I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə12/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Turkiya va Buxoro o`rtasidagi shartnomani sulton Boyazid II va Shayboniyxon Eron safaviylariga qarshi kurash to`g`risida tuzgan. Shayboniylar elchisi 1515 yil Sulton Salim huzuriga bordi. S.Salimning elchisi o`sha yili (1515) Buxoroga sultonning maktubini olib keladi, sulton o`z maktubida Ubaydullaxonni Eronga qarshi kurashga chaqiradi. Bunda Turkiyaning manfaati yotar edi. Turkiya Buxoroning ichki ishlariga ham aralashdi. Turkiya shayboniylarning Movarounnahr taxti uchun kurashida Toshkent hokimi Baroqxon Navro`z Ahmadxon ibn Suyunchxo`jaga harbiy kuch jo`natgan. Baroqxonning Toshkentdagi qarorgohida 300 nafar turk askari xizmatda bo`lgan. Turkiya safaviylarga qarshi kurashda shayboniylardan foydalanibgina qolmay, Buxoro xonligida o`z siyosiy ta`sirini kuchaytirish maqsadida ham bu ichki kurashida faol qatnashdi.
Eron va Buxoro manfaatlari to`qnashgan nuqta Xuroson bo`lib, buning sababi Xurosonning harbiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega ekanligida bo`lib, Xuroson Eron, Buxoro va Hindiston yo`nalishida darvoza vazifasini ham o`tar edi. Xuroson nazorati masalasida shayboniylar va safaviylar o`rtasida kurash ketgan. Shayboniylar Xuroson masalasida Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon II davrida ustunlik qilgan. Abdullaxon II Xurosonning Marv, Nishopur, Mashhad kabi yirik shaharlarini egallagan.
Rossiya - Buxoro munosabatlari XVI asrning 2-yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon II Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qildi, bu orqali o`z davlatining siyosiy ahvolni mustahkamlashga erishmoqchi edi, chunki Ivan Grozniy (1533-1584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya bordi. I.Grozniy davrida Qozon (1552), Hojitarxon (1556) xonliklari, Volga bo`yi va G`arbiy Sibir bosib olinishi Rossiyaga savdo yo`llarini nazorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo qilish Buxoro savdogarlari uchun qulay edi, chunki Rossiya yaqin qo`shni bo`lib, Qozon tatarlari va boshqardlar bilan din va tili ham yaqin edi.
Abdullaxon II Moskvaga 1557-1558 yyil elchilar yubordi, elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib Grozniy huzurida bo`ladi. Elchilar o`z xonlari nomidan Grozniydan savdogarlarning Volga bo`ylab erkin o`tishlariga ijozat so`raydi. Moskvadan elchilar o`q-dori, ov qushlari va matolar olib kelgan.
Rossiya ham Buxoro xonligi bilan savdoni rivojlantirishdan manfaatdor edi: 1) Rossiya o`z tovarlarini sotishi uchun Buxoro qulay bozor edi. 2) Rossiya Buxoro orqali Osiyo davlatlariga, 1-o`rinda Hindistonga chiqish imkoniga ega bo`lardi. Moskvada 1555 yil tashkil etilgan "Moskva savdo kompaniyasi" vakili Antoniy Jenkinson boshliq elchilar rus podshosining guvohnomasi bilan 1558 yil Buxoroga yuborildi. Jenkinsonni Buxoroda Abdullaxon II qabul qildi. Jenkinson Buxoroning xalqaro va ichki savdo imkoniyatlarini "Rossiyadagi Moskva shahridan Baqtriyadagi Buxoro shahrigacha 1558 yilgi sayohat" nomli esdaliklarida bayon qilgan. A.Jenkinson elchiligi natijasida Rossiya-Buxoro o`rtasida yaxshi savdo-diplomatik aloqalar yo`lga qo`yildi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin