1.2. Konvektiv issiqlik almashinuvi
Gaz yoki suyuqlik markazlarining bir joydan ikkinchi joyga siljishida
issiqlikning uzatilish jarayoni konvektsiya deyiladi. Konvektsiya (lotincha
canvectia – keltirish) sochiluvchan, suyuq va gazsimon moddalar qatlamlari
zarralarining tartibsiz harakatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun zarralari oson
siljiydigan muhitdagina konvektsiya sodir bo‘lishi mumkin. Issiqlikning
konvektiv va molekulyar uzatilishining birgalikda ta’sir etishi tufayli bo‘ladigan
issiqlik almashinish konvektiv issiqlik almashinish deyiladi. Boshqacha
aytganda, konvektiv issiqlik almashinuvi bir vaqtning o‘zida ikki usul:
konvektsiya va issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Harakatlanuvchi muhit va uning boshqa (qattiq jism, suyuqlik yoki gaz) bilan
chegara sirti orasidagi konvektiv issiqlik almashinuviga issiqlik berish deyiladi.
Konvektiv issiqlik berish nazariyasining asosiy vazifasi oqim yuvib
o‘tadigan qattiq jism orqali o‘tadigan issiqlik miqdorini aniqlashdir. Issiqlikning
yakuniy oqimi doimo temperaturaning pasayish tomoniga yo‘nalgan bo‘ladi.
Issiqlik berishni amalda hisoblashda Nyuton qonunidan foydalaniladi.
)
(
Q
дев
c
t
t
F
(1.14)
15
Bu tenglik 1701 yili I.Nyuton tomonidan olingan bo‘lib, Nyutonning konvektiv
issiqlik berish qonuni deb aytiladi. Bu qonunga asosan suyuqlikdan devorga
yoki devordan suyuqlikka o‘tadigan issiqlik miqdori Q issiqlik almashinuvida
ishtirok etayotgan sirt F ga, temperatura tushishi t
c
– t
dev
ga va issiqlik
almashinuv vaqti
ga proportsional bo‘ladi. Bu yerda t
dev
– devor sirtining
temperaturasi; t
c
– devor sirtini yuvib o‘tadigan muhitning temperaturasi.
Suyuqlik bilan qattiq jism orasidagi issiqlik almashinuvining konkret shart-
sharoitlarini hisobga oluvchi proportsionallik koeffitsienti
issiqlik berish
koeffitsienti deyiladi.
formulada F= 1m
2
va
=1 sek deb qabul qilsak, bir kvadrat metr yuzadan
o‘tadigan issiqlik oqimining Vatt hisobidagi zichligini olamiz:
dev
c
t
t
q
(1.15)
yoki
/
1
dev
c
t
t
q
(1.16.)
Issiqlik berish koeffitsientiga teskari bo‘lgan 1/
kattalik issiqlik berishning
termik qarshiligi deyiladi. (1.16) tenglamani
ga nisbatan yechsak quyidagini
olamiz:
dev
t
tc
q
(1.17)
(1.17) tenglikka ko‘ra, issiqlik berish koeffitsienti
issiqlik oqimining zichligi q
ning jism sirtining temperaturasi va tevarak muhit temperaturasi orasidagi
farqqa nisbatidan iborat. Temperatura bosimi 1
S ga teng bo‘lganda issiqlik
berish koeffitsienti
son jihatidan issiqlik oqimining zichligiga teng bo‘ladi.
Konvektiv issiqlik almashinuvi ancha murakkab jarayon. Bu jarayonni
hisoblashda asosiy masala issiqlik berish koeffitsienti
ni aniqlashdir. Issiqlik
16
berish koeffitsienti
juda ko‘p faktorlarga bog‘liq bo‘lib, ulardan asosiylari
quyidagilar: Suyuqlik oqimining vujudga kelish sabablari.
Vujudga kelish sabablariga qarab, suyuqlikning harakati erkin va
majburiy harakatlanishga bo‘linadi. Erkin harakatlanish yoki tabiiy konvektsiya
notekis isitilgan suyuqlikda (gazda) vujudga keladi. Bunda vujudga keladigan
temperaturalar zichliklarning farq qilishiga va suyuqlikdagi zichligi kamroq
makrozarralarning suyuqlik yuzasiga qalqib chiqishiga olib keladi, bu esa
harakatlanishni keltirib chiqaradi. Erkin harakatning jadalligi suyuqlik turiga,
makrozarralarining temperaturalari farqiga va jarayon bo‘layotgan hajmga
bog‘liq. Suyuqlikning majburiy harakatlanishi yoki majburiy konvektsiya tashqi
qo‘zg‘atuvchilar: ventilyatorlar, nasoslar va shunga o‘xshashlarning ta’sir etishi
bilan bog‘liq. Bular yordamida suyuqlikni harakatlanish tezligini keng ko‘lamda
o‘zgartirish va shu bilan issiqlik almashinuv tezligini boshqarish mumkin.
Suyuqlikning oqish tartibi
1884 yilda O. Reynolds o‘zining tajribalari asosida, suyuqlikning harakati
laminar yoki turbulent bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Laminar oqishda suyuqlikning zarralari aralashmasdan harakatlanadi.
Bunda oqish yo‘nalishiga normal bo‘yicha issiqlikning uzatilishi asosan issiqlik
o‘tkazuvchanlik
yo‘li
bilan
amalga
oshadi.
Suyuqlikning
issiqlik
o‘tkazuvchanligi ancha kichik (suv uchun
=0,60 Vt/(m.K)) bo‘lganligi sababli
laminar oqishda issiqlik almashinish tezligi katta bo‘lmaydi.
Oqim tezligi muayyan qiymatidan ortishi bilan oqish tavsifi keskin
o‘zgaradi. Bunda oqimning to‘g‘ri ipga o‘xshash shakli o‘zgarib, to‘lqinsimon
shaklga kiradi va nihoyat butunlay aralashib ketadi. Suyuqlikning harakati
tartibsiz bo‘la borib, oqim doimo aralashib turadi. Bunday oqish turbulent oqish
deyiladi.
Turbulent oqishda issiqlik oqim ichida issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li
bilan, shuningdek suyuqlikning deyarli barcha massasining aralashishi yo‘li
bilan tarqaladi. Shuning uchun turbulent oqishda issiqlik almashinish laminar
oqimdagiga qaraganda ancha katta bo‘ladi. Reynolds suyuqlikning quvurdagi
17
oqish tartibi wd/
– o‘lchamsiz kompleksning qiymati bilan aniqlanishini
ko‘rsatdi. Bu kompleks Reynolds soni deb aytiladi:
Dostları ilə paylaş: |