Guruh talabasi ning biorganik kimyo fanidan amaliy mashg’uloti namangan 2023


koagulyatsiyalanish temperaturasini aniqlash



Yüklə 371,38 Kb.
səhifə9/33
tarix28.09.2023
ölçüsü371,38 Kb.
#150370
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
BIORGANIKA

koagulyatsiyalanish temperaturasini aniqlash
Ishning umumiy izoshi. Tuxum albumin (ovalbumin) namunasini (OV) ionlangan detergent (natriy dodetsilsulfat DDS-Na) bilan Lemmli disk bufer sistemasi ishtirokida yoki pH 8,0 bo`lgan 0,1 M natriy-fosfat buferini ishlatib marker oqsillarining elektroforetik yo`nalishiga nisbatan molekulyar massasi (Mr) aniqlanadi. Koagulyatsiyalanish temperaturasiga mochevinaning (8 M) va DDS-Na (2%) ning ta`siri aniqlanadi.
Jihozlar va reaktivlar. To`rtta naychali elektroforez asbobi, probirka (4 dona) koagulyatsiyalanish temperaturasini aniqlash uchun bir tomoni kavsharlangan shisha naycha (d  0,3-0,4 sm, N  10 sm), glitserin yoki sulfat kislota, termostat bilan joshozlangan suv shammomi, ovalbumin, odam qoni zardobi albumini (O+ZA), karboangidraza (KA), RNK-aza (RA), lizotsim (L). DDS-Na, mochevina, sirka kislotasi, metanol (40 ml), izo-propanol (50 ml), TXU (25 g), kumassi R-250 ning izo-propanol:sirka kislota: suv  12:10:78 dagi 0,1%-li eritmasi yoki qoraamid 10 V ning yuqoridagi aralashmadagi 0,5% -li eritmasi.
Ishning borishi. Bu qo`llanmada PAAGda elektroforez usulini osaborning bir xil tarkibli bufer sistemasini qo`llash keltirilgan. Kerak bo`lgan hollarda bir xil tarkibli bo`lmagan aralashma (disk-PAAGE) qo`llanilsa, uning borishini Maurer G., (Disk-elektroforez, 1971 y, 95-4-95 b.) kitobidan topish mumkin.
To`rta bir xil shisha naychaga (d  0,5 sm, N  10-12 sm) monomer aralashmasi quyilmasdan avval, 12%-li aerilamid (S  3,3%, T  12%), oxirgi kontsentratsiyasini 0,1 M, pH 8,0 bo`lgan natriy fosfat buferi, DDS-Na (0,1% gacha) va polimerlanish initsiatorlari TEMED – aralashmaning shar bir ml-ga 2-4 mkl, 10 mkl 5%-li ammoniy persulfat solinib, monomer aralashmasi bilan to`ldiriladi. Monomer aralashmani qo`pik shosil shildirilmasdan aralashtiriladi. elektroforez naychalarini tagidan polietilen yoki rezina plenka bilan berkitiladi va monomer aralashmasi solinadi. Xamma naychalar bir xil shajmda bo`lishiga erishish kerak (naycha tepasida 0,5-1,0 sm bo`sh joy qoldiriladi), monomer aralashmasi ustiga kolonkaning yuqori qismi tekis bo`lishligi uchun asta-sekin tajminan 0,1 ml suv quyiladi. Polimerlanish xona temperaturasida 20-30 min ichida tugaydi, buni gel’ bilan suv oralig`idagi keskin chegara shosil bo`lishidan aniqlash mumkin. PAAG solingan naycha tagidagi plenka olib tashlangandan so`ng, yuqoridagi rezervuarga mashkamlanib, pH 8,0 bo`lgan 0,1 M natriy fosfat buferi shamda 0,1%-li DDS-Na quyiladi. Marker oqsili namunasi va OV 5 mgml kontsentratsiyada quyidagi tarkibdagi bufer eritmada eritiladi: 0,1 M gacha Na-fosfat buferi, 2,3%-gacha DDS-Na, 7% gacha glitserin, 0,01% gacha reper bo`yog`i – bromfenol ko`ki.
Marker oqsillining eritmasi yaxshi dissotsiyalanishi uchun 1 minut davomida qaynab turgan suv shammomida isitiladi. SHar bir nechaga 10-20 mkl dan oqsil eritmasi solinadi va platinali elektrodlar yordamida asbob o`zgarmas tok manbaiga ulanadi. elektroforez maromi shar bir naychaga 2 mA, shammasi 24  8 mA, yoki gelning 1 sm balandligiga 8 V kuchlanishda 2-3 soat davomida boradi. Shundan so`ng, reper bo`yog`i naychadagi PAAG ning oxiriga etish bilan tok uziladi, gel’ meditsina shpritsi yordamida naychadan olinadi va oqsillar 25% TXU; 40%-li metanolda, 10% sirka kislotasi tutgan aralashmada 30 min davomida cho`ktiriladi. Gellarni bo`yash kumassi eritmasida yoki –oraamidda uo` haroratida 2 soat, davomida ( yoki 60 S da 30 minut) olib boriladi, aralashmadagi ortiqcha bo`yokni izo-propanol:sirka kislota:suv bilan (rangio`chguncha bir necha marotaba) yuviladi. Oqsillarning joylashishi ko`k (binafsha-ko`k) bo`lib chiqadi. elektroforegrammalar ish jurnalga chiziladi, shar bir oqsilining siljimi mm da o`lchanadi, natijasi jadvalga yoziladi:



Oqsil

M

lgM

Siljishi, mm-da

Rf
















Oqsil siljishi reper bo`yog`igi nisbatan yoki Rf qo`proq bo`lgan oqsilga solishtirib aniqlanadi. Jadvaldagi ma`lumotlarga qarab lgM ning Rf ga bog`liqligi grafigi tuziladi va OV ning mg aniqladi.


Elektroforez ketayotgan paytda OV ning termokoagulyatsiya T-sini aniqlashga kirishiladi. Buning uchun 3 ta eritma tayyorlanadi ( 5mgml  0,5%). Birinchi – suvda yoki fiziologik eritmada, ikkinchi eritma – 2%-li DDS-Na da, uchinchi 8 M mochevinada va tagi kavsharlangan naychaga 0,5 ml dan oqsil eritmasi solib quyilish darajasi aniqlanadi, loyqalanish boshlanishi harorati va zich qavat shosil bo`lishi harorati belgilanadi.



Yüklə 371,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin