I bob. Ekotizimlarni tashkil etgan tarkibiy qismlar


I.BOB.EKOTIZIMLARNI TASHKIL ETGAN TARKIBIY QISMLAR



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə2/9
tarix06.10.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#152583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekologik monitoring

I.BOB.EKOTIZIMLARNI TASHKIL ETGAN TARKIBIY QISMLAR
1.2.Atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash ishlari
Tabiatning o‘ziga xos xususiyatidan biri uning tizimli tuzilishga ega ekanligidir. Tabiatdagi barcha ekotizimlar sayyoraviy yaxlit ekotizim —biosfYerani hosil qiladi. Ekotizimlarni tashkil etgan tarkibiy qismlar va ekotizimlar o‘rtasida o‘zaro aloqa hamda bog‘liqlik mavjud. Ular o‘rtasidagi elementlardan birortasining o‘zgarishi uning boshqa qismlari o‘zgarishiga yoki bir ekotizimdagi o‘zgarishlar boshqa ekotizim- larning o‘zgarishiga ta’sir etishi muqarrar. SHu tufayli har bir ekotizim (cho‘l, tog‘to‘qay va b.) uziga xos alohida tizim hisoblanadi. Ushbu tizimlarning har biri o‘zidan yuqori tizim tarkibiga kiradi.
Landshaft joy to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni o‘zida aniq ifoda etadi. Landshaft va uning morfologik qismlari (fatsiya, urochisha) to‘g‘risida axborotlar ekologik monitoring uchun deyarli barcha ma’lumotlarni ifodalaydi. Boshqacha aytganda, landshaft morfologik qismlari undagi ekologik axvol to‘g‘risidagi aniq tasavvurlarga ega bo‘lishga yordam bYeradi.
Geografik qobiqning genetik jihatdan bir bo‘lgan tabiiy-hududiy majmualarga tabaqalashuvi, ulardagi barcha jarayonlar o‘zaro bog‘liq va bir-biri ta’sirida rivojlanishini bilish landshaft yondashuvlarining asosiy mag‘zini tashkil etadi.
Ekologik monitoring tadqiqotlaridagi yondashuvlaridan biri ekologik yondashuvdir. U ekotizimlarning sifat o‘zgarishlari, tabiat muhofazasi muammolarining optimal echimi va boshqalarni nazarda tutadi. YOndashuv tabiiy muhitni o‘zgartirishda nafaqat uning xolatini yaxshilash, balki ekotizim­larning mahsuldorligini oshirishga ham chog‘lanadi. AtmosfYera va suv xavzalariga chiqarilayotgan turli zararli chiqindilar miqdori ortib borayotgan, joylarda xaligacha kuchli pesti- sidlar qo‘llanishga chek qo‘yilmagan hozirgi bir vaqtda ekolo­gik yondashuvning ahamiyati borgan sari ortmoqda. Umuman, bu yondashuv organizmlarning o‘zaro va atrof-muhit bilan aloqada ekanligidan kelib chiqadi.
1.2.Ekologik monitoring tizimidagi yuqoridagi yondashuvlar
Iqtisodiy yondashuv, birinchidan, ekologik monitoring ta- dqiqotlar tizimining rivojlanishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, baholash va bashoratlash ishlari o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Bu ko‘plab sarf-xarajatlar bilan bog‘liqligi ayon. Ikkinchidan, ekologik monitoring jarayonida ijobiy natijalarga Yerishilsa, uning iqtisodiy samaradorligi ham yuqori bo‘ladi. Ekologik monitoring natijasida ekotizimlarning barqarorligiga Yerishilishi ular mahsuldorligini oshiradi. Ekotizimlar mahsuldorligining oshishi iqtisodiyot uchun muhimligi sir emas.
Xullas, ekologik monitoring tizimidagi yuqoridagi yondashuvlar noma’qul ekologik oqibatlarni bartaraf etishga va natijada ekologik-iqtisodiy barqapop rivojlanishga ko‘maklashadi. Ekologik monitoring jarayonlarida havo, Yer usti suvlarining miqdori va sifati, iqlimdagi o‘zgarishlar, tuproq qoplamining xossalari, o‘simlik va hayvonot dunyosining xolati muhimdir. Ularni bilish qator tadqiqot usullari orqali amalga oshirishni taqozo etadi. Tadqiqotlarda ko‘proq kar­tografik, landshaft-giokimyoviy, kimyoviy, bioindikatsiya, xromatog­rafiya, aYerokosmik kabi usullardan foydalaniladi.
Kartografik usul ichida landshaft kartalarining ahamiyati katta. Ushbu kartalar orqali nafaqat ekotizimlarning tuzilmasi to‘g‘risida, balki ekotizimning morfologik qismlarini baholash imkoni tug‘iladi. SHuningdek, landshaft kartasi yordamida ekotizimda iqtisodiyot tarmoqlarini oqilona joylashtirish va ulardan oqilona foydalanishga Yerishiladi.
Landshaft-geokimyoviy usul yordamida tuproqdagi sho‘rlanish jarayoni, Yer usti va Yer osti suvlarining gidrokimyoviy tarkibi o‘rganiladi.
Balans usuli ekotizim o‘zgarishlarini bashoratlashda keng qo‘llaniladi. Usul yordamida tabiiy-antropogen ekotizimlarda tuz kirim-chiqimi aniqlanadi. Tuproqlardagi ishqorlanish darajasini kamaytirishda kimyoviy usuldan foydalaniladi. Bunda ishqorlanish, ya’ni pH 5 dan kam bo‘lsa (o‘simliklar uchun rNning eng qulay me’yori 5-7), ohakli tuproq qo‘shiladi, pH 7,5 -8dan yuqori bo‘lsa ishqorlanishni kamaytiruvchi kimyo­viy moddalar qo‘llaniladi. Tuproqlarning ifloslanganligini ular tarkibidagi uglevodlar miqdori bilan aniqlash mumkin, bunda xromatografiya usulidan foydalaniladi.
Suvlarni ifloslanganligini tahlil qilishda atom-emis­siya, rentgen va xromatografiya usullari qo‘llaniladi.
Tabiiy ekotizimlarning turli ifloslanishlarga bardoshligi bioindikatsiya usulida aniqlanadi. Bioindikatsiya tirik organizmar va ular jamoasining antropogen ta’siriga sezgirligi orqali aniqlashidir. Masalan, igna bargli daraxtlar radiaktiv ifloslanishga, bnr qancha tuproq faunasi vakillari esa sanoat ifloslanishiga sezgir bo‘ladi.
Mal’lumki, ekologik monitoringni amalga oshirishda in­tegral (yaxlit) ko‘rsatkichlarning, xususan, yirik miqyosda o‘rtacha me’yorga keltirilgan tafsilotlarning ahamiyati muhimdir. Bu borada masofadan turib tadqiqot olib borish usuli amaliyligi bilan ajralib turadi. Bunda yirik miqyosda ekologik o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga imkon tug‘iladi.
Xozirda optik pa radiolakatsiya qo‘llanib, atmosferaning turli balandliklarida SO, SO2, SN , N0 bilan ifloslanish aniqlanmoqda.
Kosmik vositalardan foydalanish usuli keyingi vaqtlarda keng qo‘llanila boshlandi. Yerning «Meteor», «Meteor-Tabiat» (Rossiya), «Landsayt» (AQSH) sun’iy yo‘ldosh tizimlari asosida XX asrning 70- yillaridan boshlab tadqiqotlar olib borilmoqda. «Mir» kosmik kemasidan ham turli ahborotlar olindi. Koinotdan ekologik monitoringni tashkil qilishda o‘rmonlar, qishloq xo‘jalik Yerlari, o‘simliklar olami, dengizlardagi fitoplanktonlar, tuproq qoplami, uning inson tomonidan o‘zgartirilishi, Yeroziya hodisasi, urbanizatsiya mintaqalaridagi o‘zgarishlar, atmosferaning ifloslanishi, quruqlik va dengizlarning ifloslanishi to‘g‘risida ahborotlar olinadi. Koinotdan olingan suratlar orqali suv omborlari, Orol dengizi qurigan qismining holati, Aydarko‘lning kengayib borishi, yirik kanallarning atrof-muxitga ta’siri, qumlarning vohalarga bostirib kirishi va boshqa hodisalarni samarali kuzatish mumkin.
LEM maxalliy masshtabdagi vazifalarni echish uchun mo’ljallangan bo’lib, u mintaqaviy monitoringni bir qismi hisoblanadi.
Bu o’rtacha shaharlarni va tumanlarni monitoringni o’tkazishda qo’llaniladi. Bunday monitoringni tashkil etishda atrof muhit muhofazasi bo’yicha maxalliy qo’mitalarning gidrometerologiya, sanitar-epidemiologik organlarining xizmatlari qatnashdi. Bundan tashqari o’sha tumanda ishlayotgan hamda, qurilayotgan korxonalarning laborotoriyalari ishtirok etadi.
LEMni tashkil etishda va o’tkazishda mintaqaviy va maxalliy monitoring dasturiga asosan kuzatilayotgan ahamiyatli ifloslantiruvchilar, hamda yaratilayotgan ishlab chiqarishning texnik loyihasini o’rganishdagi ifloslantiruvchi manbalarning ifloslantiruvchilari aniqlandi.
Monitoring natijalarini umumlashtirish uchun mahalliy gidrometeorologik xizmatlar ma`lumotlaridan foydalaniladi.
Yana EMning bir bloki sifatida sog'liqni saqlash Vazirligi tomonidan berilgan ma`lumotga asosan aholining sog'lig'i olinadi.
LEMning aholisi 500 ming kishidan kam bo’lmagan shaharlar, sanoat korxonalari joylashgan, issiqlik elektr stansiyalari, AES, neft' va gaz korxonalari va alohida turdagi geografik ob`ektlar (ko’llar, suv omborlari, katta daryolarning del'talari), hamda viloyat va Respublika administrativ tumanlari bo’yicha o’tkazilishi mumkin.
Probalarni olish, kuzatish davri, ma`lumotlarni berish muddatlari korxonalar uchun umumiy talablarni, hamda mahalliy sharoitni hisobga olgan holda aniqlanadi. Agar favqultda holat bo’lsa FHX.organlari jalb etilib axborotlarni yig'ish tezlashtirilishi mumkin.
LEMni tashkil etishda berilgan ekotizimni holatiga ko’proq ta`sir qiluvchi ifloslantiruvchilar bo’g'ini aniqlanib olinishi mumkin. Shuningdek LEMni rejalashtirishda va o’tkazishda korxona uchun aniqlanayotgan REChK va atrof muhitga bo’lgan og'irlikni miqdoriga sezilarli ta`sir etuvchi global' va mintaqaviy ko’chish orqali tushayotgan ifloslanishlar ham hisobga olinadi.
LEM natijalariga qarab, davlatning tegishli organlari ATMni me`yoridan ortiqcha ifloslantirayotgan korxonalar faoliyatini avariya holati tugaguncha qadar yoki texnologik jarayonlarni o’zgartirilguncha qadar vaqtincha to’xtatib qo’yishlari mumkin. Ba`zi bir hollarda bunday korxonalarni umuman yopishga yoki boshqa joyga ko’chirilishiga ham borish mumkin.
