239
berkitilgan. Tunnel, mahsulot ortilgan telejkalar bilan to’ldirilgan bo’lib, devorlar
yordamida zonalarga bo’lingan. Har bir zonada sut olingan butilkalar avval issiq
havo bilan 120
0
S gacha qizdiriladi so’ng suv bilan 20–24
0
S gacha sovutiladi.
Bunday aPParatlar quvvati soatiga 4000 litrgacha yetadi.
Sutni tarada sterillash uskunalarining kamchiligi: sekinligi
va mahsulotning
sterillash haroratigacha qizdirish bir tekis kechmasligidir.
YUzali Plastinkali sterillash – sovutish uskunasi sxemasi.
Sut tenglash
bakidan markazdan qochma nasosda birinchi regeneratsiya sektsiyasiga beriladi,
so’ng ikkinchisiga. Ikkinchi regeneratsiya sektsiyasidan gomogenizatorga
xaydaladi. So’ng sterillash
sektsiyasiga kelib tushadi, u yerda bug’ yordamida
sterillash haroratigacha qizdiriladi. Sovutish sut issiqligini ketma – ket birinchi,
ikkinchi va uchinchi sektsiyalarda sovuq sutga berish yo’li bilan bajariladi.
Oxirigacha sovutgichda sovutiladi. Plastinkali sterillash – sovutish uskunalarining
quvvati soitiga 500 - 10000 l va undan yuqori bo’lishi mumkin.
Bug’ kontaktli injektor turidagi qizdirgichli sterillash uskunasi
quyidagicha ishlaydi. Sut bakdan birinchi so’ng ikkinchi ilitgichga yuboriladi.
Ikkinchi isitichda u qozonxonadan kelgan bug’ bilan isitiladi, birinchida esa –
ikkilamchi, birinchi isitgichdan kelayotgan bug’ bilan. So’ngra yuqori bosimli
nasos bilan sut bug’kontaktli isitgichga xaydaladi, u yerda
sterillash haroratgacha
qizdiriladi va vakuum kamerasiga (dezodorator) yuboriladi.
Injektorli bug’ kontaktli isitgich bu qizdiriladigan sut haroratlanadigan yoPiq
kanaldan iborat. Sut oqimiga maxsus teshiklar orqali to’yintirilgan bug’ beriladi.
Bug’ xajmi va uning harorati orqali qizdirish darajasi aniqlanadi. Konstruktiv
jixatdan ular har xil bo’lishi mumkin.
Vakuum kamerasida sut qaynaydi. Bunda u soviydi va namlik bug’lanadi.
Sterillangan sut vakuum kameradan asePtik nasos bilan asePtik gomogenizatorga
xaydaladi.
Gomogenlangan, sterillangan sut sovutgichda sovutiladi.
Quruq modda
miqdori boshlang’ich va tayyor (sterillangan) mahsulot tarkibida regulyatorlar
yordamida nazorat qilib turiladi.
240
Sterillash, sovutish uskunasi sxemasi.
Dostları ilə paylaş: