VDP. Uzoq muddatli Pasterlash vannasi Bu vanna ichki zanglamas Po’lat korPusdan yasalgan bo’lib ikki devorli
korPusi ichiga o’rnatilgan. Ichki korPus ostida bug’ moslamasi chiqarish
Patrubkasi bilan birga o’rnatilgan.
Mahsulot aralashtirgich yordamida aralashtiriladi. U o’z navbatida uzatuvchi
moslama, elektrodvigatel va boshqa uzellari bilan xarakatga keltiriladi.
Devorlar oralig’idagi suv va mahsulot harorati termometr yordamida nazorat
qilib turiladi. Vanna uchta tayanchga o’rnatilgan.
Vanna mahsulot bilan to’ldirilgach, devor oralig’iga suv to’ldiriladi
(ortiqchasi Patrubkadan chiqa boshlaguncha). Suv bug’ bilan qizdirila boshlagich
issiqlik ichki korPus devori orqali sutga o’ta boshlaydi. Tekis qizishi uchun
mahsulot aralashtirgich yordamida aralashtirib turiladi. Mahsulotni sovutish uchun
devor oralig’iga yaxna suv yuboriladi. Pasterlangan mahsulot kran orqali kerak
yo’nalishda xaydaladi. Suv esa to’kish Patrubkasi orqali to’kib tashlanadi.
Universal vanna (G2 – OT2 – A) Bu uskuna sut va qaymoqqa issiqlik ishlovi berishda, qizdirilgan sariyog’,
ryajenka, kefir, smetana, muzqaymoq aralashmasi va boshqa sut mahsulotlari
ishlab chiqarishda qo’llaniladi. U uch qavatli tsilindr shaklidagi vertikal vannadir.
Ichki korPusi zanglamas Po’latdan yasalgan, tayanchlari bor. Devorlari oralig’iga
suv, bug’ xaydash va to’kish uchun Patrubkalarga ega. To’kish Patrubkasi voronka
orqali kanalizatsiya bilan bog’langan.
Tayyor mahsulot 50 mm li kran orqali bo’shatib olinadi. Vanna qoPqog’i
ikki bo’lakdan iborat. YArimta qoPqoq oson ochilib yoPiladi. Ikkinchi yarmi
boltlar bilan qotirilgan. Tayanchlar fundamentga boltlar bilan maxkamlanadi.
ElektroPasterizator A1 – OPE – 250 ElektroPasterizator A1–OPE–250 infraqizil nur yordamida sutni Pasterlash
imkonini beradi.
Bu aPParat kichik fermalarda qo’llaniladi. Uning tarkibiga to’ldirish baki,
nasos, Plastinkali regenerator–sovutkich kiradi. IQ–isitish sektsiyasi metal
(Perexodniklar) o’tkazgichlar bilan ketma–ket ulangan kvarts naychalari
yig’indisidan iboratdir. Naychalar ichida ishlov beriladigan sut aylanadi.