Agar R=1 bo‘lsa, (ya’ni A= D = 0), jism o‘ziga tushgan barcha nuriy energiyani
qaytaradi. Agar qaytarish geometrik optika qonunlariga bo‘ysunsa, u holda
jismning sirti ko‘zgu sirt deyiladi. Agar jismdan nur diffuzion qaytsa,
22
Agar D=1 bo‘lsa, (ya’ni A=R=0), u holda jism o‘ziga tushayotgan
nurlarning hammasini o‘tkazib yuboradi va absolyut tiniq (shaffof), ya’ni
diatermik jism deyiladi.
Tabiatda absolyut qora, oq va tiniq jismlar bo‘lmaydi. Neft qurumi, qor va
muz o‘zining xossalari jihatidan absolyut qora jismga yaqin turadi. Ularning
yutilish koeffitsienti A=0,9
0,96. Metallarning silliqlangan sirti uchun R=0,97
ga teng. Bir va ikki atomli gazlarning hammasini diatermik (D
1) jismlar deb
hisoblash mumkin. Uch atomli va ko‘p atomli gazlar, ularning aksincha issiqlik
energiyasini yutadi va chiqaradi. Havo ham deyarli shaffof muhit hisoblanadi,
lekin uning tarkibida suv bug‘lari bo‘lsa, uning shaffofligi keskin kamayadi.
Real jismlar oz yoki ko‘p darajada qora, ko‘zgusimon va tiniq bo‘ladi. Spektral
yutish xususiyati tushayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligiga bog‘liq
bo‘lmagan jismlar kul rang jismlar deyiladi. Barcha real jismlar uchun A, R va
D koeffitsientlar doimo birdan kichik bo‘ladi. Amalda, real jismlarni kul rang
jismlar deb qabul qilish mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, issiqlik nurlarini
qaytarish va yutishda sirtning rangi emas, balki sirtning holati katta ahamiyatga
ega. Masalan, oq sirt faqat yorug‘lik nurlarini yaxshi qaytaradi, ko‘rinmas
issiqlik nurlarini esa, qora sirtga o‘xshab yaxshi yutadi.
Plank qonuni. Absolyut qora jismlar absolyut noldan yuqori
temperaturada o‘zidan fazoga barcha to‘lqin uzunlikdagi nurlarni tarqatib turadi.
Bir xil temperaturada absolyut qora jismlarning nurlanish jadalligi boshqa real
jismlarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Nurlanish jadalligi J
,o
ni to‘lqin
uzunligi
va temperatura T ga bog‘liqligi Plank qonuni bilan belgilanadi:
1
5
1
)
1
(
2
1
T
C
o
e
c
J
(1.22)