Nutq tushunarli bo’lsin.Og‘zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o‘quvchiga tushunarli bo‘lishi zarur.So‘zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o‘quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi.
Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali, ya‘ni jonli, chiroyli, ishontiradigan bo‘lsa, eshituvchiga yoki o‘quvchiga ta‘siretadi. Og‘zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta‘sir etsa,og‘zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o‘quvchiga hikoyaningumumiy ruhi, dalillar, tanlangan so‘zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla,iboralaryordamida ta‘siretadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo‘lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so‘zlardan sof bo‘lishini taqozo etadi.
Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab uchun nutqning adabiy til me‘yorlariga mos va to‘g‘ri bo‘lishi alohida ahamiyatga ega. Yozma nutq grammatika, imlo va punktuatsiya jihatidan, og‘zaki nutq esa orfoepik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi talab etiladi. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi uchun so‘z tanlash va nutq logikasi katta ahamiyatga ega.
Yuqorida sanab o‘tilgan talablar o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, maktab ishlari tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi
Nutq − o’quvchilar tafakkurini o’stirishdagi muhim vosita
Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina kolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o‘stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o‘stirish mumkin. SHuning uchun o‘quvchilar nutqini o‘stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo‘naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.
Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va bayon etilsagina, muvaffaqiyatli o‘sadi. Tushuncha so‘zlar yoki so‘z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi bo‘lgan so‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda, tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo‘ladi.
Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.«Nutq tafakkur bilan chambarchas bog‘langandir.Nutq bo‘lmasa, tafakkur ham bo‘lmaydi, til materiali bo‘lmasa, fikrni ifodalab berib bo‘lmaydi»2.
Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta‘minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasini, lug‘at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o‘stirish uchun shart- sharoit hozirlaydi.Bilimlar, dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham
2 И в а н о в П. И. Умумий психология. –Т.: «Ўқитувчи», 1967. 306 -
бет
materialidir.Nutq tafakkur jarayonini o‘rganishning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Nutqdan o‘quvchi fikriy rivojining asosiy o‘lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O‘quvchining barcha o‘quv predmetlaridan materialni o‘zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanish haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni o‘quvchi o‘z nutqida (yozgan inshosida, axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qanday bayon eta olishiga qaraladi.
SHunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo‘lmaydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib yetiladi, yuzaga chiqadi.Ikkinchi tomondan, nutqning o‘sishi fikrni shakllantirishga yordamberadi, takomillashtiradi.
O’quvchilar nutqini o’stirishning boshqa o’quv predmetlari bilan bog’liqligi
O‘quvchilar nutqini o‘stirish boshqa o‘quv predmetlaridan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog‘lanadi. Ona tili darslarida o‘quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o‘ylashni va ko‘rganlari, eshitganlari, o‘qiganlari haqida to‘g‘ri bayon qilishni o‘rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug‘atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatadi.
O‘qish darsi va u bilan bog‘liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o‘quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va mehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muomala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o‘stirishga keng imkoniyat mavjud. SHe‘r, maqolalarni o‘qish, o‘qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida ko‘rganlarini hikoya qilish o‘quvchilar og‘zaki nutqini o‘stirish vositasidir. Ona tili darslarida esa yozma nutqni o‘stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Grammatikani o‘rganish va o‘qish darslarida o‘quvchilar bajaradigan so‘z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda ularga yordam beradi.
Grammatika va to‘g‘ri yozuv darslarida tilni maxsus o‘rganish bilan bolalar alohida tovush, bo‘g‘in, so‘z va gaplarni eshitishga va aytishga o‘rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko‘pgina so‘zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo‘g‘in, so‘z, o‘zak, qo‘shimcha, so‘z turkumi, ot, sifat, fe‘l, son, olmosh, bog‘lovchi, gap, gap
bo‘lagi, darak gap, so‘roq gap, undov gap singari juda ko‘p yangi atamalarni bilib oladilar.
Boshlang‘ich sinflardagi boshqa darslarda ham o‘quvchilar nutqi xilma-xil so‘zlar bilan boyitiladi. Kuzatish vaturli ko‘rgazmali qurollar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi.
Matematika darslarida bolalar yangi tasavvur va tushunchalar, juda ko‘p so‘z va atamalar bilan o‘z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo‘shma gap tuzishga o‘rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o‘nlikka ikkita o‘nlik va 5 ta birlikni qo‘shsak, uchta o‘nlik va 5 ta birlik hosil bo‘ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.
Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o‘z nutqlarida ishlatib kelgan
Dostları ilə paylaş: |