LEM o’tkazib, ba`zi korxonalarni xatto loyihalashtirilayotgan yoki qurilayotgan paytda ham ekologik nuqtai nazardan to’xtatilib qo’yilishi mumkin. Fon monitoringi qurilish boshlangunga qadar yoki ekepluatasni davrida tumanning etalan tavsiflarini yaratish imkonini beradi va ular antropogen ta`sir orqali ATMga bo’lgan ta`sirni monitoring o’lchash natijalari bilan qiyoslanadi. Bunda ma`lum tumandagi biron-bir ATMga kuchli ta`sir etuvchi manba aniqlanib, uni butun tuman hududiga bo’lgan ta`siri atroflicha o’rganiladi.
IMM (nuqtaviy) muayyan bir ob`ektni doimiy yoki epizod kuzatish bo’lib - bu ob`ektni ATM bilan birlamchi kontakt nuqtasida qayd etilgan miqdoriy parametrlarning real yoki potensial ifloslanishlar manbasiga nisbatan o’tkaziladi.
IMM - bu ob`ektdagi texnologik yoki boshqa antropogen jarayonlarning i\ch yoki texnik nazoratidir.
IMM ob`ektlarda ATM g'olati to’g'risida tezkor va tizimli axborot olish uchun, avvalom bor texnologik va ekologik havfsizlikni ta`minlab, shu ob`ektda ishlayotganlar uchun havfsiz va qulay ish sharoitini yaratish maqsadida tashkil qilinadi.
IMM natijalariga asosan faqat ATM holati haqida axborot olinibgina qolmay, balki shu ob`ektdagi biron-bir jihozni ishlash rejimi, uning ishlashi natijasija ATMga va umuman atrofda yashovchi aholiga bo’lgan ta`siri to’g'risida xulosa chiqarish mumkin bo’ladi.
a murakkab hisoblanadi. Monitoring har bir tabiiy muhit uchun alohida bo’lishi shart, masalan, tuproq monitoringi, suv monitoringi, havo monitoringi, shahar monitoringi, o’rmon, cho’l, daryo va hokazolar ko’rinishida alohida o’rganiladi Atmosfera havosining toza bo’lishi barcha tirik organizmlar uchun zarurdir, chunki barcha organizmlar nafas olishi, oziqlanishi, yashashi uchun toza havoning ahamiyati juda kattadir. Atmosfera havosini toza saqlashni o’rganish monitringini bajarish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Atmosfera Er sharidagi barcha organizmlarning yashashi, hayot kechirishi uchun eng zarur bo’lgan havoni o’zida saqlab turadi, insonlar, o’simliklar, hayvonlar, suv va ostidagi tirik organizmlarning hammasi uchun kislorod zarur. M a’lumki kislorod asosan atmosferada saqlanadi, tabiatdagi barcha narsalarning o’z joyi bor, ayrimlari jonli ayrimlari jonsiz, kislorod jonsiz jismlar uchun ham ma’lum bir darajada ahamyatga egadir. Biz yashab turgan tabiatda turli jarayonlaming borishida atmosferaning o’mi juda beqiyosdir. Emi o’rab turgan atmosfera havosi umumiy issiqlik rejimini saqlab turish bilan bir qatorda uni zaharli kosmik va ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Atmosferada havoning aylanishi mahalliy sharoitda 64 iqlimning o‘zgarishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi, bular o‘z navbatida daryolarga, tuproqqa, o’simliklar qoplamiga va rel’efning tirik organizmlaming rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatib, ular sonining kamayib borishiga, hayvon va o’simlik bioxilma-xilligining yo’qolib borishiga, oxir oqibat insonlarning kasallanishiga olib keladi. Insonlarning eng asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini toza holda saqlab qolishdir. Atmosfera havosi toza bo’lar ekan undan nafas oluvchi insonlarning sog’lom bo’lishi,uzoq umr ko’rishi kafolatlanadi, faqatgina insonlar emas balki hayvonlar va o’simliklar uchun ham toza havodan nafas olishi ulaming sog’lom bo’lishiga, shuningdek, rivojlanish fazalarini yaxshi o’tab yuqori xosil berishi mumkinligi ma’lumdir. Havo atmosferasini tashkil qiluvchi tarkibiy qism uchta asosiy guruhdan iboratdir: doimiy, harakatdagi, to’satdan keluvchi. Birinchi gurah atmosfera havosini tashkil qiluvchilar: kislorod 10-21 %, azot 78 % va boshqa zararsiz gazlar 1% atrofida. Ikkinchi guruhga yoki o’zgarib turuvchilarga dioksid uglerod 0,02-0,04 % va suv bug’lari kiradi. Uchinchi guruhga atmosferaga tashlangan turli xil birikmalar bo’lib, ular joylarga qarab o’z tarkibini o’zgartirishi mumkin. Masalan, metallurgiya zavodlari yaqinida atmosferaga ko’pincha dioskid oltingugurti, og’ir metallarning birikmalari kabi texnogen aralashmalar tashlanadi. Qaerda organik moddalar parchalanayotgan bo’lsa atmosferaga ammiak, gazsimon va suyuq moddalar atrof-muhitga tashlanadi. Atmosfera havosi million yillar davomida deyarli bir xil tarkibda kelgan, ammo XX asrga kelib sanoatning rivojlanishi, demografik jarayonlar va boshqa omillar natijasida atmosfera havosi ifloslandi. Atmosfera havosining ifloslanishining bosh sababchisi inson hisoblanadi u o’zi yashaydigan muhitni o’zi zararlantirib, o’z umriga, sog’ligiga zarar berib kelayotgan xaliyam ko’p joylarda nima qilib quyganini bilmavdi yoki bilganda ham tan olmaydi. Bugungi atmosferaning ifloslantirishi biosferada ko’plab ekologik tenglikning buzilishiga olib keldi. Atmosferani ifloslantiruvchi insonning buyuk kashfiyatlariga quyidagilar kiradi: transport va sanoat (industriya). Avtomashinalarning ishlashi tufayli atmosferaga etillashgan benzindan chiqqan gazning tarkibida azot dioksidi gazi mavjud bo’ladi, ushbu gaz qo’rg’oshin birikmalari bilan birgaiikda tashlanadi. Havodagi qo’rg’oshin miqdori avtomobillarning soni va ularning harakat tezligi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq (4-12 mg/m3). Ma’lumki benzinning tarkibida oltingugurt bo’lib dvigatel harakati natijasida u dioksid oltingugurtga aylanadi. Karbyurator bilan ishlaydigan ming dona avtomashina bir kunda havoga 3 tonna zaharli gaz, 100 kg azot oksidi va 500 kg yaxshi yonmagan benzinni tashlaydi. Atmosferaning ifloslanish manbai qaerda degan savolga javob topgandaymiz. Hisoblashlarga ko’ra bir kunda er shari bo’ylab harakat qiladigan mashinalar sonini aniqlasak bu raqam juda oshib ketadi. Birgina Toshkent shahrining o’zida bir yilda havoga sanoat korxonalari va avtomashinalar harakatidan 270 ming tonnadan ziyod ifloslantiruvchi moddalar tashlanadi, ushbu miqdor, ja’mi respublika bo’yicha tashlanadigan yalpi miqdorning 13 % ini tashkil qiladi. Keyingi ma’lumotlar havoga tashlanayotgan 65 moddalar miqdori kamayganligini ko‘rsatadi. Masalan, 1990 yilda atmosferaga 380 ming tonna ifloslantiruvchi modda tashlangan bo'lsa, ular miqdori 2008 yilga kelib 302 ming tonnani tashkil qildi. Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalarining miqdori monitoringi doimo Toshkent shahri bo'yicha O'zgidrometning 13 nazorat punktida kuzatib boriladi. Kuzatishlar natijasida ma’lum bo'lishicha havoga tashlanayotgan ayrim moddalar me’yori bo'yicha ba’zilari ko'p, ba’zilari esa kamroqdir. Toshkent shahri atmosferasining ifloslanishi darajasi bilan Varshava va Sapporo kabi dunyoning shaharlari bilan teng hisoblanadi.

Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin