25
II.BOB. INNOVATSION TEXNALOGIYALAR VA
INTERFAOL USULLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOTLAR.
2.1 . Issiqlik almashinuv jarayonlarini o’qitishning innovatsion
tehnalogiyalari va bilimlarini baholash.
Mustaqillikka erishgan davrda mamlakatimiz xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlari qatorida ta’lim tizimi, uni tarkibiy qismi bo’lgan Oliy va o’rta maxsus
ta’limi ham tub islohotlarni boshdan kechirib, takomillashib bormoqda. Ayniqsa,
O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim
to’g’risida» gi qonunning qabul qilinishi (1997 yil, 29 avgust) va ularda
mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va
bosqichlarini belgilab berganligini alohida ta’kidlash lozim.Inovatciya (ingilizcha
innovation)-yangilik kiritish, yangilik demakdir. Milliy mustaqillik g’oyalari
singdirilgan bu tarixiy hujjatlar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Buning
natijasida rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimini o’rganishga ham keng yo’l
ochildi, iqtidorli yosh olimlarimiz va talabalar «Ustoz» va «Umid» jamg’armalari
orqali rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli oliy o’quv yurtlarida ta’lim
olishdek baxtga muyassar bo’lmoqdalar. O’z navbatida xorijiy mutaxassislar ham
mamlakatimiz ta’lim tizimida ro’y berayotgan islohotlarni o’rganib, ularga ijobiy
baho bermoqdalar. Bu kabi o’zaro aloqalar o’z navbatida mamlakatimiz ta’lim
tizimiga rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or pedagogik texnologiyalarni o’z milliy
qadriyatlarimiz nuqtai nazaridan tahlil qilib, o’quv jarayoniga joriy etishni ham
taqozo qilmoqda. Zero, bu kabi amaliy ishlar mamlakatimiz ta’lim tizimini jahon
ta’lim standartlari bilan integrasiyalashuvining asosiy belgilaridan biri bo’lib
hisoblanadi. Shuning uchun ham, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash
milliy dasturining ikkinchi bosqichida «o’quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or
pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» alohida ko’rsatib o’tilgan.
26
Kasbiy ta’lim yo’nalishlari talabalarini ilg’or pedagogik texnologiya va uni
o’quv jarayoniga joriy etish bo’yicha tizimli axborotlar bilan qurollantirish
maqsadida yaratilgan. Uuch bo’limdan iborat:
I bo’lim - Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari, II bo’lim -
Testshunoslik asoslari, III bo’lim -To’la o’zlashtirish texnologiyasi. Bo’limlar
mazmunini yoritishda AQSHda yaratilgan va YUNESKO tomonidan ma’qullanib
30 ga yaqin rivojlangan mamlakatlar (Angliya, Yaponiya, Janubiy Koreya,
Malaziya va h.k.) ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo’llanilayotgan pedagogik
texnologiyaning mohiyati, uning odatdagi o’qitish usullaridan farq qiluvchi
jihatlari, O’zbekiston ta’lim tizimiga uni joriy etishning ahamiyati, test
topshiriqlari shakllari, ularni tuzish hamda pedagogik texnologiyaning tamoyillari
va qoidalari, o’quv materialini to’la o’zlashtirish g’oyasini vujudga kelishi va
uning amalga oshirish usullari bayon etilgan. Har bir mavzuga oid mustaqil ta’lim
uchun topshiriqlar va turli shakldagi nazorat testlari berilgan. Tuzilgan test
topshiriqlari faqatgina o’zlashtirishni nazorat qilibgina qolmay, balki o’rgatuvchi
(o’qituvchi) funksiyani ham bajaradi. Chunki, bu test topshiriqlarini yechish
jarayonida mavzularni mustaqil ravishda o’zlashtirishga ham erishiladi.
Pedagogik texnologiyada asosiy maqsad har bir darsda aniq topshiriq
shaklida berilgan materialni o’zlashtirishga erishish hisoblanadi. Har bir
o’qituvchi o’z darsiga programmaga asoslangan holda o’quvchilar egallashi
zarur bo’lgan bilimlar xajmini aniq belgilaydi.
Pedagogik texnologiyada bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchining faol
ishlashi va fikrlashi zaruriy element hisoblanadi. “Yangi pedagogik
texnologiyada” o’quvchilarni tanqidiy fikrlashga o’rgatish talab etiladi. Tanqidiy
fikrlash deganda o’rganilayotgan bilimning turli tomonlari haqida mulohaza
yuritish nazarda tutiladi. Tanqidiy fikrlashni mulohazali fikrlash deyish ham
mumkin.
Tanqidiy fikrlash ma’lumotni hyech qanday mulohaza yuritmay passiv
qabul qilib qarama-qarshi quyiladi. Ta’lim jarayonida o’quvchi o’rganilayotgan
materialni analiz va sintez qilish taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiyalash
27
xujum va xulosa chiqarish kabi fikr yuritish operasiyalarini bilish kerak. Sanab
o’tilgan fikr yuritish soxalari logika fanining muammolari hisoblangan. Hozirgi
vaqtda logika fani e’tibordan chetda qolgan. Shuning uchun fikr yuritish
operasiyalari har bir fan o’qituvchi talabalarga tushuntirish kerak.
Tanqidiy fikrlar shakllanishi uchun talaba o’zi urganayotgan sohasini
chuqur egallashi, ko’p o’qishi, bilim to’plashi zarur. Tanqidiy fikrlash
tafakkurning yuksak darajada shakllanganligini ifodalaydi.
Ta’lim jarayoni talabaning mustaqil fikrlash darajasiga ko’tarilgandagina
samarador bo’ladi. Ta’lim texnologiyasining asosiy maqsadi va mohiyati
tanqidiy fikrlashni o’stirish, fikrlashga o’rgatishdir. Chunki faqat mustaqil o’qib,
fikrlab o’zlashtirilgan bilim mustahkam bo’ladi va bilim egasi uni turli
sharoitlarda qo’llashi mumkin.
Tanqidiy fikrlash bilim olishning barcha bosqichida amalga oshiriladi.
Ayniqsa, muammoli-izlanuvchan bosqich tanqidiy fikrlashga asoslaniladi. Bu
bosqichda talabaning mustaqilligiga keng yo’l beriladi va u ta’lim jarayonida o’z
kashfiyoti (izlanishi) asosida yangi bilimlarni o’rganadi. Bu “Kashfiyot orqali
bilim” deb yuritiladi. Bu texnologik jihatdan quyidagicha amalga oshiriladi:
- talaba uchun ahamiyatli bo’lgan muammoni yaratish;
- o’rganilayotgan mavzuda (obyektda) qarama-karshilikni va talabaga
tushuntirish (talaba nomutanosiblik muammo ekanini tushunishi kerak);
- shu muammodan kelib chiqadigan ijodiy natijani ifodalab berish.
Talaba bilimlarni o’zlashtirish bilan birga, uni o’zining ijodiy kashfiyoti
sifatida his etishi kerak.
Tanqidiy fikrlashga mo’ljallangan ta’lim an’anaviy usuldan tubdan farq
qiladi. Chunki an’anaviy usulda faqat o’qituvchining informasiya manbai bo’lib
qolishi, talabaga bilim berishda uning qiziqishi, bilimga munosabati va shu
vaqtgacha talaba egallagan bilimni hisobga olmaslik xozirgi kunda ta’limdagi
qiyinchilikni keltirib chiqarmoqda. Didaktikadagi asosiy muammolardan biri
ta’limda talabaning yetuklik darajasini hisobga olib ishlashdir.
28
An’anaviy ta’limda dars o’tilganda o’quvchilarga ma’lumot berish va uni
mustaxkamlash asosiy vazifa hisoblangan. Pedagogik texnologiya bilim
berishga shu bilimga o’quvchilarni qziqtirishga, yangi bilimni bilishi avvalgi
bilimlariga, hayotiy tajribasiga bog’lashga e’tibor qaratmoqda. Bolada yangi
informasiyaga qiziqish va kutish xosil bo’lishi kerak.
Tanqidiy fikrlash strategiyasi ta’limda quyidagi uch bosqich mavjud
bo’lishini tavsiya etadi:
- da’vat;
- anglash;
- fikrlash
Dostları ilə paylaş: |