3bob OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI
3.2 oziq ovqat mahsulotlari sifat koʼrsatkichlari:muamolari va yechimlari
Oziq-ovqat inson hayotidagi eng muhim unsurlardan biri hisoblanadi. Iste’molchilar har doim sifatli va xavfsiz mahsulotlar olishni istaydilar. Xavfsiz oziqovqat deganda biz odatda yuqori sifatli, ekologik toza, GMОsiz (genetic modifikatsiyalashgan organizmsiz),pestitsidlar singari oziq-ovqatga aloqador zararli elementlar bo’lmagan mahsulotlarni nazarda tutamiz. Oziq-ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri bo’lib, millatlarning salomatligini, rivojlanishi va farovonligini belgilaydi. Aholi iste’mol qiladigan oziq-ovqat sifati fuqarolar hayot kechirishining darajasi va sifatining muhim tarkibiy qismi bo’lib, atrofmuhitni muhofaza qilishga, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik holatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisining sog’lig’ini saqlashga imkon beradigan demografik holatning ijobiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Xavfsiz oziqlanish hayot davomiyligini uzaytiradi, bolalarning barkamol o’sishi va rivojlanishiga yordam beradi, ko’pgina kasalliklarning oldini oladi, shu orqali millat salomatligini ta’minlaydi. Butun dunyoda sun’iy mahsulotlarni ishlab chiqarish kundan-kunga ko’payib borayotgan bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligi ustidan nazoratni susaytirishga aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra (2018 yil) Planetamizda har yili 600 mln., ya’ni har 10 nafar aholi sifatsiz oziq-ovqatlardan zaharlanadi, 420000 aholi vafot etadi, kontrafakt va sifatsiz alkogol mahsulotlaridan 2.5 mln aholi zaharlanadi. Ushbu ma’lumotlardan ham ko’rinib turibdiki aholini sifatli oziq-ovqatlar bilan ta’minlash eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Ma’lumki, Hozirgi kunda yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham etmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. SHu munosabat bilan qishloq xo’jaligini yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim. Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va mahsuldorlikka erishish uchun etarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari, shuningdek, issiqxona xo’jaliklari tashkil etilishi lozim. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini samarali realizatsiya qilish juda muhim masaladir.
A QShning The Economist Intelligence Unit izlanishlar markazi oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, Oʻzbekistonda oziq-ovqat “xavfsizligi” reytingida dunyoda 64 oʻrinni egalladi. Bir yil oldin Oʻzbekiston 75 oʻrinda edi
Reyting hisoblashda mutaxassislar mamlakatdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxi, hajmi va sifatini hisobga olishdi. Umumiy dunyo reytingida 109 mamlakat qatnashdi. Ushbu reytingda Oʻzbekiston 64 oʻrinni egalladi. Oʻrinlar mamlakatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat narxi, hajmi va sifatiga qarab belgilanadi. Keling ular bilan batafsil tanishib chiqaylik.Oziq-ovqat narxi boʻyicha Oʻzbekiston 57 oʻrinda. Demak 109 dunyo mamlaktalari bilan solishtirganda, Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi – oʻrtacha, arzon ham emas, qimmat ham emas. Oziq-ovqat hajmi boʻyicha Oʻzbekiston 65 oʻrinda. Izlanuvchilar fikriga koʻra Oʻzbekistonda, aholi soniga kuniga 39 000 kaloriya oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirilar ekan. Vaholanki, olimlar fikriga koʻra 18-40 yoshli erakak kishi uchun kuniga 3000 kaloriya isteʼmol qilish yetarli. Demak, Oʻzbekiston oʻz aholisidan 13 baravar koʻp aholini boqishi yoki katta miqdorda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishi mumkin. Uchinchidan, oziqovqat mahsulotlari sifati. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston – 83 oʻrinda. Shu oʻrinda, bizda nega bunday, axir Oʻzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari juda yuqori sifatli ekanini biz yaxshi bilamiz-ku, degan savol tugʻildi. Afsuski, amerikaliklar ushbu koʻrsatkichni mahsulotlarning haqiqiy sifatiga qarab emas, balkim kraxmalsiz mahsulotlar soni, parhez taomlar xilma-xilligi, oʻgʻitlar ishlatilishi ustidan nazorat va milliy oziq-ovqat strategiyasi kabi, ikkilamchi koʻrsatkichlar yordamida hisoblagan.Ushbu reytingda MDning boshqa davlatlari ham kiritilgan, Qozogʻiston (56 oʻrin), Tojikiston (88 oʻrin) va Rossiya (43 oʻrin).Birinchi oʻrinda esa AQSH, Singapur, Irlandiya, Avstriya va ho kazolar. Britaniyaning “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, O’zbekiston global oziq-ovqat xavfsizligi reytingida 71-o’rinni egalladi. Bir yil oldin, ushbu ro’yxatda mamlakat 80-o’rinda edi.
Dostları ilə paylaş: |