminni ajratish Ishning umumiy izoshi. Hayvon (odam) qoni zardobidan 50% darajada tuz bilan to`yintirish yo`li bilan globulinlar (al’fa, beta, gamma) cho`ktiriladi, so`ngra cho`kma ustidagi suyuqlikdan tuz bilan to`yintirish darajasini 70 % ga yetkazib turib, zardob albumini cho`ktiriladi va dializ yo`li bilan tuzsizlantiriladi.
Jihozlar va reaktivlar. 50 ml o`lchagich silindr, 50 ml li stakan, sentrifuga (vakuum-filtrlagich qurilmasi), SF-26, 10 ml qon zardobi, ammoniy sulfat, dializ membranasi, shajmi 1 l bo`lgan dializ uchun kamera.
Ishning borishi. SHayvon yoki odam qoni zardobini tuz bilan to`yintirilganda tuzning kontsentratsiyasi asta-sekin oshirilishga qarab quyidagi fraktsiyalar (qismlar) cho`kishi mumkin:
Qon zardobi albuminini globulinlar yig`indisini ammoniy sulfat tuzi bilan 50 % gacha to`yintirilib oldindan cho`ktirilgandan so`ng ajratiladi. Buning uchun 10 ml qon zardobiga 3,13 g tuz qo`shiladi va globulinlar cho`kmasi filtrlanib yoki sentrifugalanib olib tashlanadi, filtrat (cho`kma ustidagi suyuqlik) yig`ib olinadi. Globulinlar cho`kmasi qayta cho`ktirilib fraktsiyalash uchun foydalaniladi. Zardob filtrati globulinlar olib tashlangandan so`ng o`lchagich silindrga solinib xajmi o`lchanadi va 60 % gacha to`yintirish uchun quruq tuz qo`shiladi. Ma`lum kontsentratsiyagacha kerak bo`lgan tuzning miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi: