I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


II bob. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə15/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

II bob. Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi
9-§. Ashtarxoniylarning hokimiyatga kelishi


Buxoroda hokimiyat ashtarxoniylarga o`tishi. Shayboniylarga amakivachcha Ashtarxoniylar Jo`jixon naslidan bo`lib, XIV asr 80-yillaridan Ashtarxon xonligida (Hoji Tarxon, Astraxan) hukmronlik qilgan. Ruslar bu xonlikni Astraxan deb atagan. Rossiya 1556 yil Astraxanni bosib olgach, Ashtarxon hukmdori Yormuhammadxon oilasi bilan Buxoroga keladi. Ularni Buxoro xoni Iskandarxon (Abdullaxon II ning otasi) hurmat bilan kutib oladi. Iskandarxon qizi Zuhrobegimni Yormuhammadxonning o`g`li Jonibek Sultonga beradi. Jonibek Sulton Zuhrobegimdan 3 ta o`g`il (Din Muhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) ko`radi. Jonibek sulton va uning o`g`illari Buxoro xonligi viloyatlariga hokim vazifasida faoliyat yuritadilar.
Shayboniylar sulolasidan munosib voris qolmagach, Jonibek Sulton munosib nomzod bo`lib qoldi va nufuzli kishilar unga taxtni egallashni taklif qilgan. U o`g`li Din Muhammad foydasiga taxtdan voz kechadi, bu orada Din Muhammad vafot etadi. Natijada 1601 yil Jonibek Sultonning 2-o`g`li, Samarqand hokimi Boqi Muhammad (1601-1605) Buxoro taxtiga o`tqazildi va Buxoro xonligi tarixida yangi sulola - ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi boshlandi. Ashtarxoniylar sulolasi Buxoro xonligini 1,5 asrcha boshqardi.
Markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash. Boqi Muhammad mamlakat sarhadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun ko`p urindi. Eron safaviylariga 1602 yil zarba berib, Balxni kuch bilan bo`ysundirdi va ukasi Vali Muhammadni hokim etib tayinladi. 1603 yil Balxga hujum qilgan Eron safaviylari qo`shinini mag`lubiyatga uchratdi. Boqi Muhammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. Qozoq xoni Kelimuhammad qo`shinini mamlakatdan haydab chiqarib, qator hududlarni Buxoro xonligiga bo`ysundirdi.
Boqi Muhammad 1605 yil vafot etgach, ukasi Vali Muhammad (1605-1611) taxtga o`tqazildi. Ichki kurash yanada avj oldi, qabila beklari xon hokimiyatiga bo`ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdi. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirayotganidan xabar topgan Vali Muhammad Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o`g`li Imomqulixonni (1611-1642) o`tqazdilar, u Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo`shinini tor –mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi va Vali Muhammad qatl etildi.
Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoliy-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, jung`or (oyrot)lar, qalmoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1613 yil Toshkentni egallagan qozoqlarga hujum qilib Toshkentni o`z tasarrufiga kiritdi. Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin