264 tadan 309 taga (har oyda), oqova hamda yer usti suvlarini ifloslantirish manbalarida monitoring bo‘yicha manbalar 171 tadan 208 taga (har chorakda) hamda va tuproq ifloslanishi manbalarida davlat ekologik monitoringi bo‘yicha manbalar 123 tadan 128 taga (yilda ikki marotaba bahor va kuz fasllarida) monitoring o‘tkaziladigan jami sub’ektlar 452 tadan 548 taga, ob’ektlar soni 558 tadan 645 taga oshirildi.
2020 yilning 9 oylik yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar) tomonidan dastur rejasi bo‘yicha jami – 645 ta korxonalarning 577 tasiga - 4029 ta manbalarida analitik nazorat ishlari amalga oshirilib shundan, tuproqni ifloslanishini nazorat qilish bo‘yicha 119 ta, oqova suvlarni nazorati bo‘yicha 176 ta va atmosfera havosiga tashlama manbalar monitoringi bo‘yicha 282 tani tashkil etadi. Tahlil natijalariga ko‘ra 2020 yilning 9 oy davomida 277 ta manbalarida atrof tabiiy muhitni ruxsat etilgan me’yordan ortiq ifloslantirish holatlari aniqlanib, qo‘shimcha kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash haqida qaror qabul qilish uchun hududiy inspektsiyasilariga sinovlar bayonnomalarining nusxalari taqdim etilishi natijasida monitoring amalga oshirilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan 8 068,9 mln.so‘m (31,4 mln. so‘m jarima va 8 037,5 mln. so‘m qo‘shimcha kompensatsiya) jarima va qo‘shimcha kompensatsiya hisoblanib(2019 yil shu davrida 3,6 mln.so‘m jarima va 1 092,8 mln.so‘m kompensatsiya belgilangan) o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jarima 872,2%ga yoki 27,8 mln.so‘mga va kompensatsiya to‘lovi 735,5%ga yoki 6 944,7 mln.so‘mga oshirilishiga erishildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Atrof-muhit ifloslanishini monitoring qilish bo‘limlari (tahliliy laboratoriyalar) tomonidan joriy yilning 9 oyligida yillik yakunlari bo‘yicha atrof muhitni ifloslantiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning