Ta’lim islohatlari. Shayboniylar temuriylar davrida yaratilgan yuksak madaniyatga munosb voris bo`la olmaganlar. Shunday bo`lsada Shayboniylar davrida fan va madaniyat baholi qudrat rivoj topishiga ushbu sulola hukmdorlari orasidan etuk ilm-fan arboblari etishib chiqqanligi ham ta`sir ko`rsatgan. Chunonchi M.Shayboniyxon, Ko`chkunchixon va Ubaydullaxon nihoyatda o`qimishli kishilar bo`lishgan. M.Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida ajoyib kitob xazinalari bo`lgan. M.Shayboniyxon, Ubaydullaxon va Abdullaxon II ilm-fan, ma`rifat homiylari edi. M.Shayboniyxon temuriylardan so`ng Samarqand va Buxoroni fan, madaniyat va san`at markazlari sifatida rivojlantirishga harakat qildi.
Ta’lim sohasida ham Shayboniylar islohat o`tkazishiga amaldorlar guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning asosiy tayanchiga aylantirish zarurati sabab bo`ldi. Islohatga ko`ra ko`p bosqichli o`qitish tizimi joriy etildi: har bir mahallada maktab ochildi, ba`zi xonadonlarda uy ta`limi joriy etildi, 6 yoshdan ta`lim beriladigan bo`ldi, maktabda 2 yil o`qigach, madrasaga o`tkazilardi. XVI asrda Samarqandda Shayboniyxon, Buxoroda Abdullaxon, Toshkentda Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari qurildi va faoliyat yuritdi. Madrasada 3 boqichli ta`lim joriy etildi: har bir bosqichda 7 yildan, 21 yil davom etardi. O`quvchilar: ilohiyat, hisob, handasa, fiqh, mantiq, musiqa, she`riyat san`atidan ilm olardilar. Ta`lim olishga hammaning ham imkoni bo`lmas edi.
Ilm-fanning shayboniylar davrida ma`lum darajada rivojlangan sohalari: tibbiyot, matematika va astronomiya edi, ayniqsa tarix va tibbiyot boshqa sohalarga qaraganda ildamroq rivojlandi. Tibbiyotsohasida Muhammad Mazid “tabiblar iftixori” deb sharaflangan, jarrohmavlono Baqo, ko`z kasalliklarini davolashda Shohali ibn Sulaymon, “Davolash bo`yicha dastur” asari muallifi Sultonali Samarqandiy, “Ko`z kasalligiga doir asosiy kitob” degan asar yozgan Ubaydulloh Qahhol mashhur bo`lgan. Matematikailmiga Muhammad Amin, Bobokalon Samarqandiy, mavlono Kavkabiy; Astronomiya ilmiga Muhammad Husayni Buxoriy “Qibla tomonni topish ma`rifati”, Ahmad Fariziy “Oy fazolarining tengligi haqida risola” kabi asari bilan hissa qo`shdi.