Hujjatchilikning paydo bo‘lishi va tarixi sobirxonova Ziyoda Temurxon qizi Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘tau



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix02.02.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#82480
  1   2
ZDPP1313



49 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
HUJJATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA TARIXI 
Sobirxonova Ziyoda Temurxon qizi 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU 
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6549997 
 
Annotatsiya:Mazkur maqolada hujjat va hujjatchilikning paydo bo‘lishining 
tarixiy ildizlari haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, hujjat so‘zing lug’aviy ma’nolari va 
uning tarixi tadrijiy tarzda tahlilga tortilgan. 
Kalit so‘zlar: Hujjat, vasiqa, yo‘riqnoma, farmoyish, xarajatnoma, patta 
Insoniyat 
qadim 
zamonlardan 
buyon 
qonun 
qoidalar 
asosida 
yashamoq.Qonunlar 
hayotimizni 
bir 
maromda, 
rejali 
bo‘lishini 
taminlaydi.Albatta qonunlar,farmonlar og‘izda qolib ketmasligi, ularga amal 
qilinishi uchun yozib qo‘yiladi.Qonun,farmonlarni yozish, hujjatlashtirish keyingi 
avlodlarga qoldirishga ham xizmat qiladi.Biz qonunlar,hujjatlar bilan ishlar 
ekanmiz, albatta, hujjatchilik tarixini ham bilishimiz kerak bo‘ladi.Avvalo hujjat 
so‘zing lug‘aviy ma’nosiga nazar solsak.
Besh jildli «O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati»da “Hujjat” 
so‘ziga 
quyidagicha 
izoh 
beriladi: 
Hujjat-[a.-
dalil,isbot;sabab,bahona]tarzida izohlangan bo‘lib, ayni terminning 3 ta ma’nosi 
ko’rsatilgan.1.Kimsaning 
kimligini 
(shaxsiyatini), 
mashg‘ulotini, 
biror 
tashkilotga a’zoligini tasdiqlovchi guvohnoma (pasport, guvohnoma, talabalik 
bileti, a’zolik bileti va shu kabilar ).2. Biror ish-faoliyat yoki narsaga haq-huquq 
va shu kabilarni ko‘rsatuvchi, tasdiqlovchi ish qog‘ozi. 3. Ilmiy, ijtimoiy yoki 
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlar, suratlar, asar yoki adabiyotlardir. 
O‘rxun-yenisey yozuvlari eng qimmatli hujjatlardir [O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 
2-jild Z.M.Ma’rufov tahriri ostida.709-bet]. Shuningdek, u ijtimoiy tarixiy 
ahamiyatga ega bolgan yozuv va suratlar, asar yoki adabiyot ma’nosini ham 
ifodalaydi 
[
https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-takomillashuvi-
hujjatchilik-tarix.html]
.
Hujjatchilik o‘zining uzoq tarixiga ega.Hujjatlar qadim 
zamondan beri olib borilgani ma’lum.Yozuvning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda 
hujjatchilik rivojlana boshlagan, u kishilar o‘rtasidagi muomala,fikr almashuv va 
bir-birini tushunish vositasini bergan. Hujjatchilik albatta jamiyat tarixi bilan 
bevosita bog‘liq.Ishlab chiqarish va davlat apparatidagi ish yuritishning 
o‘zgarishi bilan hujjatchilik han rivojlanib, takomillashib bordi.Dunyoning har 
bir mamlakatida hujjat yuritish turli davrlarda paydo bo‘lgan.
Bobilning 
milloddan avvalgi 1792-1750 yillardagi shohi Xamurapining adolatpesha 
qonunlar majmuyi, undan ham qadimiyroq shoh Ur-Nammu (millodan avvalgi 
2112-2094 yillar)ning qonunlari [M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, 


50 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
N.Mahmudov. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma).2003]. va boshqa manbalarning 
mavjudligi “hujjatlar” deb atalgan tartib vositalarining qanchalik olis va 
murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Rossiya davlatida ham 
hujjatchilik o‘ziga xos bo‘lgan . Rossiya davlatida hujjat yuritish IX-X asrlardan 
boshlangan. X asrga kelib shartnomalarda muhrlar qo‘llana boshlagan. XlV asr 
oxirlaridan boshlab hujjatlar qog‘ozlarda o‘z ifodasini topishga o‘tgan. Manbalar 
Pyotr davrida “Dokument” so‘zining ishlatila boshlaganidan darak beradi. U tor 
ma’noda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) o‘rnida ishlatilgan. Keng 
ma’noda guvoh beruvchi, ibratli, namunali, dadil, isbotlovchi ma’nosida 
qo‘llanilgan 
[https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-takomillashuvi 
hujjatchilik-tarix.html].
Yevropa davlatida hujjatchilik paydo bo‘lishi yuritilishi 
shu zaylda boshlangan bo‘lsa, bizning zaminimizda ham bu jarayon qadimdan 
boshlangan.Turkiy xalqlarda hujjatchilik paydo bo‘lishini X asr va undan olgingi 
asrlarga borib taqalishini aytishadi.Bu fikrlarni asoslovchi ma’lumotlar ham bor. 
M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida “Bushug‘” so‘zi uchraydi. U 
elchiga qaytib ketish uchun beriladigan ijozat qog‘ozi, shuningdek, elchilarga 
beriladigan sovg‘a ma’nolarini bildiradi. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik” 
asarida yorliq va noma ma’nosi o‘rnida “bildargulik” so‘zi ishlatilgan. Hozirgi 
kunda faol qo‘llanishga o‘tgan “bildirishnoma”, “bildirish” shu so‘zdan olingan

Sho‘rolar davrida bu so‘z “raport” deb yuritilardi [Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy 
davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan 
ta’minlash.2011]. Biz bu ma’lumotlar orqali M Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib 
davlarda ham hujjatchilik bor bo‘lgani va biz hozirgi yuritayotgan 
hujjatlarimizning nomi va shakli o‘sha davrgi hujjatlari asosida 
shakillanganligini bilishimiz mumkin. Tarixchi olimlar izlanishlar olib 
borib,Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, bitim, arznoma, qarznoma tilxat va 
mazmuman shunga yaqin hujjatlar keng tarqalgani haqida xabr 
beradilar.Yorliqning, mazmuni xilma xil bo‘lgan.Ular xabar, tavsif, farmoyish, 
bildirish, tasdiqlash ma’nolarini bildirgan
.
Bu o‘rinda To‘xamishxonning 1393 
yilda polyak qiroli Yag‘ayalga yo‘llagan yorlig‘i,Temur Qutlug‘ning 1397 yildagi 
yorlig‘i, Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir Sayid 
Ahmad isimli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i[Q.Sodiqov. Eski uyg‘ur yozuvi. 
1989-yil]. Toshkent hokimi Yunusxo‘janing 1797-yil 2–iyinda Peterburgga-
Rpossiya podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i,[2 ЦГВИА РФ, Архив 
внешней политики России. Фонд Ташкентские дела, опись III/I, дело № 1, 
опись 132/1, дело № 6 ]. Nikolay Ostraumovning Turkiston arxeloglar 
xavaskorlari to‘garagining 1897 yil 29- avgustdagi majlisida Amir Temurning 
Ahmad 
Yassaviy 
mozoriga 
bergan 
yorlig‘i 
haqida 
ma’ruzasi 


51 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
[.S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar, 
islohotlar va muammolar ( XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)] 
va shu kabilarni misol qilishimiz mumkin. Qadimgi davr yorliqlarida o‘ziga xos 
lisoniy qolip shakillangan, yorliqlar matn jihatidan an’anaviy tarkibiy qismlarga 
ega bo‘ladi.Masalan birinchidan“To‘xtamish so‘zim Yag‘aylaga” deb,ikkinchisi-
“temur Qutlug‘ so‘zim” deb, uchinchisi-“Sulton Umarshayx Bahodir so‘zim” deb 
boshlanadi. Bayonda ham muayyan qolip bor, shuningdek, albatta, yorliq 
yozilgan sana va joy ko‘rsatilgan [Ёрликларнинг хусусияти ва матний 
таркибий кисмлари хакида каранг: Григорьев А.П. Конкретные формуляры 
чингизидских жалованных грамот XIII-XV вв. II: Тюркологический 
сборник.-М., 1978, стр. 198-218].
XIX asrda Qo‘qon xonligida keng tarqalgan hujjatlardan biri “patta” lardir 
[.Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi,amaliyoti va 
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Pattada ma’lum kishiga 
muayyan miqdordagi pul, mahsulot,urug‘(don) yoki boshqa narsalarni berish 
lozimligi haqida ma’lumot keltirilgan.Patta matnlarida ham o‘ziga xos doimiy va 
muayyan tarkib va nutqiy qolip borki, bu ham o‘zbek hujjatchiligi uzoq tarixiy 
tajriba ma’hsuli ekanligining dalilidir. Bugungu kunda fanda qimmatli 
ma’lumotlarga ega bo‘lgan hujjatlar bor. Ular tariximizni turli davlariga oid. 
O‘rxun-Enasoy,sog‘d,eski uyg‘ur, arab va boshqa yozuvlarda bitilgan hujjatlar 
haqida ma’lumot beradi.
Bizgacha yetib kelgan manbalar orasida VII asr oxiri va 
VIII asr boshlarida Sug‘d podsholigi davriga tegishli 80 ga yaqin noyob 
(Panjikent yaqinidagi Mug‘ tog‘ida joylashgan qadimgi qasr xarobalarida 
topilgan sug‘dcha) hujjatlar Sug‘d davlatida ish yuritish ahvolidan darak bersa, 
800 ga yaqin hujjatlarni qamrab olgan “vasiqalar to‘plami” 1588-1591- yillarda 
Samarqanddagi tarixiy voqelikni, ijtimoiy istisodiy turmush tarzini yaqqol 
yoritib bergan. Sug‘d tarixidagi sug‘dcha nikoh guvohnomasi 710- yillarnig 25-
martda yozilgan bo‘lib, unda turk zodagoni Uttakinning sug‘d ayoli 
Dug‘dgunchaga uylanishi rasmiylashtirilgan hamda kelin bilan kuyovning vazifa, 
burchlari va majburiyatlari bayon etilgan.Undan tashqari Sug‘d podsholigida yer 
xarid qilish, tegirmonni ijaraga olish, xarajatnoma va o‘zaro yozishmalar iborat 
bir qator nodir hujjatlar ham bo‘lgan [https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-
uning-takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html]. 
O‘zbek hujjatchilik tarixiga nazar solsak qadim zamonlarda “Risola” deb atalgan 
hujjat ham borligini bilishimiz mumkin. Bu hujjat o‘ziga xos ahloqiy, diniy 
qo‘llanma bo‘lib ustadan o‘rnatilgan odat va an’analarga rioya etishni talab 
qilgan. Hunarmandlar ham buni buzishga haddi sig‘magan,chunki bir joriy 
etilgan yangilik ana shunday qoida va ruhoniylar qarshiligiga duch kelishi 


52 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
mumkin 
edi 
[Samarqand 
VDA.1843-jamg‘arma.1-ro‘yxat.2-yig‘majild].
Risolani bugungu kundagi yo‘riqnomalarga o‘xshatishimiz mumkin. Bilamizki, 
bizda uch xonliklar davri bo‘lgan. Ularning har birida o‘zida xos qonun qoidalari 
shakllantirilgan. Bu hol esa hujjatlarni ham xilma xil bo‘lishiga olib kelgan. 
Bulardan biri Xiva xonligi tarkibidagi Xorazm shahri. Bu yerdagi 
manzilgohlardan charm yuzasiga yozilgan 8 ta xo‘jalik hujjatidan parchalar.20 ta 
taxtachaga yozilgan hujjat topilgan.Ularda Tuproqqal’a hayot davrida unga tobe 
xonadon a’zolarining ro‘yxati,harboy chaqiriq, soliq, jon ro‘yxatlar bo‘lgan. 
Nufuzli zotlar bilan birga qullar ham qayd qilingan. 4 ta hujjatda Tuproqal’a 
omboriga qabul qilingan xo‘jalik asbob-uskunalari, xususan, bir o‘rinda 
g‘ildiraklar,bu narsalarning taqsimlab berilishi haqida ma’lumotlar berilgan 
[Z.M.Jo‘rayev.Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va 
boshqaruvini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash.2011]. Namangan viloyati 
Kosonsoy shahri yaqinidagi Mog‘il qal’asidan VII-VIII asrga oid 80 ta hujjat 
topilgan. Ular milliy sug‘d yozuvida bo‘lib, toldan kesilgan tayoqcha, teri va xitoy 
qog‘ozlariga 
bitilgan.[ 
.https://fayllar.org/hujjatchilik-tarixi-va-uning-
takomillashuvi-hujjatchilik-tarix.html]. Namnagan Qo‘qon xonligi tarkibiga 
kirgan va o‘sha yerning hujjat yuritilishi haqida ma'lumot beradi. Bu kabi 
hujjatlarni o‘rganilishadan asosiy maqdsad tariximizda qanday hujjatlar bo‘lgan 
va qanday yuritilganini bilish,ulardan andoza olish.Hujjatlar ma’lum shaxlar 
hayotidan ham habar bergan. Anglyalik mashhur yozuvchi,adib Ulyam Shekispir 
cho‘qintirilgani haqida cherkov daftaridagi qayydan boshqa uning hayoti haqida 
deyarli hech qanday ma’lumot uchramaydi. Cherkov daftarida ham 1596 yilda 
stratforlik Enn Xatauey ismli qizga uylangnaligi hamda to‘ng‘ich farzandi Syuzen 
1583-yilda, egizaklari: Hamlet va Judit 1585-yilda cho‘qintirilganligi haqida 
ma’lumotlar keltirilgan. O‘z davrida bunday hujjatlar yozilgani adib haqida 
ma’lumot ega bo‘lishimizga yordam beradi. Bizgacha yetib kelgan hujjatlar 
ichida eng muhimi va dunyoga tarqalgani,chet davlatlar olimlari tomonidan 
o‘rganilgani, shohlar, sarkardalar, davlat arboblari uchun dasturuamla vazifasini 
o‘tab kelgan noyob manba buyuk bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning
“Temur tuzuklari”dir. U o‘rta asrlarda U o‘rta asrlarda davlatchilikning asosiy 
qonuni sifatida mashhur bo‘lib,unda davlatni idora qilishda kimlarga tayanish, 
toj-u taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo‘shin boshliqlarini saylash, 
askarlarning maoshi, boj va soliq to‘lash tartibi, mamlakatni boshqarish tartibi 
va shu kabi davlatni yuksaltishish va tinchligi ta’minlash borasidagi muhim 
ma’lumotlar berilgan. Yuqora aytib o‘tganimizdek hujjatchilik davlat va jamiyat 
bog‘liqdir. Ular yuksalsa yoki rivojlanish ortda qolsa hujjatchilik o‘zgarib boradi. 
Bizning yurtimiz ruslar mustamlakasi bo‘lgan davrda bu sohada ancha 


53 
«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya» 
nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
o‘zgarishlar bo‘ldi. Hujjatlarning tili rus tilida yuritiladigan , afsuski, hozir ham 
davom etmoqda.Ular bizni biz esa ularni hujjatchilik sohasidagi bilimlarini 
o‘rgandik. Misol uchun arxelog va sharqshunos sifatida tanilgan V.LViyatkin 
Samarqand viloyat mahkamasida ishlagan.Viyatkin o‘z tadqiqotlarida tarixiy 
hijjatlarga ,ayniqsa vaqfnomalarga kata etibor qaratgan. U XV-XIX asarlarga 
mansub 151 ta xujjatni jumlagan, 133 ta vaqfnomani o‘rganib chiqqan 
edi.[S.O‘.Abdulg‘aniyevich. Dissertatsiya: Toshkent vaqf hujjatlarida an’analar, 
islohotlar va muammolar (XVI-XV asr boshlariga oid tarixiy hujjatlar asosida)]. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin