I bob. Ekotizimlarni tashkil etgan tarkibiy qismlar


II.BOB.«EKOLOGII MONITORING» FANINING MAQSADI EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI BOSHQARISH



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə4/9
tarix06.10.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#152583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekologik monitoring

II.BOB.«EKOLOGII MONITORING» FANINING MAQSADI EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI BOSHQARISH
2.1.Turli tabiiy va antropogen ekotizimlarning o‘zgarishini kuzatish
Ekologik monitoring bu borada asosiy e’tiborni inson salomatlign va hayotini asrashga, so‘ng qishlok ho‘jalik hayvonlari va umuman, tirik organizmlar hamda atrof-muhit (ekotizim, landshaft, biogeotsenoz)ni asrashga qaratadi. Xullas, ular ekologik monitoringda bir butun, yaxlit hosila, yagona tizim sifatida qaratadi.
«Ekologii monitoring» fanining maqsadi ekologik xavfsizlikni boshqarish tizimlarini o‘z vaqtida ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. SHu bilan birga turli tabiiy va antropogen ekotizimlarning o‘zgarishini kuzatish, nazorat qilish, baholash va ular natijasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishning nazariy asoslari, yondashuvlari, usullari hamda ilmiy uslubiyatini yaratish ham uning maqsadiga kiradi. Umuman, maqsadning asosini inson bilan tabiat o‘rtasidan munosabatlarni optimallashtirish, inson xo‘jalik faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga Yerishishdir.
Maqsaddan kelib chiqadigan asosiy vazifalar esa, muntazam kuzatish va nazorat qilishni qanday amalga oshirish mumkunligi, nimalar (ob’ekt, jarayon va xodisalar)ni nazorat qilish zarurligi (bu borada ustuvor yo‘nalishlar), kuzatish tuzilmasi, axborotlar tizimidan tegishli hulosalar chiqarish va mantiqiy fikrga kelishdan iborat. Buning uchun «Ekologik monitoring» fani quyidagp vazifalarni echishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
- antropogen ta’sir manbalarini kuzatnsh;
- antropogen ta’sir omillarini kuzatish;
- antropogen omillar ta’sirida tabiiy muhit holatida va unda po‘y bYerayotgan jarayonlarni kuzatish;
- tabiiy muhitning xaqiqiy xolatini baholash;
- antropogen omillar ta’sirida tabiiy muxitdagi tadrijiy o‘zgarishlarni bashoratlash va tabiiy holatning bashoratlarini baholash;
Ushbu vazifalarni echish uchun quyidagi ahborotlar tizimi lozim:
- atrof-muhitga chiqariladigan ifloslovchi moddalar manbalari;
- gaz holidagi issiqlik chiqindilarining antropogen manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (quvvati. joylashgan o‘rni va boshqalar).
- ifloslovchi moddalarning ko‘chib yurishi (atmosfYerada, suv muhitida);
- moddalarning qayta taqsimlanishining landshaft-geokimyoviy jarayonlari, ifloslovchi moddalar migratsiyasi.
IMM LEMning bir qismi bo’lishi mumkin. Nuqtaviy monitoring (NM) avvalam bor ekologik jihatdan o’ta xavfli bo’lgan ob`ektlar: atom reaktorlari, neft'-gaz mahsulotlarini qayta ishlovchi qurilmalar, IES qozonxonalari bo’lishi mumkin.
Xavflilik darajasi bo’yicha sanoat ob`ektlari bir necha guruhlarga bo’linadi:
- kuchli ta`sir etuvchi zaxarli moddalarni, yuqori taksik
sanoat chiqindilarini i\ch, saqlash qayta ishlovchi yoki
yo’qotuvchi ob`ektlar;
- atom sanoati ob`ektlari;
- neft' kimyoviy i\ch ob`ektlari;
- energetika ob`ektlari;
- neft' va gaz qazib oluvchi ob`ektlar va h.
Hozirda, sanoat ob`ektlarining turli organlar tomonlaridan i\ch, xavflilik darajasini aniqlovchi kriteriyalari mavjud. Masalan bu guruhlar ob`ektlarning yong'inga xavfligiga, yong'inportlash xavfliligiga, portlpsh xavfliligiga va taksik moddalar miqdoriga qarab, hamda ATMni o’ta ifloslantiruvchi parametrlariga qarab bo’linishi mumkin.
Korxonaning xavflilik kriteriyasi (QKX) I - turdagi modaning yillik tashlangan miqdorini uning ChREKsi o’rtacha sutkalik miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi va bu nisbat barcha tashlangan moddalar yig'indisi bilan hisoblanadi.
KXK = p X (ML grEK;)A1 bu erda A1 - 1 moddaning xavflilik klassini hisobga oluvchi koeffisent.
I kl. (alohida xavfli) - A1 = 1,7
II kl. (xavfli) - A1 = 1,3
III kl. (kam xavfli) - A1 = 1,0
IV kl. (xavfsiz) - A1 = 0,9
KXK ga qarab korxonalar 4 kotegoriyaga bo’linadi: 1kateg.-KXK >106
Pkateg.-KXK=104...10b
III kateg. -KXK = 103...104
IV kateg. - KXK = < 103
Masalan, tuproqni, atmosferani va suvni sifatini me`yorlashda ularni tashkil etuvchi ifloslantiruvchilarini konsentrasiyalari bilan aniqlanadi:
Ks = S\Sf
bu erda S - elementning real tarkibi Sf - elementning fon tarkibi Bu yo’l bilan NM va LEM uchun hisoblashlar bajariladi.
o'ta xavfli korxonalar va qurilmalar uchun ekologik nazorat tizimi nafaqat ularning ishlash rejimi amalga oshiribgina qolmasdan, balki ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ham hayoti xavfsizligini ta`minlash uchun olib boriladi. Buning uchun bunday qurilmalarda ishlovchi xodimlar zarur o’lchovchi priborlar ( datchiklar va signalizatorlar) bilan ta`minlanadi. Masalan AES larda ishchilar maxsus dozimetrlar bilan ta`minlanadi.
Korxonalarda bunday ma`lumotlarni hozir odatda bir markaziy boshqaruv pultida yig'iladi, qayta ishlanadi va saqlanadi. Hozir bunday jarayo.nlar avtomatik tizimlar bilan boshqariladi. Bu esa korxonaning texnologik jarayonlarini ekologik nazoratini va EMni birgalikda olib borish imkoniyatini beradi.

Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin