I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. XVIII asr 1-yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlik



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə17/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

10-§. XVIII asr 1-yarmida Buxoro xonligida siyosiy tarqoqlik


Buxoro xonligi Ubaydullaxon II davrida. Subhonqulixon 1702 yil vafot etgach, taxtni o`g`li Ubaydullaxon II (1702-1711) egallaydi, u isyonkor qabilalarga, bo`ysunmas mahalliy hukmdorlarga va bostirib kirgan ko`chmanchilarga qarshi urush olib boradi. Ubaydullaxonning asosiy maqsadi siyosiy tarqoqlikni tugatishdan iborat edi, u ana shu maqsad yo`lida harakat qildi.
Ubaydullaxon dastlab Balxni bo`ysundirish yo`lini izladi. Subhonqulixon Balxni qatag`on qabilasi boshlig`i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi, Mahbudbiy Balxda hokimiyatni to`la o`z qo`liga oladi va 1706 yil o`zini xon deb e`lon qilib, tez orada Termizni ham egallaydi. Ubaydullaxon aval Termizni, 1707 yil Balxni egallagach Mahmudbiy qochib ketadi, Ubaydullaxon Buxoroga qaytgach Balxni yana Mahmudbiy egallaydi. Ubaydullaxon uning mustaqilligini tan olishga majbur bo`ladi. Ubaydullaxon II davrida ichki ziddiyatlar yanada keskinlashdi.
Buxoro tasarrufida bo`lgan Farg`ona vodiysi ham XVIII asr boshida ajralib chiqib, hokimiyat avval Chust yaqinidagi Chodak xo`jalari qo`liga o`tadi. 1710 yil ming urug`i boshlig`i Shohruhbiy hokimiyatni egallab, mustaqil Qo`qon xonligiga asos soladi. Mustaqillikka intilayotgan viloyat hokimlari Ubaydullaxonga qashi fitna uyushtiradi va u 1711 yil o`ldirildi. Parokandalikka qarshi, oliy hokimiyatni kuchaytirish va mamlakat birligini ta`minlash uchun kurashgan Ubaydullaxonning hukmronligi fojiali yakunlandi.
Ubaydullaxonning inisi Abulfayzxon (1711-1747) taxtga o`tqizildi. U fitna ishtirokchilarining hammasini mukofatladi va katta lavozimlar berdi. Ubaydullaxonning amaldorlari va yaqinlarining mol-mulki talandi va qatl etildi.
Parokandalik kuchayishi. Abulfayzxon kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo`lida qo`g`irchoq hukmdor edi. Abulfayzxonning farmonlari saroy ostonasidan nariga o`tmay qolganidan u "Registon (saroyning oldi) tinch bo`lsa bo`lgani" degan gapni doimo takrorlagan. Xon hokimiyati kuchsizlanishiga muntazam qo`shinning yo`qligi ham sabab bo`lgan, muntazam qo`shin tuzishga mablag` etmagan, chunki iqtisodiyot nochor bo`lgan. Xon zarur bo`lganda viloyatlardan qo`shin so`ragan, biroq viloyat hokimlari har doim ham buyruqqa itoat etmagan.
Abulfayzxon davrida mang`it qabilasidan Muhammad Hakimbiy katta nufuzga ega bo`lib, barcha shahzodalar otaliqlarining boshlig`i deb tan olinishi boshqa qabilalar aslzodalarining qat`iy noroziligiga sabab bo`lgan. SHahrisabz hokimi, kenagas qabilasidan Ibrohimbiy Urgut va Miyonqol hokimlari bilan til biriktirib Buxorodan mustaqil, poytaxti Samarqand bo`lgan davlat tuzishga qaror qildi. 1723 yil Samarqandni egallab, kuyovi Rajab Sultonni taxtga o`tqazdi. Ibrohimbiy o`ziga "amir-ul umaro" (ulug` amir) unvonini oldi.
Ibrohimbiyning navbatdagi maqsadi Buxoro taxtini egallash, Rajab Sultonni Buxoro taxtiga o`tqazish va shu yo`l bilan xonlikning eng nufuzli kishisi bo`lish edi. Abulfayzxon siyosatidan norozi bo`lgan beklar Ibrohimbiyga qo`shildilar. Ibrohimbiy va Rajab Sultonlar kimki ularga qo`shilsa, g`alabadan so`ng boylik va amal ulashishni va`da qildilar. Ibrohimbiy katta qo`shin bilan Buxoroga yurish boshlaydi va jangda Muhammad Hakimbiy otaliq boshchiligidagi Buxoro qo`shinlari mag`lubiyatga uchraydi, biroq Rajab Sulton Buxoro shahrini egallay olmaydi.
Ibrohimbiy va Rajab Sulton oqibatini o`ylamay, katta o`ljalar va`da qilib ko`chmanchi qozoqlardan yordam so`raydi, jung`or qalmoq ko`chmanchilaridan talofat ko`rib, ocharchilikk duchor bo`lgan qozoqlar bu taklifga rozi bo`ladilar. Qozoqlar 7 yil mobaynida Zarafshon va Qashqadaryo vohalariga yurishlar qilib, talab, xonavayron qiladilar. Buxoroda ham Samarqandda ham qozoqlarni to`xtatishga kuch topilmadi.
Ichki nizolar avj olib, aholining noroziligi kuchaygach Abulfayzxon yaqinlarining talabi bilan Muhammad Hakimbiyni Buxorodan chiqarib yuborishga qaror qiladi, Hakimbiy Qarshiga ketadi, biroq u Buxoroda hokimiyatni yana olish niyatidan qaytmagan edi. Abulfayzxon ko`ngilxushlikka berilib, davlat ishlarini nazorat qilmay qo`ydi. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi siyosiy tarqoqlikni kuchaytirib Samarqand, Qarshi, Balx, Farg`ona, Badaxshon amalda mustaqil bo`lib oldi, eng asosiy viloyatlar va shaharlar mustaqil hokimliklarga ajralib ketdi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin