49
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
HUJJATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA TARIXI
Sobirxonova Ziyoda Temurxon qizi
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6549997
Annotatsiya:Mazkur maqolada hujjat va hujjatchilikning paydo bo‘lishining
tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, hujjat so‘zing lug’aviy ma’nolari va
uning tarixi tadrijiy tarzda tahlilga tortilgan.
Kalit so‘zlar: Hujjat, vasiqa, yo‘riqnoma, farmoyish, xarajatnoma, patta
Insoniyat
qadim
zamonlardan
buyon
qonun
qoidalar
asosida
yashamoq.Qonunlar
hayotimizni
bir
maromda,
rejali
bo‘lishini
taminlaydi.Albatta qonunlar,farmonlar og‘izda qolib ketmasligi, ularga amal
qilinishi uchun yozib qo‘yiladi.Qonun,farmonlarni yozish, hujjatlashtirish keyingi
avlodlarga qoldirishga ham xizmat qiladi.Biz qonunlar,hujjatlar bilan ishlar
ekanmiz, albatta, hujjatchilik tarixini ham bilishimiz kerak bo‘ladi.Avvalo hujjat
so‘zing lug‘aviy ma’nosiga nazar solsak.
Besh jildli «O‘zbek tilining izohli
lug‘ati»da “Hujjat”
so‘ziga
quyidagicha
izoh
beriladi:
Hujjat-[a.-
dalil,isbot;sabab,bahona]tarzida izohlangan bo‘lib, ayni terminning 3 ta ma’nosi
ko’rsatilgan. 1.Kimsaning
kimligini
(shaxsiyatini),
mashg‘ulotini,
biror
tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport, guvohnoma, talabalik
bileti, a’zolik bileti va shu kabilar ). 2. Biror ish-faoliyat yoki narsaga haq-huquq
va shu kabilarni ko‘rsatuvchi, tasdiqlovchi ish qog‘ozi. 3. Ilmiy, ijtimoiy yoki
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyotlardir.
O‘rxun-yenisey yozuvlari eng qimmatli hujjatlardir [O‘zbek tilining izohli lug‘ati.
2-jild Z.M.Ma’rufov tahriri ostida.709-bet]. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy
ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham
ifodalaydi
[
https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-takomillashuvi-
hujjatchilik-tarix.html]
.
Hujjatchilik o‘zining uzoq tarixiga ega.Hujjatlar qadim
zamondan beri olib borilgani ma’lum.Yozuvning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda
hujjatchilik rivojlana boshlagan, u kishilar o‘rtasidagi muomala,fikr almashuv va
bir-birini tushunish vositasini bergan. Hujjatchilik albatta jamiyat tarixi bilan
bevosita bog‘liq.Ishlab chiqarish va davlat apparatidagi ish yuritishning
o‘zgarishi bilan hujjatchilik han rivojlanib, takomillashib bordi.Dunyoning har
bir mamlakatida hujjat yuritish turli davrlarda paydo bo‘lgan.
Bobilning
milloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xamurapining adolatpesha
qonunlar majmuyi, undan ham qadimiyroq shoh Ur-Nammu (millodan avvalgi
2112-2094 yillar)ning qonunlari [M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov,
50
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
N.Mahmudov. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma).2003]. va boshqa manbalarning
mavjudligi “hujjatlar” deb atalgan tartib vositalarining qanchalik olis va
murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Rossiya davlatida ham
hujjatchilik o‘ziga xos bo‘lgan . Rossiya davlatida hujjat yuritish IX-X asrlardan
boshlangan. X asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo‘llana boshlagan. XlV asr
oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar
Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor
ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng
ma’noda guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida
qo‘llanilgan
[https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-takomillashuvi
hujjatchilik-tarix.html].
Yevropa davlatida hujjatchilik paydo bo‘lishi yuritilishi
shu zaylda boshlangan bo‘lsa, bizning zaminimizda ham bu jarayon qadimdan
boshlangan.Turkiy xalqlarda hujjatchilik paydo bo‘lishini X asr va undan olgingi
asrlarga borib taqalishini aytishadi.Bu fikrlarni asoslovchi ma’lumotlar ham bor.
M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “ Bushug‘” so‘zi uchraydi. U
elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog‘ozi, shuningdek, elchilarga
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”
asarida yorliq va noma ma’nosi o‘rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi
kunda faol qo‘llanishga o‘tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so‘zdan olingan
.
Sho‘rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi [Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy
davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan
ta’minlash.2011]. Biz bu ma’lumotlar orqali M Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib
davlarda ham hujjatchilik bor bo‘lgani va biz hozirgi yuritayotgan
hujjatlarimizning nomi va shakli o‘sha davrgi hujjatlari asosida
shakillanganligini bilishimiz mumkin. Tarixchi olimlar izlanishlar olib
borib,Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, bitim, arznoma, qarznoma tilxat va
mazmuman shunga yaqin hujjatlar keng tarqalgani haqida xabr
beradilar.Yorliqning, mazmuni xilma xil bo‘lgan.Ular xabar, tavsif, farmoyish,
bildirish, tasdiqlash ma’nolarini bildirgan
.
Bu o‘rinda To‘xamishxonning 1393
yilda polyak qiroli Yag‘ayalga yo‘llagan yorlig‘i,Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi
yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid
Ahmad isimli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i[Q.Sodiqov. Eski uyg‘ur yozuvi.
1989-yil]. Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2–iyinda Peterburgga-
Rpossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i,[2 ЦГВИА РФ, Архив
внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись III/I, дело № 1,
опись 132/1, дело № 6 ]. Nikolay Ostraumovning Turkiston arxeloglar
xavaskorlari to‘garagining 1897 yil 29- avgustdagi majlisida Amir Temurning
Ahmad
Yassaviy
mozoriga
bergan
yorlig‘i
haqida
ma’ruzasi
51
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
[.S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar,
islohotlar va muammolar ( XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)]
va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. Qadimgi davr yorliqlarida o‘ziga xos
lisoniy qolip shakillangan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga
ega bo‘ladi.Masalan birinchidan“To‘xtamish so‘zim Yag‘aylaga” deb,ikkinchisi-
“temur Qutlug‘ so‘zim” deb, uchinchisi-“Sulton Umarshayx Bahodir so‘zim” deb
boshlanadi. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq
yozilgan sana va joy ko‘rsatilgan [Ёрликларнинг хусусияти ва матний
таркибий кисмлари хакида каранг: Григорьев А.П. Конкретные формуляры
чингизидских жалованных грамот XIII-XV вв. II: Тюркологический
сборник.-М., 1978, стр. 198-218].
XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta” lardir
[.Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Pattada ma’lum kishiga
muayyan miqdordagi pul, mahsulot,urug‘(don) yoki boshqa narsalarni berish
lozimligi haqida ma’lumot keltirilgan.Patta matnlarida ham o‘ziga xos doimiy va
muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o‘zbek hujjatchiligi uzoq tarixiy
tajriba ma’hsuli ekanligining dalilidir. Bugungu kunda fanda qimmatli
ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar bor. Ular tariximizni turli davlariga oid.
O‘rxun-Enasoy,sog‘d,eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan hujjatlar
haqida ma’lumot beradi.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va
VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob
(Panjikent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalarida
topilgan sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritish ahvolidan darak bersa,
800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “vasiqalar to‘plami” 1588-1591- yillarda
Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy istisodiy turmush tarzini yaqqol
yoritib bergan. Sug‘d tarixidagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi 710- yillarnig 25-
martda yozilgan bo‘lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug‘d ayoli
Dug‘dgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa,
burchlari va majburiyatlari bayon etilgan.Undan tashqari Sug‘d podsholigida yer
xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, xarajatnoma va o‘zaro yozishmalar iborat
bir qator nodir hujjatlar ham bo‘lgan [https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-
uning-takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html].
O‘zbek hujjatchilik tarixiga nazar solsak qadim zamonlarda “Risola” deb atalgan
hujjat ham borligini bilishimiz mumkin. Bu hujjat o‘ziga xos ahloqiy, diniy
qo‘llanma bo‘lib ustadan o‘rnatilgan odat va an’analarga rioya etishni talab
qilgan. Hunarmandlar ham buni buzishga haddi sig‘magan,chunki bir joriy
etilgan yangilik ana shunday qoida va ruhoniylar qarshiligiga duch kelishi
52
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
mumkin
edi
[Samarqand
VDA.1843-jamg‘arma.1-ro‘yxat.2-yig‘majild].
Risolani bugungu kundagi yo‘riqnomalarga o‘xshatishimiz mumkin. Bilamizki,
bizda uch xonliklar davri bo‘lgan. Ularning har birida o‘zida xos qonun qoidalari
shakllantirilgan. Bu hol esa hujjatlarni ham xilma xil bo‘lishiga olib kelgan.
Bulardan biri Xiva xonligi tarkibidagi Xorazm shahri. Bu yerdagi
manzilgohlardan charm yuzasiga yozilgan 8 ta xo‘jalik hujjatidan parchalar.20 ta
taxtachaga yozilgan hujjat topilgan.Ularda Tuproqqal’a hayot davrida unga tobe
xonadon a’zolarining ro‘yxati,harboy chaqiriq, soliq, jon ro‘yxatlar bo‘lgan.
Nufuzli zotlar bilan birga qullar ham qayd qilingan. 4 ta hujjatda Tuproqal’a
omboriga qabul qilingan xo‘jalik asbob-uskunalari, xususan, bir o‘rinda
g‘ildiraklar,bu narsalarning taqsimlab berilishi haqida ma’lumotlar berilgan
[Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Namangan viloyati
Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog‘il qal’asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat
topilgan. Ular milliy sug‘d yozuvida bo‘lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy
qog‘ozlariga
bitilgan.[
.https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-
takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html]. Namnagan Qo‘qon xonligi tarkibiga
kirgan va o‘sha yerning hujjat yuritilishi haqida ma'lumot beradi. Bu kabi
hujjatlarni o‘rganilishadan asosiy maqdsad tariximizda qanday hujjatlar bo‘lgan
va qanday yuritilganini bilish,ulardan andoza olish.Hujjatlar ma’lum shaxlar
hayotidan ham habar bergan. Anglyalik mashhur yozuvchi,adib Ulyam Shekispir
cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayydan boshqa uning hayoti haqida
deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida ham 1596 yilda
stratforlik Enn Xatauey ismli qizga uylangnaligi hamda to‘ng‘ich farzandi Syuzen
1583-yilda, egizaklari: Hamlet va Judit 1585-yilda cho‘qintirilganligi haqida
ma’lumotlar keltirilgan. O‘z davrida bunday hujjatlar yozilgani adib haqida
ma’lumot ega bo‘lishimizga yordam beradi. Bizgacha yetib kelgan hujjatlar
ichida eng muhimi va dunyoga tarqalgani,chet davlatlar olimlari tomonidan
o‘rganilgani, shohlar, sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturuamla vazifasini
o‘tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning
“Temur tuzuklari”dir. U o‘rta asrlarda U o‘rta asrlarda davlatchilikning asosiy
qonuni sifatida mashhur bo‘lib,unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish,
toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash,
askarlarning maoshi, boj va soliq to‘lash tartibi, mamlakatni boshqarish tartibi
va shu kabi davlatni yuksaltishish va tinchligi ta’minlash borasidagi muhim
ma’lumotlar berilgan. Yuqora aytib o‘tganimizdek hujjatchilik davlat va jamiyat
bog‘liqdir. Ular yuksalsa yoki rivojlanish ortda qolsa hujjatchilik o‘zgarib boradi.
Bizning yurtimiz ruslar mustamlakasi bo‘lgan davrda bu sohada ancha
53
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya»
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
o‘zgarishlar bo‘ldi. Hujjatlarning tili rus tilida yuritiladigan , afsuski, hozir ham
davom etmoqda.Ular bizni biz esa ularni hujjatchilik sohasidagi bilimlarini
o‘rgandik. Misol uchun arxelog va sharqshunos sifatida tanilgan V.LViyatkin
Samarqand viloyat mahkamasida ishlagan.Viyatkin o‘z tadqiqotlarida tarixiy
hijjatlarga ,ayniqsa vaqfnomalarga kata etibor qaratgan. U XV-XIX asarlarga
mansub 151 ta xujjatni jumlagan, 133 ta vaqfnomani o‘rganib chiqqan
edi.[S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar,
islohotlar va muammolar (XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)].
Dostları ilə paylaş: |